Biomakromolekulalardagi ta’sirlashuvchi kuchlar. Makromolekulalar


-savol. Fotofizika va fotokimyo asoslari


Download 182.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana02.02.2023
Hajmi182.26 Kb.
#1146262
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
31-40

 
40-savol. Fotofizika va fotokimyo asoslari. Ultrabinafsha va ko’rinuvchi nur 
sohalarining biologik obyektlarga ta’sir etish qonuniyatlarini tekshirish ham biofizika 
muammolari doirasiga kiradi. Qisqa to’lqinli (rentgen va (-nurlanish) nurlarning 
biologik obyektlarga ta’sirini tekshirish bilan radiobiologiya shug`ullanadi. 
Molekulaning (atomning) umumiy energiyasi (Yeum) elektrol energiyasi (Yeen) 
tebranma (Yet) va aylanma (Yea) harakat energiyalaridan tashkil topadi: Yeum = Yeen 
+ Yet + Yea bo’lib, Yeen >> Yet >> Yea dir. Fotokimyoda ham fotobiologiyadek, 
elektromagnit spektrining tor 200-700 nm sohasi bilan ish ko’riladi. Xalqaro yoritish
komissiyasi to’lqin uzunligi sohalarini quyidagicha ifodalashni tavsiya etadi. 
Ultrabinafsha (UB) nurlanish: UB-S - 100(280 nm, UB-V - 280(315 nm, UB-A - 
315(400 nm, ko’rinuvchi spektr -400-780 nm. Qisqa to’lqinli nurlanish energiyasi
kimyoviy bog’lar energiyasidan katta bo’lib, molekulalarni ionlantiradi va kimyoviy 
bog’larni uzadi. Aynan mana shu soha bilan radiobiologiya shug’ullanadi. Uzun 
to’lqinli nurlanish modda tomonidan yutilganda elektronning aylanma va tebranma 
energiyalari oshadi. Shu sababdan, infraqizil (IK) nurlanish reaksiyalar tezligini 
oshiradi, molekulalarda kimyoviy o’zgarishlar keltirib chiqarishga qodir emas. 
Energiyasi 4-6 EV (200- 300 nm) fotonlar, oqsillar va nuklein kislotalar tomonidan 
yutilib, molekulalarni qo’zg’algan holatga, ya’ni molekulaning yuqoriroq energiya 
sathiga (qo’zg’algan holatga) o’tishiga olib keladi. Qo’zg’algan molekula kimyoviy 
reaksiyaga osonlikcha kirishadi. Aynan mana shunday fotokimoviy reaksiyalar, oxirgi 
natijada oqsillar, nuklein kislotalar va boshqa biopolimerlarda fotobiologik effektlarga 
sabab bo’ladi. Ko’rinuvchi nur esa, fotosintez, fotoresensiya, fotomorfogenez hamda 
fotodinamik effektlar uchun aktiv hisoblanadi. Yorug’likning yutinish qonuni, yutilish 
spektri. Grotgus qoidasiga ko’ra, fotokimoviy reaksiyaga faqat molekula tomonidan 
yutilgan nurgina sabab bo’ladi. Demak, fotokimoviy jarayonlar asosida yorug’likning 
yutilish hodisasi yotadi. Intinsivnigi I0 - nurning, qalinligi l-ga teng yutuvchi muhitdan 
o’tishini ko’zdan kechiramiz. Mazkur intensivnik, yutuvchi muhitdan chiqqanda, 
yutilish evaziga kamayib, I-ga teng bo’lib qoladi. Mazkur bog’liqlik Buger- Nambert-
Ber qonuni nomi bilan yuritiladi. 
I = Io( e-(Sl , yoki lg(Io/I) = lg(1/T) = D = (Sl, 

Download 182.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling