Биринчи боб
Qiblanamom, yo‘l ko‘rsat menga! (82-bet)
Download 63.34 Kb.
|
Usmon Azim she’rlarida inson ruhiyatining aks ettirilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atlas liboslarga belangan sarob (“So‘nggi uchrashuv”, 86-bet).
Qiblanamom, yo‘l ko‘rsat menga! (82-bet)
Mana bu parchada esa u yorga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilmaydi, balki unga nisbatan kutilmagan metafora qo‘llaydi: Xavotir ichinda deding: «Men ketdim...» To‘xtading. Xo‘rsinding. Jo‘nading shitob. Kuzgi chorbog‘ aro yo‘qolding, yitding, Atlas liboslarga belangan sarob (“So‘nggi uchrashuv”, 86-bet). Metaforalarning o‘ziga xos xususiyatlari badiiy matn doirasida qaraluvchi she’riy asarlarda bo‘rtib turadi. Shuning uchun Usmon Azim ijodida qo‘llanilgan metaforalarning o‘ziga xos jihatlarini aniqlashda ularning shoir she’riyatida tutgan o‘rniga alohida e’tibor qaratish lozim. She’riy matnlarda Usmon Azim boshqa lingvopoetik vositalar qatori metaforalarni qanday maqsadda qo‘llashiga qarab bu vositaning bajaradigan vazifasi va badiiy estetik qimmatini belgilash mumkin. Usmon Azim o‘z she’riyatida metaforani qo‘llashda shu vositaning estetik vazifasini ta’minlashga harakat qiladi. Uning she’rlarida metafora o‘zi bog‘liq bo‘lgan matnda yetakchilik qiladi. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki,Usmon Azim ijodida tilning boshqa ifoda-tasvir vositalari qatori metaforaning o‘ziga xos estetik vazifasi boshqa matnlarga nisbatan yaqqol namoyon bo‘ladi. Usmon Azim tomonidan tanlangan va she’riy asarlar tilida mahorat bilan qo‘llanilgan metafora she’rlarda aniqlik va ta’sirchanlik, jozibadorlik va ohangdorlik kabi xususiyatlarini ko‘rsatadi. Ayniqsa, shoir tomonidan sevimli yorga nisbatan qo‘llanilgan metaforalar shoir she’riyati bilan tanishgan kitobxonni turli ichki kechinmalarga, ruhiy holatlarga soladi, o‘quvchini shoirning xayolot olamiga tomon yetaklaydi, uning estetik tafakkuri qamrovini sezilarli darajada kengaytiradi. Shoir she’rlarida qo‘llanilgan lingvopoetik vositalar bilan tanishgan kitobxon metaforalarni anglash jarayonida ulardan ta’sirlanadi hamda Usmon Azim she’riy asarlari quvvatini his etadi. Shoirning o‘ziga xos uslubi shundan dalolat beradiki, u o‘z qahramoni ichki kechinmalarini anglagan, uning g‘am-qayg‘ulariga sherik bo‘lgan holda hayotiy voqea-hodisalarga obrazlilik nuqtai nazaridan yondashadi va shunga xos metaforalarni tanlaydi. Quyida u yoriga nisbatan “she’rim” metaforasini qo‘llaydi: Ammo, sen kelmassan, yo‘qotgan she’rim, Hamon turibdirsan ostonada tik. Kutasan: «Qaytgin», deb aytadi ering, Yana ochiladi yopilgan eshik (“So‘nggi uchrashuv”, 87-bet). Boshqa bir o‘rinda esa unga “Panohim” deb murojaat qiladi: Download 63.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling