Birgalikda yuksalamiz


Download 33.38 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi33.38 Kb.
#1258815
Bog'liq
Birgalikda yuksalamiz


Birgalikda yuksalamiz.
Bu hayotda, tutab yurish emas, yonish kerak. Yongandan so'ng yondirish kerak. Uyg'onish kerak, tutab yurganlarni yondirib, ilm olishga targ'ib qilish kerak.

Men Komiljon To’raboyevich, yoshim 22da, talabaman. Kichikkina qishloqda tug’ulib-o’sgan va katta maqsadlari bor bo’lgan Alloh taoloning bir bandasi hayotida “biralikda yuksalamiz” loyihasida ishtirok etish katta o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Har doimgidek kechqurun hamma ishlarimni tugatib ijtimoiy tarmoqlarni kuzatyotganimda telegramdagi bitta kanalda “BY” haqidagi xabarga ko’zim tushib qoldi va bu loyiha nomining o’zi menda boshqacha his uyg’otdi. Aslini olganda kitob o’qishga qiziqishim yaqin ikki yil ichida paydo bo’lgan. Ammo atrofimdagi muhit kitob o’qishimga to’sqinlik qilardi. Vaqtlar o’tishi bilan Alloh taoloning marhamati ila Toshkentga kelib qoldim va bu menga kitob o’qishim va rivojlanishim, maqsadlarimni amalga oshirishim uchun katta imkoniyat eshigini ochdi. Chunki, qayerga qaramay kitob o’qiyotgan, o’zini ustida charchamasdan ishlayotgan va jamiyatimiz uchun o’z hissasini qo’shishga tirishyotgan insonlarga duch kelardim. Ammo ular bilan qanday qilib munosabat o’rnatish va qanday qilib o’zaro fikr almashishga yo’l topa olmas edim. “birgalikda yuksalamiz” loyihasi menga ilm ahllari va ilmga ishtiyoqmand insonlar bilan tanishish va ular bilan do’stlashish imkoniyatini berdi. O’sha habar orqali “BY” haqida batafsil ma’lumotga ega bo’ldim hamda loyihada ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tdim. Robbimning izni ila loyihaga qabul qilindim. Bu qubul qilinish Haq yo’lidan uzoqlashayotgan va jamiyatda o’z o’rnini topishda qiynalayotgan ojiz bir banda uchun Alloh taologa qaytish va Haq yo’lidagi solihlar bilan birodar bo’lishga sabab bo’ldi. Loyiha asoschisi Jasur akaga ummat yoshlarini birlashtirish yo’lida qilgan harakatlari uchun kattadan katta rahmat aytaman. Alloh taolo u kishidan rozi bo’lsin. To'g'risini aytsam, "BY"da ishtirok etmasimdan oldingi "men" bilan hozirgi "men" o'rtasida juda katta o‘zgarishlar bor. Shulardan bir nechtasini siz bilan baham ko'rmoqchiman.


- Vaqtning qadriga yetish. "BY" da qatnashib vaqtning qadri qanchalik qimmatli ekanligi, uning bahosi yo'qligini tushundim. Ya'ni, shiddat bilan o‘tib borayotgan umrdan qanday unumli foydalanish va har bir kunimizni nimalar qilsak barokatli bo'lishini o'rgandim.
- Nabiyimiz Rasululloh SAVning sunnatlariga ergashib nimalarga erishishimiz mumkinligini anglab yetdim.
- Ummat uchun nimalar qilishimiz kerak ekanligini va musulmon er kishi qanday bo'lishi kerak ekanligini tushundim.
- Biz qanday ulamolar va jangchilar avlodi ekanligimiz va ularga munosib farzand bo'lishimiz kerak ekanligini, hali oldimizda qanday buyuk ishlar kutayotganini angladim.
- Kitob o'qigan va fikr yuritgan inson bilan kitob o'qimagan va fikr yuritmagan inson o'rtasida qanday farq bo‘lishini ko'rdim.
- Birgalikda biz katta ishlar qila olishimizni, kuch birlikda ekanligini, agar biz musulmonlar birlashsak Islom dini yuksalishini va dunyoda adolat qaror topishi mumkinligini va biz zulm ko'rayotgan musulmon birodarlarimizni zulmkorlar changalidan ozod qilishimiz kerak ekanligini tushundim.
- Iymon lazzati qanday go'zal ekanligini bildim.
- O'qiydigan va o'rganadigan narsalarim ko'pligini va hali hech nimani bilmasligimni tushunib yetdim. Xalqimizning " beshikdan to qabrgacha bilim izla" hikmatli so'zini mag'zini chaqdim.
- Sahobalar hayoti va ularning Rasululloh sallalohi va alayhi vassalomni qanchalar yaxshi ko‘rganliklarini, ular qanday jasur va qo'rqmas hamda Alloh va Uning Rasuli yo‘lida hamma narsaga tayyor bo'lganliklarini bildim.
- G’arbga qarab emas, balki, shariatga qarab yashashimiz kerak ekanligini tushundim.
Loyihaning ilk kunlaridayoq guruhdagi muhitning o’zi boshqacha edi. Barcha ilmga chanqoq, o’z bilganlarini hech bir evazsiz ulashadigan, yordamini ayamaydigan va dunyoqarashi keng tengdosh birodarlarim. Ha, tan olishim kerakki, oldingi guruhdagilar ayrim sabablarga ko’ra loyiha “activity”larida qatnasha olmaganliklari va albatta men ham bir ikkita “challenge”larda qatnasha olmaganligim tufayli guruhni tarqatishga to’gri keldi. Lekin keyingi 210-guruhimizdagi atmosfera men kutganimdan juda a’lo darajada edi. Guruhdagi birodarlarimning hammasi ilmli, tirishqoq va izlanishdan to’xtamaydigan insonlardan edi. Haqqatda ham “Birgalikda yuksalamiz” loyihasida qatnashishdan maqsadim kitobga bo’lgan bo’lgan munosabatimni o’zgartirish, kitobxonlar davrasida bo’lish, rivojlanish va ko’plab solih do’stlar orttirish va ummatga foydasi tegadigan inson bo’lishim uchun oz bo’lsa ham kerakli bilimlarni olish edi. Alhamdulillah, maqsadimga erishdim.
“BY”da ishtirok etmasimdan oldin J. Anvarovning boshqa loyihalari haqida xabarim bo’lmaganligi sababli qatnasha olmaganman. Biroq loyihada ishtirok etib boshlaganimdan keyin bir qanchasida ishtirok etdim. Misol uchun “Ezgu amal”. Hamda u kishi tamonidan tashkillashtirilgan zamonaviy kasblardan biri “SMM” sohasida bo’yicha onlayn kursda o’z bilimlarimni oshirdim. Men Anvarovning loyihalarida va qilayotgan ishlarida har doim umumiy, boshqa yerlarda kam uchraydigan hislatlarni topdim. Bular:

  • Islomiy qadriyatlar;

  • Manfaat istamaslik;

  • Jo’shqinlik;

  • Zavq;

  • Ilhomlantirish;

  • To’xtamaslik;

  • Birdamlik.

Bular biz yoshlarga eng zarur bo’lgan hislatlar hisoblanadi. Bunday fazilatlarga ega bo’lgan insondan haqiqiy yetakchi, lider chiqadi. O’z navbatida bizning guruhda ham mana shunday hislatlar bor. Doim jo’shqinlik, doim birdamlik, doim o’rgatishga yordam berishga bo’lgan ishtiyoq. Doim birgalikda yuksalish. Shuni alohida aytishim kerakki, guruhimiz koordinatori Xolbek bizni doimo yuksalishga, doimo izlanishga, doimo harakatda bo’lishga undab turdi. Bizni doimo tushundi, jamoamiz uchun jon kuydirdi, chellenjlarni targ’ib qildi. Birgalikda yuksaltirdi. “BY” bizni birlashtirdi, bizga imkoniyat yaratib berdi, biz uchun qayg’urdi, Oxiratimiz uchun qayg’urdi, bizga o’rnak bo’ladigan insonlar aslida kim bo’lishi kerak ekanligini anglatdi, qanday rivojlanish, qanday yonish, qanday yondirish kerak ekanligini ko’rsatdi. Eng asosiysi bizni yuksalishimizga sabab bo’ldi.
“Birgalikda yuksalamiz” loyihasida agar imkon bo’lsa, yana qatnashgan, yana yangi narsalar o’rgangan, yana rivojlanishga harakat qilgan bo’lar edim. Agar kimdir mendan “BY” haqida so’rasa, men o’ylab o’tirmasdan unda ishtirok etshini va yuksalishi kerak ekanligini aytaman. Chunki biz “BY”da doimo birgalikda yuksalamiz, yonamiz va yondiramiz. Ana o’shandagina biz Rasululloh alayhissalom ummatiga loyiq bo’lamiz.
Download 33.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling