Bir va ko’p atomli spirtlar reja: Bir va ko’p atomli spirtlarlarning gomologik qatori Nomlanishi va izomeriyasi
Download 57.13 Kb.
|
Bir va ko’p atomli spirtlar reja Bir va ko’p atomli spirtlarlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning borishi: 1 – tajriba. Nitrometanning xossalari a)
Kerakli reaktiv va jihozlar: nitrometan, fenolftalein, benzol, toluol, 0,1 n NaOH , dietil efir, kons. nitrat va sulfat kislotalar, 2 % li FeCI3 , 10 % li NaOH, suyultirilgan H2SO4, Zn, lakmus qog’ozi, probirkalar, isitgich, probirkalar, stakan, tomizgich, gaz gorelkasi yoki spirt lampasi.
Ishning borishi: 1 – tajriba. Nitrometanning xossalari a) Reaksion probirkaga pipetka yordamida 3 tomchi nitrometan quying, uni chayqatib turib uning ustiga eriguncha suv qo’shing. Eritma muhitini lakmus qog’oz bilan sinab ko’ring, so’ngra eritmaga pipetka bilan 1 tomchi fenolftalein qo’shing va eritma qizil rangga o’tguncha 0,1 n yuvchi natriy eritmasidan pipetka yordamida tomchilatib qo’shing. Oq cho’kma tushishiga e`tibor bering. Hosil bo’lgan rangli eritmaga pipetka yordamida 2 ml efir va bir necha tomchi 2 % li temir (III)-xlorid eritmasidan qo’shib chayqating, efir qavatining qizil rangga bo’yalishini kuzating, bunda nitrometan tautomer holatiga o’tadi. 3NaOН + FeCI3 → Fe(OH)2 + 3NaCI Atsikislota tuzi temir (III)-xlorid bilan qizil rangli kompleks hosil qiladi. Bu kompleks efirda eriydi. b) Reaksion probirkaga pipetka yordamida 5 – 6 tomchi nitrometanni 1 ml suvda eriting va unga 3 ml 10 % li o’yuvchi natriy eritmasidan tomizing. Hosil bo’lgan aralashmani muzli suvda soviting va unga pipetka bilan 1 ml 5 % li natriy nitrit eritmasidan qo’shing va och qizil rang hosil bo’lguncha suyultirilgan (1,5) sulfat kislotadan tomchilatib qo’shing. Agar eritmaga yana ishqor qo’shilsa, rang yo’qoladi. Rang hosil bo’lishiga sabab, dastlab ishqor ta`sirida atsikislota tuzining hosil bo’lishidir. Natriy nitrit (aniqrog’i nitrit kislota) ta`sirida u metilnitrol kislotaning rangli tuziga aylanadi. 2NaNO2 + H2SO4 → 2HNO2 + Na2SO4 Kislota ta`sirida metilnitrol kislota tuzi metilnitrol kislotaga aylandi. Bu kislota rangsiz, unga ishqor qo’shilsa, qaytadan tuz hosil bo’ladi.(Muvozanat chapga siljiydi). Bu reaksiya faqat nitroalkanlarga xosdir. c) Reaksion propirka pipetka yordamida 0,5 ml nitrometanga 2 ml 10 % o’yuvchi natriy eritmasidan quyib eriting. Eritmaga 3 dona rux bo’lagini tashlang va uni isiting. Probirka og’ziga namlangan lakmus qog’oz tuting va uning ko’karishini kuzating. 2NaOH + Zn → Na2ZnO2 + H2↑ CH3 – NO2 + 3H2 → CH3 – NH2↑ + 2H2O Metilamin uchuvchan va kuchli asos bo’lganligi uchun lakmus qog’ozini ko’kartiradi. Download 57.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling