Биринчи боб
Tadqiqotning maqsad va vazifalari
Download 63.34 Kb.
|
Usmon Azim she’rlarida inson ruhiyatining aks ettirilishi
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Usmon Azim she’riyatida poetik matnlar tilining o‘ziga xosligi, ularda qo‘llanilgan, tilimizda ifoda-tasvir vositalari deb yuritiluvchi troplar va uslubiy figuralarning lingvopoetik imkoniyatlari ochib berish va ularning poetik matnlarda badiiy tasvir berishda, lirik qahramon ichki dunyosini tasvirlashda, ma’no kuchaytirishda muhim vazifa bajarishini shoir ijodidan olingan misollarni tahlil qilish orqali ko‘rsatib berish tadqiqotning asosiy maqsadi hisoblanadi. Tadqiqot ishida mazkur mavzu mohiyatini ochib berish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
- o‘zbek tilining, xususan, badiiy matnlarning lingvopoetik jihatdan tadqiq etilishi va bu sohadagi mavjud muammolar to‘g‘risida fikr yuritish; -o‘zbek tilshunosligida lingvopoetika bo‘yicha yaratilgan tadqiqotlar, amalga oshirilgan ishlarni tahlil etish va ularning mavzuga daxldorlik darajasini belgilash; -troplar va uslubiy figuralaming lingvopoetik vosita sifatida badiiy matnlarda va Usmon Azim ijodida tutgan o‘rnini aniqlash ; -lingvopetik vositalarning paydo bo‘lishi va shakllanishi haqida fikr yuritish; -troplarning Usmon Azim she’riyatida qahramon ichki kechinmalari, ruhiy holatini ochib berishdagi o‘rnini belgilash; -metafora hodisasining o‘ziga xos xususiyatlarini shoir she’riyatini tahlil qilish orqali ko‘rsatib berish; -metonimiya hodisasi va uning boshqa hodisalarga o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash; -sinekdoxa hodisasining lingvopoetik xususiyatlarini tahlilga tortish; -lingvopoetik vositalarning Usmon Azim ijodida qo‘llanishini tahlil qilish orqali ulardagi o‘ziga xoslikni aniqlash; -Usmon Azim she’riyatida milliy an’ana va qadriyatlarni ifodalovchi lingvopoetik vositalarning qo‘llanishi haqida mulohaza yuritish; -Usmon Azim she’riyatida xalq og‘zaki ijodiga xos xususiyatlarni, milliy- ma’naviy qadriyatlarni ifodalovchi lingvopoetik vositalarni belgilash; -lingvopoetik vositalarning badiiy matndagi obrazlilik hosil qilishdagi badiiy-estetik vazifasini aniqlash; -Usmon Azim she’riyatida emotsional-ekspressiv ma’no hosil qiluvchi lingvopoetik vositalarni ma’lum bir guruhlarga ajratish va ularning badiiy matndagi o‘rnini belgilash; -kuzatish natijalarini umumlashtirish. Download 63.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling