Bir o‘qituvchi hikoyasi


Download 4.27 Mb.
Sana16.09.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1679447
Bog'liq
3- topshiriq umumiy pedogogika. Turdimatova M


Umumiy pedagogika fanidan 1-kurs sirtqi ta`lim talabasi Turdimatova Malika Ro’zimuhammaedovnaning “Bir o‘qituvchi hikoyasi” mavzusida muallim Ma’mura Xolmatovna bilan suhbat hikoyasi.
Men Turdimatova Malika Ro’zimuhammedovna 2010-yil maktab ostonasiga ilk qadamimni qo’ydim. Maktab men uchun bir ajoyib, yangi maskan edi. Ilk qadamimni qo’yar ekanman, mening hozirgi kunda qahramonimga aylangan ustozim Ma’mura Xolmatovna ya’ni birinchi muallimim qarshi oldi. Birinchi sinf xonasidagi darsimiz mustaqillik mavzusida bo’ldi va men shu kundan boshlab maktab va o’qituvchiga mehr qo’yib,kelajakdagi orzuimni tanladim.
Oliy o’quv yurti topshirig’i bilan biz tahsil olgan 38-maktabga, birinchi muallimim huzuriga tashrif buyurdim. Maktab tomon yurar ekanman, yoshlikdagi sho’xliklar, ustozim bilan bo’lgan qiziq voqealarni yodga oldim. Maktabga yetib keldim va hayajon bilan ustozimni xonasiga kirdim. Ularni ko’rgach ko’zlarimga yosh keldi. Ustozim meni kutmaganligi uchun maktabga bo’lgan tashrifim unga kutilmagan sovg’a bo’di. Ular bilan uzoq suhbatda bo’dik va suhbatimiz davmida yoshlik paytidagi sho’xliklarni so’zlashdik.
Ustozim so’z boshladi: maktab davrida juda ajoyib, bir-biriga mehribon,aqlli, kirishuvchan sinf bo’lgansizlar. Iqtidorli o’quvchilar sinfda ko’p edi. Maktabda tanlovlar bo’lsa birinchilikni hech kimga bermaslik uchun kurashardinglar. Yuqori natijaga erishish uchun hamjihatlikda harakat qilinar edi. Mana ulg’ayib o’qituvchi maqomiga erishibsan, buni ko’rib ko’zlarimdagi yoshni to’xtatolmayapman. Birinchi qadamni matabga qo’yganingizda ko’zlaringgiz chaqnab turar edi. Sizlarga bilim berish uchun maktab tomon oshiqardim.
Bir shunday hayajonli va qiziq voqea bo’lgan edi. Buni eslamasam bo’lmaydi. 1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuni. Har doimgidek maktabga keldim. Maktab darvozasiga yetishim bilan o’quvchilar qo’llarida dasta gullar bilan kutib olishdi hayajondan o’zimni tiyolmay yig’lab sinf xonasi tomon yurdim, eshikdan kirishimni bilaman sinf bayramona shovqin bilan to’ldi. Xona bezaklari, o’quvchilar ko’zidagi quvonch yanada meni hayajonga chorladi. Shunday qilib hammamiz joyimizga joylasha boshladik.Sizlar birin-ketin tabrik ayta boshladinglar. 1-sinf kichkina, bolalar hech nimaga aqli yetmaydi deb o’ylash juda noto’g’ri fikr ekanligini shunda bilganman. Tabriklar orasida o’quvchilar ko’zlaridan oqayotgan quvonch yoshlari yuraklarga hayajon bag’ishlardi. Shunda sen ham tabrik aytib “ustoz kelajakda sizdek sevimli va mehribon o’qituvchi bo’lay” deb aytgan eding, orzuingga erishganingdan hursandman.
Yana bir qiziq voqea “ Savodxonlik bayrami” bu hamma maktablarda o’tkaziladi.Bizni sinf ham savodxonlik bayramini nishonladik. Nishonlash paytida hamma o’quvchilardan “kelajakdagi orzuingiz haqida gapirib bering” deb so’z berildi. Shunda o’quvchilar o’z orzulari haqida so’zlashni boshlashdi. Meni quvontirgan hodisa sinf o’quvchilarini deyarli barchasi “Ma’mura ustozimdek mehribon ustoz bo’laman” deb aytgan edi. Bu so’zlarni eshitib ichimdagi quvonch sig’may jo’shardi. 1-sinf o’quvchilari yangi tuxumdan chiqqan jo’ja misoli, ularni qaysi tomon yetaklasang shu tomon yuradi. Ular so’zlayotgan so’zlarni eshitib kelajakda to’g’ri yo’lni bemalol topadigan,mashaqqatlardan onsongina o’tib oladigan yetuk kadr bo’lishadi deb ishongandim va shunday ham bo’ldi.
Tajribali pedagog sifatida men uchun yana maslahatlar berasizmi ustoz deb aytdim.
Sen uchun maslahatim o’z ishingni sev, bolalarga mehr berishdan to’xtama, mas’uliyatli bo’l shunda hech qachon qoqilmaysan. Bolalarga qancha mehr bersang ular ham senga shuncha mehr bilan javob qaytaradi. Ularni hamjihatlikka chorla, bolalardek fikrlab ular tushungandek yo’l ko’rsat. O’zing mas’uliyatli pedagog bo’lishga harakat qil shunda o’quvchilaring ham sendek mas’uliyatli bo’ladi.Unutma, sen nima qilsang seni ko’rib ortingdan qaytarishadi. Chunki o’quvchilarning hayoliy va hayotiy qahramoni qo’liga ruchka va oppoq varoq tutkazgan muallimi bo’ladi.Ular shu oppoq varoq kabi pok bo’ladi uni shunday pok niyyat va pok amallar bilan to’ldirish seni vazifang hisoblanadi.
O’quvchilar orasida ibratli voqea bo’lganmi shu haqida aytib bering.
Albatta, bunday voqealar ko’p sodir bo’ladi. Ulardan birini senga so’zlab beraman.
Maktab direktori “Yil sinfi” tanlovi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qildi. Tanlov bir nechta shartlar orqali o’tkazilishi ma’lum qilindi. Ma’lum qilingan shartlar orasida sinflar uchun ajratilgan agrauchastkalarni obodonlashtirish sharti ham belgilandi. Barcha sinflar berilgan shartlar bo’yicha bellashishni boshladilar. Ibratli voqea shu bo’ldiki bir o’quvchi barchaga ibrat bo’ladigan ish qilibdi. Sinf tanlovda g’olib bo’lishi uchun o’z hissasini yuqori darajada qo’shgan desam yanglishmagan bo’laman. Maktabga tong saharda barcha o’quvchilardan avval kelib, ajratilgan agrouchastikani obodonlashtirib, gullarga suv quyibdi. Bu holat bir marta emas bir necha marta takrorlandi. Bu ibratli voqeadan maktab direktori, tanlov shartlarini bajarilishini nazoratga olish uchun mas’ullar, hamma habar topdi.So’ng o’quvchilarni yig’ib yig’ilish o’tkazib barchaga shu o’quvchi ibrat qilib ko’rsatildi.Bu ibrat ananaga aylanib, barcha sinfda navbatchilik belgilanib,navbatchi o’quvchilar o’z agrouchastikalarini obodonlashtiradigan bo’ldi. Shu ibrat ko’rsatgan o’quvchi ham aynan sizlarni sinfingizdan chiqdi. Tanlovning boshqa shartlarini ham hamjihatlikda a’lo, darajada bajarganinglar uchun “Yil sinfi “ tanlovida g’oliblik sizlarga nasib etdi.
Ustoz shuncha yillik pedagogda armonlar ham bormi? Shular haqida so’zlab bering!

Armonlarimmi?


Prezidentimiz yoshlar ta’lim olishi uchun,yetuk kadr bo’lib yetishishlari uchun yaratayotgan shart-sharoitlarni ko’rib ko’zlar quvonmoqda. Nufuzli Oliy ta’lim muassasalari,akademik litseylar, ixtisoslashtirilgan maktablar bular barchasi ta’lim olish uchun.Mening armonim shuki aynan shu ta’lim muassalarida o’qib izlanishni,yana yangi kadrlarni tarbiyalashni hohlardim. Afsuski buni iloji yo’q. Endi biz yo’limizni yoshlarga ya’ni, sizlarga bo’shatib berishimiz zarur. Kelajagimiz siz yoshlarni qo’lingizda. Nafaqa yoshiga yetgan bo’lsamda o’z ishimni, bolalarni sevganim uchun, ularga chin yurakdan bog’lanib qolganim uchun hech tark etgim kelmaydi maktabni.
Ustozim bilan bo’lgan suhbat juda maroqli o’tdi. Maktab uchun qanday pedagoglar kerak ekanligini bilib oldim. Ular bilan bo’lgan suhbat uchun minnadorchilik bildirib so’zimni yakunladim.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling