Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O‘zbekiston zaminida keng rivojlanib, O‘rta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo‘lib kelgan
Download 202.69 Kb.
|
Matluba kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.FIZIKA 5.ATOM 9. KUCH 2. VAQT 6. FAZO 10. DINAMIKA 3. MOLEKULYAR 7. TEZLANISH 11. MAYATNIK 4. TEZLIK 8. ENERGIYA
- Mexanik ish va quvvat” mavzusini o‘qitishda testlardan foydalanish Test metodi.
Chalkashtirilgan zanjir metodi. Chalkashtirilgan zanjir metodida biz harflar bilan chalkashgan jadvaldan foydalanamiz. Jadvaldan foydalangan holda fizikaga oid so‘z yoki atamalarni topib chiqamiz.
1.FIZIKA 5.ATOM 9. KUCH 2. VAQT 6. FAZO 10. DINAMIKA 3. MOLEKULYAR 7. TEZLANISH 11. MAYATNIK 4. TEZLIK 8. ENERGIYA 5*5 metodi 5*5 metodida biz 5 ta to‘g‘ri, 5ta noto‘g‘ri fizikaga oid ma’lumotlar yoziladi.Ushbu metodda 1qo‘yilgani to‘g‘ri, 0 qo‘yilgani esa noto‘g‘ri bo‘ladi. Fizika so‘zi tabiat degan ma’noni anglatadi. 1 Nyutonning 5 ta qonuni bor. 0 Mexanika elektrning birinchi bobi. 0 Vaqt 3 o‘lchamli. 0 Fazo 3 o‘lchamli. 1 Energiya- vaqt birligi ichida bajarilgan ish. 1 Mexanikani 3 bobga bo‘lib o‘rganamiz. 1 Radioaktivlikni bekkerel kashf etgan 1 Atom faqat elektrondan tashkil topgan. 0 Nyuton mexanikasi yorug‘lik tezligida 0 harakatlanuvchi jismlar uchun. (Ushbu metodda 1 qo‘yilgani to‘g‘ri bo‘ladi, 0 qo‘yilgani xato bo‘ladi) “Mexanik ish va quvvat” mavzusini o‘qitishda testlardan foydalanish Test metodi. Test - inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, demakdir. SHaxsning aqliy o‘sishini, mentalitetini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste’dodlilar, iqtidorlilar va aqli zaiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo‘llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahorati va qiziqishiga, yig‘ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog‘liqdir. Testlarning shakliga ko‘ra bir qancha guruhlarga ajratish mumkin. 1.Yopiq Bu test shart yoki so‘roq va bir qancha javoblardan tuzilgan bo‘lib, bittasi to‘g‘ri javob hisoblanadi. Uning yopiq test deyilishiga sabab, talaba o‘zining to‘g‘ri javobini bera olmaydi. U faqat mavjud javoblardan bittasini tanlashi mumkin. Bunday testlarni tuzishda yuzakilikdan ehtiyot bo‘lish kerak va javoblar tuzayotganda mantiqiylik va tahlilga asoslanishi lozim. 2.Ochiq Bu testda shart va so‘roq beriladi. Javob esa mustaqil talaba tomondan topiladi. Bunda eng muhim o‘zaki so‘z tushirib qoldirilishi mumkin, ana shu o‘zakda esa so‘z topilishi lozim. TESTLAR 1.To‘g‘ri javobni toping. Kuch va shu kuch yo‘nalishida jism bosib o‘tgan yo‘lning ko‘paytmasiga nima deyiladi. A)Quvvat B)Mexanik ish C)Ichki energiya 2.Moslikni toping. 1.N A)Yuza 2.W B)Mexanik ish 3.J C)Quvvat 4.S D)Kuch 5.V E)Hajm 3.Savolga javob yozing. Mexanik ish qanday kattalik? 4.Harflarni o‘rniga qo‘yib so‘zni toping.
5.To‘g‘ri ma’lumotni toping. 1.Mexanik ish skalyar kattalik. 2.Quvvatning birligi paskal hisoblanadi. 3.Xalqaro birliklar sistemasida ishning birliklari-Joul. 1)ha 2)yo‘q 3)ha 5.Quyidagilardan qaysi biri mexanik ish birligi? 1)Joul 2)Nyuton 3)Paskal 4)Vatt A)1 va 3 B)2 va 1 C) 1 D)4 va 2 7.Berilgan ma’lumot to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini toping. Quvvatning birligi vat(W) 1.To‘g‘ri. 2.Noto‘g‘ri. XULOSA Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasi o‘sishiga olib keladi. Fizika o‘qitishning vazifalari haqida gapirilganda, fizika o‘quv predmeti sifatida ta’lim oluvchilarda ilmiy tafakkurni shakllantirishda asosiy o‘rin egallashini ta’kidlash zarur. Ilmiytabiiy bilish tsikli to‘liq keltirilgan: faktlarni kuzatishdan muammoni ta’riflashgacha va undan gipotezani taklif etish (hodisa modeli, tushunchalar, qonunlar va printsiplar) gipotezani mantiqiy rivojlantirish va nazariy bashorat qilish, nazariy xulosalarni eksperimental tekshirish va ularni amalda qo‘llash. Shuning uchun o‘rganiladigan predmet asosiy fanining metodologiyasi o‘qitish metodlarining manbai va tashkil etuvchi qismi bo‘lib hisoblanadi. O‘qitish metodlarini takomillashtirish o‘quvchilarni fizikadan olgan bilimlarini sifatini oshirishgagina yordam berib qolmasdan, ularning iqtidorli, iste’dodli, zukko va ma’naviy yetuk kishilar bo‘lib yetishishlari uchun ham xizmat qiladi. Maktab va o‘rta maxsus ta’limi fizika kursida politexnik ta’limni shakllantirish va o‘quvchilarning mehnatga tayyorlashning muhim vositalari amaliy fizika masalalarini o‘rganish hisoblanadi. Download 202.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling