Mashg`ulotdan maqsad: Talabalarda mikroskop bilan mustaqil ishlash ko`nikmalarini shakllantirish, hamda o`simlik hujayralari tuzilishi va xilma-xilligi bilan tanishish.
Kerakli jihozlar: D-kamerali mikroskop, biologiya o`qituvchisining laboratoriya asbob-anjomlari to`plami (pinset, tomizgich, qoplagich va buyum oynasi, filtr qog`ozi), mikropreparatlar to`plami (piyoz po`sti), preparoval to`plam (skalpel, pinset, preparoval nina), polipropilen o`lchov idishlari to`plami, g`o`zaning tukli urug`i, pomidor mevasi, piyozbosh, lyugol eritmasi.
CCD-
kamerali mikroskop
|
Skalpel
|
Prepar oval nina
|
Buyum oynasi
|
|
|
|
|
Tomizgich
|
Filtr qog`ozi
|
Polipropilen idishlar to`plami
|
|
|
|
Pinset
|
Mikropreparatlar to`plami
|
|
|
Mashg`ulotni bajarish uchun guruh 3 ta kichik guruhlarga bo`lib,
1-kichik guruh “a” ishni;
kichik guruh “b” ishni;
kichik guruh “v” ishni bajaradi.
“A” ishni bajarish tartibi
Mikroskop ish holatiga keltiriladi (mikroskop ko`zgusi yorug`lik tushadigan tomonga qaratiladi va yorug`lik to`planadi. Yorug`lik buyum stolchasidagi preparatdan o`tib, kattalashgan tasvir ko`rinishini ta`minlaydi. Tasvir okular orqali ko`rinadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |