Bir va ko’p atomli spirtlar reja: Bir va ko’p atomli spirtlarlarning gomologik qatori Nomlanishi va izomeriyasi
Ba’zi alkanollarning fizikaviy doimiyliklari
Download 57.13 Kb.
|
Bir va ko’p atomli spirtlar reja Bir va ko’p atomli spirtlarlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidroksil guruhining almashinishi bilan boradigan reaksiyalar.
Ba’zi alkanollarning fizikaviy doimiyliklari
Spirt molekulalarining gaz fazasiga o‘tishida, ya’ni spirtning qaynashida molekulalararo vodorod bog‘larini uzish uchun qo‘shimcha energiya talab qilinadi. Spirtlar suvda eriganda suv va spirtlarning qutblangan molekulalari orasida ham vodorod bog‘lanish sodir bo‘ladi. Kimyoviy xossalari 1.Kislota-asos xossalari. Alkanollar neytral moddalar bo‘lib, yaqqol ifodalangan asosli va kislotali xossalarga ega emas. Spirtlar kuchli kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, oksoniy tuzlarini hosil qiladi: Alkil guruhlarining +I-effekti ta’sirida alkanollarning asoslik xossalari quyidagi tartibda oshib boradi: CH3OH < birlamchi spirtlar < ikkilamchi spirtlar < uchlamchi spirtlar Gidroksil guruhining almashinishi bilan boradigan reaksiyalar. Bu reaksiyalar natijasida alkanollarning turli hosilalari yoki alkenlar olinadi. A. Alkanollarga vodorod galogenid kislotalarning ta’siri: Reaksiya qaytar bo‘lgani uchun uni amalga oshirishda spirtga to‘yinguncha quruq vodorod galogenid yuboriladi yoki spirt galogenid kislotaning konsentrlangan eritmasi bilan suv tortib oluvchi reagentlar ishtirokida qizdiriladi. Ba’zan reaksiyalarda HBr o‘rniga uning tuzlari (KBr, NaBr) va konsentrlangan sulfat kislota ishlatiladi, chunki ajralib chiqayotgan HBr faol ta’sir qiladi: H2SO4 + KBr → HBr + KHSO4 R–OH + HBr → R–Br + H2O Alkanolning tuzilishi va galogenid kislotalardagi galogenlarning tabiatiga qarab, reaksiya tezligi turlicha bo‘ladi va quyidagi tartibda kamayadi: HI > HBr > HCl > HF R3COH > R2CHOH > RCH2OH Reaksiyaga kirishish qobiliyati kichik bo‘lgan HCl birlamchi va ikkilamchi spirtlar bilan faqat ZnCl2 ishtirokida qizdirilganda reaksiyaga kirishishi mumkin: Birlamchi spirtlar kons. H2SO4 bilan qizdirilganda, reaksiya harorati hamda spirt va H2SO4 ning nisbati (1:1 yoki 1:2)ga qarab, asosan ichki molekulyar degidratlanish mahsulotlari (alkenlar) yoki molekulalararo degidratlanish mahsulotlari (oddiy efirlar) hosil bo‘ladi. Masalan, etanol degidratlanganda dastlab etiloksoniy sulfat (I) hosil bo‘ladi. I suvni ajratib, etilsulfat (II)ga aylanadi. II dan sulfat kislota molekulasi ichki molekulyar ajralsa etilen, molekulalararo ajralganda esa dietil efir hosil bo‘ladi: Ikkilamchi spirtlar 60-70 % li H2SO4 bilan 90-1000C da yoki 85% li H3PO4 bilan 160-1700C da qizdirilganda degidratlanadi. Reaksiyalar Zaytsev qoidasiga binoan boradi, ya’ni termodinamik barqaror alken hosil bo‘ladi: Uchlamchi spirtlarni 20-50 % li sulfat kislotada 85-1000C da degidratlash mumkin: Download 57.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling