«biotexnologiya» kafedrasi


Plazmodioforsimonlar ajdodi –


Download 0.86 Mb.
bet112/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Plazmodioforsimonlar ajdodi – Plasmodiophoromycetes
Bu ajdod vakillari hujayra ichida joylashib parazitlik qilishga moslashgan. Shuning uchun ham bo‘larda maxsus spora hosil qiluvchi organlar bo‘lmaydi. Spora xo‘jayin o‘simlik hujayrasi ichida o‘rnashgan plazmodiydan hosil bo‘ladi. Eng muhim vakillaridan biri karam kilasi (Plasmodiophora brassicae) hisoblanadi. Ular karam va butgullilar oilasining boshqa vakillarini ildizida yashab parazitlik qilib hosildorlikni kamayishiga sababchi bo‘ladi. Bu parazit bilan kasallangan ildiz normal o‘sayotgan ildizdan hajmi kattalashib, shishib badburush bo‘lganligi bilan farq qiladi. Kasallik juda ham xavfli, chunki u bilan kasallangan yosh karam ko‘chati nimjonlashib, rivojlanmasdan bosh o‘ramaydi. Kasallangan karam ildizidan preparat tayyorlab mikroskopda tekshirilsa ildizni parenxima hujayralarida parazitni miksoamyoba plazmodiysini ko‘rish mumkin. Kasallangan ildizni parenxima hujayrasi parazit ta’sirida haddan ortiq o‘sib katta bo‘lib, shishlar hosil qiladi, va qing‘ir qiyshiq bo‘lib yo‘g‘onlashadi. Buning asosiy sababi shundan iboratki, parazit ta’sirida o‘simlik hujayrasida fenol va indol degan moddalarning sintez etilishi buziladi. Kasallikni oxirgi taraqqiyot stadiyasida plazmodiy bir qancha mayda bo‘laklarga bo‘linadi, keyin ulardan yumaloq massa - spora hosil bo‘ladi. Kuzda yer shudgor qilingan vaqtda chirigan ildizdan parazitning sporasi yerga tushadi. Sporani tarqalishiga tuproqdagi hayvonlar (yomg‘ir chuvalchangi, hasharotlar) yomg‘ir, qor suvlari va antropogen vositalari sababchi bo‘ladi. Spora tuproqda bir necha yil davomida hayotchanligini saqlab qoladi. Qulay sharoitda: suv, harorat, xo‘jayin o‘simlik ildizidan ajraladigan o‘sishni qo‘zg‘atuvchi moddalar ta’sirida sporalar o‘sadi. Sporaning o‘sishidan zoospora yoki miksoamyoba hosil bo‘ladi. Ular ildiz tukchalari orqali ildiz parenxima hujayralari ichiga kiradi va u yerda miksoamyoba plazmasi bir-biri bilan qo‘shiladi. Bunga plazmogamiya deyiladi va birlamchi gaploid yadroga ega bo‘lgan plazmodiya hosil bo‘ladi; ular mitoz yo‘li bilan bo‘linib ko‘payadi. Shunday plazmodiydan gametangiy yoki zoosporangiy rivojlanadi. Hosil bo‘lgan zoosporalar (yoki gametalar) ildiz tukchalari orqali tuproqqa chiqadi. Ularni plazmalari (yadrolar qo‘shilmaydi) bir-biri bilan qo‘shiladi va ikki yadroli hujayra hosil bo‘ladi. Bu hujayralar yangitdan karam hujayrasiga kirib, yangi hajm ancha katta bo‘lgan plazmodiy hosil qiladi. Ikkilamchi plazmodiy yadrolari mitoz yo‘li bilan bo‘lingandan keyin, hosil bo‘lgan bu yadrolar juft-juft bo‘lib ko‘shiladi, shundan so‘ng hosil bo‘lgan diploid yadrolar reduksion bo‘linib, plazmodiy parchalanadi va mayda bo‘lakchalarga ajraladi. Shu bo‘lakchalardan sporalar hosil bo‘ladi. Demak, plazmodioforani taraqqiyot sikli dastavval ildiz tukchalarida va bir qismi tuproqda va yana bir qismi ildiz parenxima hujayralarida bo‘ladi. Shuni qayd qilish kerakki, plazmodioforani zoosporasi xuddi shilimshiqsimonlarnikidek bir-biriga teng bo‘lmagan ikki xivchinlidir. Bu kasallik dastavval M. S. Voronin tomonidan (1878) birinchi marotaba tasvirlangan va batafsil o‘rganilgan. Shu bilan birga, u kasallik paydo bo‘lish sabablarini taraqqiyot siklini o‘rganib unga qarshi tadbirlarni ko‘rsatadi. Bu ajdodning ba’zi vakillari amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Jumladan, kartoshka kukun parshasi (Spongospora solani). Uni ko‘p yadroli plazmodiysi yoki sporangiosporasi kartoshka tugunaklarini ustki parenxima hujayralariga o‘rnashib yumaloq g‘ovak shakldagi sporalar hosil qiladi. Jarohatlangan kartoshka tugunaklari jigar rang yumaloq g‘ovaklar bilan qoplangan bo‘lib, keyinchalik unday tugunaklar chiriydi. Bu parazit bilan ituzumdoshlar oilasini boshqa vakillari, jumladan, pomidor va boshqa o‘simlik turlarini ham zararlantirishi mumkin. Bularni boshqa bir turkum vakillari xara va boshqa suvo‘tlariga kelib chiqishi va filogenezi hozirgacha to‘liq hal qilinmagan. Ba’zi bir olimlar ularni hayvonlarga yaqinlashtiradilar; boshqalari, tuzilishi va taraqqiy etish xususiyatlari bilan zamburug‘larga, yana boshqa bir guruh olimlarni dalil va faktlariga qaraganda, ularni kelib chiqishini, plazmodiy hosil etadigan geterotrof xivchinlilar bilan chiqishini, plazmodiy hosil etadigan geterotrof xivchinlilar bilan bog‘liq deb faraz etiladi.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling