Biomakromolekulalardagi ta’sirlashuvchi kuchlar. Makromolekulalar
-savol. Biomembranalar tuzilishining struktura asoslari
Download 182.26 Kb. Pdf ko'rish
|
31-40
34-savol. Biomembranalar tuzilishining struktura asoslari. Aytish mumkinki,
hozirgi davrga kelib, biologiyada mustaqil ilmiy yo’nalish - membranologiya shakllandi. Membranalogiya biologik membranalar tuzilishi, molekulyar tashkillanishi, membrana tarkibiy qismlarining faoliyat mexanizmlari, membrana fizik kimyoviy xossalari va aktivligining boshqarilishi masalalarini tekshirish bilan shug’ullanadi. Membranologiya tabiiy membranalarning sun’iy analoglarini yaratib, ularga har xil membranotrop fiziologik regulyatorlar va membrana faol birikmalarning ta’sir mexanizmlarini tekshirish bilan bir qatorda, biologik membranalar faoliyat prinsiplariga asoslangan bioqurilmalar va biotexnologik jarayonlar yaratish bilan ham shug’ullanadi. Biologik membranalar faoliyati xilma-xil. baryerlik faoliyati, ya’ni hujayraning ichki muhitini tashqi muhitidan ajratish hamda hujayra ichini struktura va funksional alohidalashgan bo’limlar - kompartmentlarga bo’lish, uning eng muhim faoliyatlaridan hisoblanadi. Ularning har biri o’ziga xos funksiyalar bajaradi: mitoxondriyada substratning oksidlanishi va energiyaning transformatsiyalanish amalga oshirilsa, yadroda genetik axborotni saqlash va uning "ko’paytirilishi" ta’minlanadi, lizosomalar proteolitik fermentlar saqlaydi, retikulum membranasi aloqa to’ri sifatida har xil bo’linmalarni o’zaro bog`laydi va h.k. Membrana tarkibiga immunitet, resepsiya va modda transporti faolliklari mas’ul oqsillar kirgan. Mazkur faoliyatlarning boshqarilishi membrananing mikroyopishqoqligi, tartiblanganligi, fosfolipid qo’shqavatining taxlanishi, lipid tarkib va h.k.ni o’zgartish yo’li bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, membrana - bu to’plagan fermentlar va ferment ansambllari joylashgan joy bo’lib, hozirgi kunga kelib ularning harakat, sekretsiya, so’rilish, oqsillar sintezi va hujayra bo’linishidagi roli har tomonlama isbotlangandi. Biologik membranalar tuzilishiga doir hozirgi zamon tasovvurlari G.Nikonson tomonidan ilgari suringan suyuq-mozaika modeli yotadi. Mazkur modelga binoan, "suyuq lipid qo’sh qavati membrananing asosini tashkil etib, unda lipid molekulalari har xil (segment harakatchanligi yenga diffuziya va aylanma) harakatda bo’la oladi. Kamdan - kam hollarda, ular qo’sh qavatning biridan ikkinchisiga "sakrab" (fnip-fnop- arg’umchoq) o’tishlarini amalga oshiradi. Aynan shu hodisa hamda maxsus fermentlar ta’siri tufayli membrana qavatlarining fosfolipid tarkibi o’zaro farqlanadi, ya’ni membrana lipid tarkibi jihatidan assimetrikdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling