«biotexnologiya» kafedrasi
Download 0.86 Mb.
|
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA
Evglenosimonlar ajdodi - Euglenopsida
Bu ajdod vakillari xivchin apparatining tuzilish xususiyatiga qarab oltita qabilaga bo‘linadi. Biz faqat evglenanamolar (Euglenales) qabilasi vakillari bilan tanishamiz. Evglenanamolar qabilasi - Euglenales Evglenonamolar, ajdodi markaziy qabila hisoblanadi. Ular oqmaydigan suv, chuchuk suv havzalarida, ba’zan zax tuproqlarni ustida evglena (Evglena) turkum vakillaridan ayniqsa yashil evglena (Euglena viridis) ko‘proq uchraydi. U juda ham tez harakat qilib suzadi va shaklini o‘zgartadi. Osonlik bilan shilimshiqlanib palmelloid holatga o‘tadi, yoki yumaloqlashib qalin po‘st bilan o‘raladi. Suvda individlarni soni ko‘paysa yarim soprotrof oziqlanishga o‘tadi. Toza va tiniq suv havzalarida turlari uchraydi. U yorug‘da qizil rang beruvchi pigment - astaksantin hosil qiladi va yashi rang beruvchi xromatofor uni ostida yashirin holda saqlanadi. Astaksantinni yog‘dagi eritmasi (gematoxrom) quyosh nurini o‘tkazishda filtr vazifasini bajaradi. Botqoq va balchiqlarda astaziya (Astasia) turlari uchraydi. U evglenaga juda ham o‘xshash, lekin rangsiz va kuzchasizligi bilan farq qiladi. Temir va marganets birikmalariga boy bo‘lgan kichik suv havzalarida traxilomonos (Trachelomonas) turkum turlari ham uchraydi. Uni hujayrasi pishiq oval shakldagi uycha ichida joylashadi. Uycha boshda rangsiz bo‘lib, keyin sariq, jigarrang va oxirida qora rangga kiradi. Bitta xivchini uychadagi teshik orqali tashqariga chiqadi. Ko‘payishi protoplastni uycha ichida ikkiga bo‘linish yo‘li bilan bo‘ladi. Yosh qiz hujayralar uycha teshikchasidan chiqib o‘sadi va yangi uycha hosil qiladi. Hujayra shakli, naqshi, uycha teshigi har xil bo‘lib, sistematik belgi hisoblanadi. Chuchuk suvlarda fakus (Phacus) turlari tarqalgan. Ularni hujayrasi zichlashib shakli barg plastinkasini eslatadi, hujayrani orqa tomonida bitta uzun o‘simta bo‘ladi. Evglenofitlar ifloslangan suv havzalarini tozalashda faol qatnashib, biologik indikator vazifasini bajaradi. Evglenalarni laboratoriya sharoitida o‘stirilib, biologik taksonomik belgilarni, shuningdek fotosintez, fototaksis, xivchinlarni harakati va xromotofora tarkibini o‘rganishda muhim obyekt sifatida qo‘llaniladi. Meditsina sohasida E. grasilis ga antibiotik gerbitsid, V12 ta’siri o‘rganiladi, chunki ular bu moddalarga nisbatan sezuvchanlik xususiyatiga ega. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling