«biotexnologiya» kafedrasi
-Mavzu: O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jalik ahamiyatiga ega suvo‘tlar
Download 0.86 Mb.
|
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kriptofitsimonlar ajdodi – Cryptopsida
- Klassifikatsiya: Bo‘lim: Pirofit suvo‘tlari - Pirrophyta Ajdod: Dinofitsimonlar – Dinopsida Qabila: Peridinanamolar
4-Mavzu: O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jalik ahamiyatiga ega suvo‘tlar.
Bu bo‘lim ikki ajdodiga: kriptofitsimonlar (Cryptopsida) va dinofitsimonlar (Dinopsida) ga bo‘linadi. Bu bo‘lim suvo‘tlari asosan monad tuzilishga ega bo‘lib, kokkoid, palmelloid va ipsimon shaklli vakillari juda kam uchraydi. Ularning hujayrasida o‘simliklar va hayvonlarga xos bo‘lgan belgilar mujassamlashgan. Juda ko‘p vakillarida hujayra po‘sti qattiq xromatoforada, xlorofildan tashqari karotin, ksantofill, peridinin permitlari bo‘lib, ular hujayraga qo‘ng‘ir jigarrang, sariq va ba’an tillorang tus beradi. Assimilyatsiya mahsuloti kraxmal. Kriptofitsimonlar ajdodi – Cryptopsida. Bular hovuz, ifloslangan halqob suvlarda ko‘proq tarqalgan bo‘lib, ba’zan katta suv havzalarida va ko‘llarda ham o‘sadi. Bu ajdod vakillari-bir hujayrali monad shaklda, ba’zan kokkoid palmelloid shakllari ham uchraydi. Hujayra dorzoventral tuzilishda, periplast bilan o‘ralgan. Hujayrani old qismida bitta qo‘ng‘ir shaklda joylashgan chuqurchasi bo‘ladi. Ba’zilarida bo‘g‘iz ham uchraydi. Hujayrani old qismida ikkita lentasimon deyarli bir-biriga teng bo‘lgan xivchin bo‘ladi, ikkala xivchinda mastigonema bo‘lib, bittasida ikki qator joylashgan. Xromatoforalari bitta, ikkita yoki ko‘p bo‘lishi mumkin, rangi har xil, chunki xlorofilldan tashqari tilakoid ichida xlorofill "a" va "s" bo‘lib, uni tarkibida karotin, ksantofill ba’zilarida fikobilin (fikotsianin va fikoeritrin) bo‘ladi. Klassifikatsiya: Bo‘lim: Pirofit suvo‘tlari - Pirrophyta Ajdod: Dinofitsimonlar – Dinopsida Qabila: Peridinanamolar - Reridiniales Turkum: Peridinium - Peridinium Turkum: Seratsium – Ceratium Dinofitsimonlar ajdodi - Dinopsida Bu ajdodga kiradigan suvo‘tlarni hujayra yadrosi primitiv mezokariotik tuzilishga ega. Bunday tuzilishga ega bo‘lgan yadro xromasomi tarkibida giston degan modda uchramaydi, bundan tashqari mitoz vaqtida xromosom iplari bo‘shroq differnisiyalangan bo‘lib, uzunasiga cho‘zilib markazga to‘planadi va doimo introfazada saqlanib qoladi. Ko‘pchilik vakillari monad shaklda bo‘lib, ba’zilari ancha murakkab tuzilishga ega. Murakkab tuzilgan vakillarida zoospora harakat qilish xususiyatini saqlab qolgan. Hujayra dorzoventral tuzilishda, ikkita egatchaga ega bo‘lib, hujayrani aylanma yoki spiral shaklda o‘rab, bir-birini kesib o‘tgan joyda chiqadi. Xivchinlari ikkita, uzunligi va tuzilishi har xil (uzuni mastigonemaga ega). Xivchinlarni tuzilishi elektron mikroskopda tekshirilganda, ular tuzilishi jih atidan boshqa suvo‘tlarini xivchinlaridan chetlarida (9+9+2) va markazida (9+3) qushimcha mikronaychalarni bo‘lishligi bilan farq qiladi. Bundan tashqari xivchinni oksonema atrofidan uzunasiga o‘qsimon tortma o‘tgan bo‘lib, harakatni tezlashtiradi. Silliq xivchin bo‘yiga cho‘zilgan egatda, ikkinchisi (lentasimon va mastigonemaga) ega bo‘lgani ko‘ndalang egatda yotadi. Hujayra, maxsus teka deb ataladigan qalqon bilan qoplangan. Bu guruh suvo‘tlarida o‘ziga xos bo‘lgan puzul deb ataladigan organilla bo‘ladi, u vakuolaga o‘xshamaydi va ingichka kanal orqali vakuola sistemasi bilan bog‘lanadi. Odatdagidek ular xivchinlar chiqkadigan yaqin joyda o‘rnashadi. Ba’zi turlarida otiluvchi trixosistlar bo‘ladi. Ular sovutni ichki membranasida o‘rnashgan bo‘lib, poralar orqali otilib chiqadi. Har qaysi trixotsist boshcha va dastachaga ega. Ular buralish va yozilish xususiyatiga ega, hujayra bezovta qilinsa trixotsistlar yozilib pora orqali uzun ip bo‘lib o‘tiladi. Harakatchan va harakatsiz vegetativ organlarni bo‘linishi, zoospora yoki aplanospora hosil qilish yo‘li bilan jinssiz ko‘payadi. Ba’zan turlarida jinsiy ko‘payishi izogamiya vositasida boradi. Noqulay sharoitga tushgan vaqtda usti sellyulozali qalin po‘st bilan o‘ralgan sista hosil qiladi. Tallom tuzilishiga asoslanib bo‘larni qo‘yidagi qabilaga bo‘lish mumkin: peridinanamolar (Peridinales), dinamebidnamolar (Dinamoebidiales), gleodininamolar (Gloedinales), dinokokknamolar (Dinococcales) va dinotrixnamolar (Dinotrichales). Pirofit suvo‘ttoifalari kislorod, uglerod, fosfor, azot birikmalarini ishlab chiqarish davrasida, organik moddalarni sintez etishda hamda baliq lichinkalariga oziq - ovqat sifatida muhim ahamiyatga ega. Peridinium turlari tuzlarga va ph-ga nisbatan sezuvchan, shuning uchun ham ulardan bioindikator sifatida foydalanish mumkin. Masalan, Gymnodinium fuccum turlari asosan ph past bo‘lgan nordon suvlarda o‘sishga moslashgan. Bu suvo‘ttoifalarni ba’zi turlari juda ham zararli: Chunonchi, dengiz suvo‘tlarida keng tarqalgan dinoflagellyatlardan - Goniaulax satanella individlari ba’zan juda ham ko‘p to‘planib suvga qizil rang beradi va ovqatga istemol qilinadigan mollyuskalarni chig‘anog‘iga o‘rnashadi. Bunday mollyuskalar ovqat sifatida istemol qilinganda odam organizimini zaharlab, o‘lishga sababchi bo‘ladi. Bunday hodisa Portugaliya, Yaponiya va florida yarim orolida sodir bo‘lgan. Peridiniumlarni qoldiqlari mezozoy erasining Yura va Bo‘r davr qatlamlarida topilgan. Hozirgi vaqtda bu suvo‘tlarni10. 000 yaqin turlari ma’lum. Ko‘pchilik vakillari monadi shaklda bo‘lib, ayrimlari - amyoboid va kokkoid shaklda ham bo‘ladi. Ular harakatchan rangli organizmlar guruhidan aloqalari yo‘q. Ularni tuzilishi, bioximik tarkibi va fiziologik funksiyasi suvo‘ttoifalar harakatsiz xivchinlari reduksiyalangan spora uchun ham bo‘lar suvo‘tlar sistemasida alohida o‘rin egallaydi. Ehtimol, evglenofit suvo‘tlar evolyutsiya protsessida rivojlanmasdan qolgan va ayrim vakillari o‘lib ketgan qandaydir organizmlarni qoldiqlari bo‘lsa kerak. Evglenofitlar organik moddaga boy bo‘lgan kichikroq oqmaydigan chuchuk suv havzalarida tarqalgan. Ba’zan ular suv havzalarini ustida to‘planib, harakat qilmaydigan yupqa parda hosil qiladi va suvga sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir tus beradi. Bo‘lar avtotrof, saprofit va parazitlik bilan hayot kechiradi. Parazitlari suvda yashovchi kichik hayvonlarni ichaklarida hamda qurbaqa va baliqlarni jabralariga o‘rnashib hayot kechiradi. Ko‘pchilik vakillarini tanasi ovalsimon, ellipsimon va urchuqsimon tuzilishda bo‘ladi, ba’zilari spiralsimon buralgan bo‘ladi. Hujayra pellikula bilan qoplangan. Ba’zi turlarida uni usti g‘adur-budur, temir va marganets tuzlari bilan to‘yingan va rangli bo‘lishi mumkin. Pellikula protoplasti zichlashgan oqsil qavatidan tashkil topgan; yumshoq, elastik va rangsiz, plazmolema ostida joylashadi. U juda ko‘p bir biri bilan mustahkam tutashgan, harakatchan, yo‘l-yo‘l tasma yoki chiziqlardan tashkil topgan bo‘lib, bo‘g‘iz ("halqum")dan boshlanib, spiral shaklda aylanib hujayrani oxirigacha yetadi. Yo‘l-yo‘l tasmalar orasida uzunasiga ketgan egatchalar bo‘lib, ularni ustida burtmalar hosil bo‘ladi va shu burtmalar hisobidan hujayra usti gadur-budur bo‘ladi. Yo‘l-yo‘l chiziqlar ostida shilimshiq tanachalar bo‘lib, o‘zidan shilimshiq ajratib pora orqali chiqib pellikulaga o‘tadi va uni elastik holga keltiradi. Bularni ba’zi turlari yorug‘likka juda sezgir. Uni harakati yorug‘lik tomonga bo‘lsa ijobiy fototaksis, aksincha, yorug‘likdan qochsa salbiy fototaksis deb ataladi. Ularni bu xususiyati tajribada isbotlangan. Masalan, ba’zi yashil evglenalar su’niy (g‘ayri tabiiy) yaratilgan sharoitda o‘stirilsa, qorong‘ida rangsizlanib organik moddalarni yutadi, yorug‘da ular yana yashil rangga kiradi. Agar streptomisin yoki juda baland yorug‘lik nuri ta’sir etilsa, ularni xromotofori buzilib, rangsizlanadi va o‘zoq vaqtgacha rangsizlik xususiyatini saqlaydi. Bu bo‘lim bitta evglenasimonlar ajdodi - Euglenopsida o‘z tarkibiga oladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling