Biotsidlar asosiy guruhlarining xarakteristikasi
Biotsidlar klassifikatsiyasi
Download 57.16 Kb.
|
Biotsidlar asosiy guruhlarining xarakteristikasi-fayllar.org
Biotsidlar klassifikatsiyasi
Biozararlanishdan kimyoviy himoya vositalari biologik ta’siriga ko‘ra quyidagilarga: 1) fungitsidlar – materiallar va buyumlarni (asosan, mog‘or) zamburug‘lardan himoya qilish uchun; 2) bakteritsidlar – chirishni qo‘zg‘atuvchi, shilimshiq yoki kislota hosil qiluvchi va boshqa bakteriyalardan himoya qilish uchun; 3) algisidlar va mollyuskosidlar – dengiz kemalari, gidrotexnik inshootlar, sanoat suvi bilan ta’minlash va melioratsiya sistemalari suv o‘tlariva mollyuskalar bilan qoplanishiga qarshi; 4) insektitsidlar – yog‘och,polimer, to‘qimachilik va boshqa materiallarni termitlar, yog‘och kemiruvchi va boshqa hasharotlardan himoya qilish uchun; 5) gerbitsidlar – binolar, inshootlar, ayniqsa, arxitektura yodgorliklari, shahar territoriyalari, qurilish maydonlari, avtomobil yo‘llari chetlari va temir yo‘l ko‘tarmalari, aerodromlarning ko‘tarilish-qo‘nish yo‘llarini begona o‘tlardan himoya qilish uchun; 6) zootsidlar – zararli umurtqali hayvonlardan himoya qilish uchun, jumladan rodentitsidlar – kalamushlar, sichqonlar va boshqa kemiruvchilarga qarshi, avitsidlar – shaharlarda, ayniqsa, aerodromlarda zarar keltiradigan qushlardan himoya qilish uchun ishlatiladigan preparatlarga bo‘linadi. Texnik ko‘rsatmalari va ishlatilishiga ko‘ra biosidlar quyidagi zararlanadigan materiallar guruhlariga tasniflanadi: 1) yog‘ochlar, qog‘oz, karton va boshqa yog‘och asosli materiallar; 2) sintetik materiallar (plastiklar, rezinalar, pardalar, kompaundlar, sun’iy terilar va h.k.); 3) to‘qimachilik materiallari; 4)tabiiy teri va undan tayyorlangan materiallar; 5) neft mahsulotlari (yonilg‘ilar, moylar, moylagichlar); 6) lak-bo‘yoq materiallari va qoplamalari (jumladan, usti mikroorganizmlar bilan qoplanmaydigan lak-bo‘yoqlar) va h.k. Bu tasnifni ancha shartli ravishda qabul qilish lozim,chunki ko‘p biotsidlar kompleks biotsidlik va fizik-kimyoviy ta’siri mavjudligi tufayli bir necha guruhga mansub materiallarni himoya qilish uchun qo‘llanilishi mumkin. Biotsidlarning kimyoviy tarkibiga binoan tasnifida ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) anorganik birikmalar; 2) karbonvodorodlar, galogenkarbonvodorodlar vanitrobirikmalar; 3)spirtlar, fenollar va ularning hosilalari; 4) aldegidlar, ketonlar, organik kislotalar va ularning hosilalari; 5) aminlar, amin tuzlari va to‘rtlamchi ammoniy birikmalari; 6) elementorganik birikmalar; 7) geterosiklik birikmalar. Download 57.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling