«biotexnologiya» kafedrasi


Bo‘lim: Yashil suvo‘ttoifalar– C


Download 0.86 Mb.
bet98/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Bo‘lim: Yashil suvo‘ttoifalar– Chlorophyta
Ajdod: Matashuvchisimonlar - Conjugatopsida
Qabila: Mezoteniyanamolar – Mesotaeniales
Turkum: Mezotinium - Mesotaenium
Qabila: Zignemanamolar – Zygnematales
Turkum: Mujotsiya - Mougeotia
Turkum: Zignema - Zygnema
Turkum: Spirogira – Spirogyr
Qabila: Desmidiumnamolar – Desmidiales
Turkum: Klosterium - Closterium
Turkum: Kosmarium - Cosmarium
Turkum: Mikrasterias – Micrasterias
Mezoteniyanamolar qabilasi – Mesotaeniales
Bu qabila vakillari bir hujayrali. Hujayrasi silindr yoki ellips shaklda, silliq parda bilan o‘ralgan, parda usti shilimshiq. Bir yadroli hujayrada lentasimon, spiral va yulduzsimon xromatofora bo‘ladi. Masalan, mezotinium (Mesotaenium)da xromotofor markaziy plastinkadan iborat bo‘lib, bir yoki bir necha pirenoidga ega. Netrium (Netrium). Hujayra qutblari tamon markaziy qismini egalovchi va undan o‘ngga va chapga radial tarmoqlangan, chetlari uymali, xromatoforga ega. Xromatoforning markaziy qismida tayoqchasimon pirenoidi bor. Spirotinus (Spirotinia). Hujayrasi deyarli tayoqchasimon, qutublari keng tarmoqlangan, po‘sti qalin shilimshiqsimon modda bilan qoplangan. Sitoplazmada bitta xromatofora spiral joylashgan, ko‘p pirenoidli bo‘ladi.
Mezoteniyanamolar qabilasining vakillari vegetativ va jinsiy yo‘llari bilan ko‘payadi. Vegetativ ko‘payishi hujayrani teng ikkiga bo‘linishi natijasida sodir bo‘ladi. Jinsiy ko‘payishi – kon’yugatsiya. Kopulyatsiya vaqtida qo‘shilishda ishtirok etadigan hujayralar umumiy shilimshiq bilan o‘ralib, bir-biriga yaqinlashadi va naysimon o‘simta vujudga keladi, keyin har ikkala protoplastning burchaklari qisqarib, plazmolizdagidek, sharsimon shakl hosil bo‘ladi. Naychasimon o‘simtalar bir-biriga yaqinlashgandan keyin, ularni uchlari erib, kopulyatsion (qo‘shilish) kanali hosil bo‘ladi, bu kanalchada hujayra protoplasti qo‘shiladi va zigota hosil bo‘ladi. Zigota qalin po‘st bilan o‘ralib, tinchlik davrini o‘tadi. Zigota tinchlik davrini o‘tgandan so‘ng, uni diploid xromosomali yadrosi reduksion bo‘linib, to‘rta gaploid hayotchan yadro taraqqiy etib, ulardan to‘rta o‘simta o‘sadi. Netriumda hosil bo‘lgan to‘rta yadroni ikkitasi hayotchan bo‘lib, faqat ikkitasidan o‘simta o‘sib chiqadi. Mezoteniyanamolar qabilasining turlari torf hosil qiluvchi botqoqlarda, O‘zbekistonda esa, sholipoyalarda, zahkash va ko‘lmak suvlarda tarqalgan. Mezotenium va silindratsistik zah tuproqlarda o‘sib shilimshiq hosil qiladi.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling