Piyoz po`stidan preparat tayyorlash: preparoval nina yordamida piyozning yupqa po`stidan kichik bir bo`lak ajratib olinadi. Uni buyum oynasidagi bir tomchi suv ustiga qo`yiladi, qoplagich oyna bilan yopiladi va chetidagi ortiqcha suv filtr qog`ozi yordamida shimdirilib olinadi).
Tayyorlangan vaqtinchalik preparatni dastlab mikroskopning kichik, keyin katta ob`ektivlari ostida ko`riladi. Preparatda hujayraning qobig`i, sitoplazmasi, yadro va vakuolasi topiladi. Vaqtincha preparat tayyorlash imkoniyati bo`lmasa piyoz po`stidan tayyorlangan doimiy mikropreparatida ko`riladi. Mikroskopda ko`rilgan hujayraning rasmi chiziladi va uning qismlari belgilanadi.
3. Kuzatishlar asosida quyidagi jadval to`ldiriladi:
Pishgan pomidor etidan nina yordamida bir bo`lak ajratib olinib, buyum oynasidagi suv tomchisiga qo`yiladi, ustiga qoplagich oyna yopiladi va chetidagi ortiqcha suv filtr qog`ozi yordamida shimdirilib olinadi.
Tayyorlangan preparat mikroskop ostida ko`riladi. Preparatdan hujayraning qobig`i, tsitoplazmasi, yadro va vakuolasi topiladi. Kuzatilganlarning rasmi chizib olinadi, hujayra qismlari alohida belgilanadi.
Kuzatishlar asosida quyidagi jadval to`ldiriladi:
|
O`simlik nomi
|
Hujayra shakli
|
Plastidalar
|
Hujayra qismlari
|
Hujayra vazifalari
|
.
|
Pomidor
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |