«biotexnologiya» kafedrasi


Download 0.86 Mb.
bet10/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Klassifikatsiya
Qizil suvo‘ttoifalar Rhodophyta:
1.Bangiyasimonlar ajdodi – Bangiopsida
Turkum Porfira – Porhyra
2.Floridiyasimonlar ajdodi – Florideopsida
Nemalionnamolar qabilasi - Nemalionales
Turkum: Batraxospermum - Batrachospermum
Turkum: Nemalion – Nemalion
Qabila: Seramiyanamolar – Ceramiales
Turkum: Delesseriya – Delesseria
Turkum: Polisifoniya – Polisiphonia
Qizil suvo‘ttoifalar bo‘limi ikki ajdodga: Florideopsida va Bangiopsida bo‘linadi.
Bangiyasimonlar ajdodi - Bangiopsida
Hujayrasidagi xromatofralari yulduzsimon bo‘lib, odatda bitta pirenoidga ega.Hujayralari plazmolemma bilan o‘zaro bog‘lanmagan, chunki hujayralar orasida poralar bo‘lmaydi. Karpogonda trixogina yo‘q. Karpogon urug‘langandan keyin bo‘linib, karposporalar hosil qiladi. Jinssiz ko‘payishi monosporalar vositasida bo‘ladi. Bu ajdodning vakili sifatida porfira (Porhyra) bilan tanishamiz. U bizda, Shimoliy va Janubiy dengiz qirg‘oqlarida o‘sadi. Tallomi bargsimon, to‘q qizil rangda, substratga birikkan, uzunligi 50 sm. Ba’zi turlari masalan, Rnereosystis ning uzunligi 2 m ga etadi. Uning tallomi bir yoki ikki qavat hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, bitta yulduzsimon xromatoforaga ega. Anteridiy hujayralari bir necha marta ko‘ndalangiga bo‘linib, mayda hujayralar hosil qiladi. Ana shu hujayralardan bittadan spermatsiy yetiladi. Karpogon vegetativ hujayralardan kamdan-kam farq qiladi. Trixogina bo‘lmaydi. Karpogon urug‘langandan keyin zigotaga aylanadi. Zigota bo‘linib, 2-32 karpospora hosil qiladi. Zigota bo‘kilgandan so‘ng, uni devori yoriladi va yalang‘och karposporalar suvga chiqadi. Bir necha kun o‘tgandan keyin, po‘st bilan o‘ralib, mollyuska va toshlarni ustiga yopishib o‘sadi va ipsimon tallomga aylanadi. Porfiraning bu taraqqiyoti sikli uzoq vaqtgacha mustaqil suvo‘ti-shantranziya deb noto‘g‘ri nom berilgan. Ko‘payishi monosporalar vositasi bilan bo‘ladi. Sporaning o‘sishidan porfirani bargsimon tallomi rivojlanadi. 1964-1967 yillarda E. Man degan olimning kuzatishlariga binoan, porfirani zigotasi reduksion (meyoz) bo‘linmasligini aniqlagan. Karposporasi diploid fazada saqlanib, uning o‘sishidan diploidli porfira o‘sib chiqadi. Porfirani ko‘pchilik turlari sun’iy ravishda o‘stirilib, ovqat sifatida iste’mol qilinadi. Kompsopogon (Compsopogon) turlari tropikaning chuchuk suvlarida keng tarqalgan bo‘lib, oxirgi yillarda MDX ning issiq xonalaridagi akvariumlarda o‘stiriladi. Uni tallomi geterotrixal shaklda bo‘lib, substratga yopishgan ipidan shohlangan monopodial iplar rivojlanadi. Tikka o‘suvchi yosh ipchalar bir qator ko‘ndalang hujayralardan tashkil topgan. Tallomning qari hujayralari bo‘laklarga bo‘linib, markaziy hujayradan ajraladi. Keyinchalik ular bo‘linib, markaziy hujayrani o‘rab oladi. Karposporaning hujayrasida juda ko‘p miqdorda fikotsian pigmenti bo‘ladi, shu sababli uni rangi ko‘k bo‘ladi. Hujayrada bitta yirik yadro bo‘ladi. Ko‘payishi monosporalar vositasida sodir bo‘ladi. Monospora yetilgandan so‘ng, sporangiy devori shilliqlanib yirtiladi va monosporalar suvga tushadi, po‘st bilan o‘ralib, o‘sib tallomga aylanadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling