Biotsidlar asosiy guruhlarining xarakteristikasi


Biotsidlarni tadqiq qilish usullari


Download 57.16 Kb.
bet6/16
Sana20.01.2023
Hajmi57.16 Kb.
#1103970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Biotsidlar asosiy guruhlarining xarakteristikasi-fayllar.org

Biotsidlarni tadqiq qilish usullari
Materiallar va buyumlarni biozararlanishdan himoya qilishda qo‘llash uchun sintez qilinayotgan kimyoviy moddalarning biotsidlik xususiyatlarini va materiallar tarkibida ularninig samaradorligini sinash talab etiladi. Muammo oddiy emasligi va sharoitlar har xilligi uchun biotsidlarning samarsini aniqlash juda murakkab. Biotsidlarni sinashning
usullari ko‘p. Ularning ayrim xususiyatlarini sinash uchun nisbatan tez o‘tkaziladigan laboratoriya metodlari qo‘llaniladi, umumiy himoya qilish qobiliyati va himoya muddatini aniqlash uchun esa biosidlar ham laboratoriya, ham tabiiy sharoitda sinaladi. Biozararlanish paydo qiladigan katta muammolardan biri – mog‘or
zamburug‘lari qo‘zg‘atadigan zararlanishlarga qarshi samarali vositalar ishlab chiqishdir. Shu sababdan yangi birikmalarning eng ko‘p qismi texnik fungitsidlik xususiyati mavjudligiga sinaladi.
Fungitsidlik xususiyatlarini baholashning bir qator usullari bor. Ulardan eng keng qo‘llaniladiganlari – zamburug‘ni ichiga u yoki bu usul bilan antiseptik kiritilgan agarli qattiq muhitga (masalan, 2% li Chapek-Doks agarli muhitiga) ekishdir. Undan keyin sinovdagi modda
zamburug‘ o‘sishiga to‘sqinlik qilishi yoki qilmasligi qayd etiladi.


Biotsidlar muhitga quyidagi usullar vositasida kiritiladi:
1. Petri likopchalaridagi muhit ustiga metall silindrlar qo‘yiladi va ularning ichiga moddaning tomchilari kiritiladi. Silindr atrofida zamburug‘ o‘sishi bo‘lmagan zonaning kengligiga asoslanib moddada fungitsidlik faolligi mavjudligi yoki yo‘qligi aniqlanadi.
2. Biotsidning suv yoki organik eritma bilan aralashmasining muayyan miqdori filtr qog‘ozning disklariga shimdiriladi va bu disklar Petri likopchalarida zamburug‘ ekilgan muhit ustiga qo‘yiladi. Modda faolligi oldingi usuldagiday aniqlanadi.
3. Modda eritilgan ozuqa muhitiga kiritiladi, u qotgandan so‘ng uning ustidagi ikki nuqtaga zamburug‘ekiladi va 72 soat davomida inkubasiya qilinadi. Moddaning fungitsidlik faolligi uning zamburug‘ o‘sishiga to‘sqinlik qilishi (R%) asosida quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
R = (d0– d1)·100/d0,
bu yerda, d0– nazoratdagi koloniya diametri; d1 – tajribadagi koloniya diametri.
Modda faolligini aniqroq o‘lchash uchun quyidagi usul qo‘llaniladi. Кolba ichida sinovdagi moddaning muayyan miqdori eritilgan Chapek-Doks muhitiga zamburug‘ sporalari suspenziyasi ekiladi. Кolba tebratgichda 28C haroratda 5 sutka o‘stiriladi. Moddaning fungisidlik faolligi ichida biotsid bo‘lgan va bo‘lmagan muhitlarda o‘sgan mitseliyning quruq biomassalarini solishtirish asosida aniqlanadi.
Materiallar zamburug‘larga chidamliligini sinash metodlarini standartlashtirish maqsadida Xalqaro elektrotexnik komissiya 1954-yilda har xil nometall materiallarni sinashning quyidagi umumiy metodini ishlab chiqqan: material va buyumlar Chaetomium globosum, Aspergillus niger, A. amstelodami,Penicillium cyclopium, P. brevicompactum, Paecilomyces varioti va Stachybotrys atra zamburug‘-larining sporalari aralashmasi bilan zararlanadi va zamburug‘lar o‘sishi uchun optimal sharoitlarda (28-30o C harorat, 98-100% namlik) 28 sutka davomida inkubatsiya qilinadi. Fungisid qo‘shilgan materiallarning sinash muddati 80-90 sutkagacha uzaytiriladi.



Download 57.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling