Биринчи боб


Kurs ishining ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi


Download 63.34 Kb.
bet3/15
Sana01.04.2023
Hajmi63.34 Kb.
#1315934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Usmon Azim she’rlarida inson ruhiyatining aks ettirilishi

Kurs ishining ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
-kurs ishida o‘zbek tili lingvopoetik vositalarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar tahlil etilib, ulardagi fikrlar umumlashtirildi;
-mustaqillik davrida Usmon Azim tomonidan yaratilgan she’riy asarlar asosida lingvopoetik vositalarning she’riy matnlarda qo‘llanish imkoniyatlari ochib berildi;
-lingvopoetik vositalaming yuzaga kelishiga asos sifatida ishtirok etuvchi vositalar aniqlandi hamda Usmon Azim she’riyatida qo‘llanuvchi vositalarning o‘ziga xos jihatlari ko‘rsatib berildi.
Kurs ishining metodologik asoslari va tadqiq usullari. Respublikamizning milliy o‘zlikni anglash, milliy- ma’naviy qadriyatlarni tiklash, ona tilimizni funksional-stilistik jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha bildirgan fikr-mulohazalari tadqiq jarayonida metodologik asos sifatida xizmat qildi. Bundan tashqari o‘zbek tilshunos olimlari Sh. Shoabdurahmonov, U. Tursunov, A. Hojiyev, R. Qo‘ng‘urov, E. Begmatov, N. Mahmudov, I. Mirzayev, B. Yo‘ldoshev, S. Karimov, M. Yo‘ldoshev, B. Umurqulovlarning lingvopoetika bo‘yicha bildirgan ilmiy-nazariy fikrlariga ham tayanildi.
Tadqiqot manbalari. Usmon Azimning mustaqillik davrida turli yillarda nashr etilgan she’riy asarlari to‘plamlaridan olingan misollar kuzatish olib borishda asosiy manba vazifasini o‘tadi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. O‘zbek tilshunosligida lingvopoetika muammolariga bag‘ishlangan ishlar barmoq bilan sanarli bo‘lganligi sababli mazkur malakaviy kurs ishi katta ahamiyat kasb etadi. Ishda to‘plangan materiallar, kuzatish natijalaridan lingvopoetika, Usmon Azim she’riyati, unda qo‘llanilgan birliklarning lingvopoetik imkoniyatlarini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy asarlar yozishda foydalanish mumkin. Ishdagi materiallardan kelgusida filologik yo‘nalishda magistrlik va malakaviy kurs ishlari yozishda foydalanish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, ulardan lingvopoetika bo‘yicha o‘tiladigan amaliy mashg‘ulotlarda til birliklarining matnda tutgan o‘rni, lingvopoetik vosita sifatida qo‘llanish imkoniyatlarini ko‘rsatishda foydalanish ham mumkin.

Download 63.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling