Bir soatlik ochiq


Download 1.06 Mb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1581343
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ommalashtirish uchun dars ishlanma Botirova Aziza 8-IDUM (2)

Atamalar:
Vagon – temiryo‘llarda yo‘lovchi va yuklarni tashishga mo‘ljallangan g‘ildirakli maxsus qurilma.
Konstruktor – mashina va inshootlarning loyihasini tuzuvchi muta- xassis.
Paroxod – bug‘ bilan ishlaydigan dvigatel (motor) o‘rnatilgan kema.
Parovoz – bug‘ bilan ishlaydigan dvigatel o‘rnatilgan va vagonlarni tortishga mo‘ljallangan mashina.
Bug‘ mashinasidan foydalanish sohasining kengayishi. Vaqtlar o‘tishi bilan konstruktor va ixtirochilar bug‘ mashinasidan bosh- qa sohalarda ham foydalanishga harakat qildilar.
Nihoyat, 1807-yilda amerikalik mexanik Robert Fulton bug‘ bilan harakatlanadigan eshkakli charxlari bo‘lgan birinchi paroxodni qurdi. Uzunligi 40,5 metr, eni 5,5 metrga yaqin bo‘lgan bu paroxod «Klermont» deb ataldi.

Birinchi paroxod.
Paroxod sinovdan o‘tkaziladigan kuni juda ko‘p odam yig‘ildi. Ular

tomoshaga kelishgan edi. Shu vaqtgacha foydalanilib kelingan yelkanli kemalar shamol bo‘lsagina suzar edi. R. Fulton yaratgan kema esa shamolga qarshi ham suza olganligini ko‘rgan tomoshabinlar hayrat- ga tushdilar. Sinov paytida paroxod soatiga 8 km tezlik bilan suzdi.

Shu tariqa dengiz kemasozligi asta-sekin shamolga qaramlikdan xa- los bo‘la bordi. Paroxodlar borgan sari takomillashtirilib borildi. Tez orada olamshumul voqea sodir bo‘ldi. Birinchi marta paroxod Atlantika okeanidan suzib o‘tib, 26 kunda Yevropadan Amerikaga yetib bordi.


O‘z vaqtida Xristofor Kolumb bu yerga yelkanli kemalarida 70 kunda yetib borgan edi. Bug‘ mashinadan foydalanish kemasoz- lik bilan cheklanib qolmadi. 1814-yilda angliyalik konstruktor va ixtirochi Jorj Stefenson bug‘ bilan harakatlanadigan birinchi pa- rovozni yaratdi.
Parovoz temir izda sinab ko‘rilganida 8 ta vagonni tortgan holda soatiga 10 km. tezlik bilan yurdi.

O‘z vaqtida Xristofor Kolumb bu yerga yelkanli kemalarida 70 kunda yetib borgan edi. Bug‘ mashinadan foydalanish kemasoz- lik bilan cheklanib qolmadi. 1814-yilda angliyalik konstruktor va ixtirochi Jorj Stefenson bug‘ bilan harakatlanadigan birinchi pa- rovozni yaratdi.


Parovoz temir izda sinab ko‘rilganida 8 ta vagonni tortgan holda soatiga 10 km. tezlik bilan yurdi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling