Биринчи боб
Sinekdoxa va uning shoir ijodida tutgan o‘rni
Download 63.34 Kb.
|
Usmon Azim she’rlarida inson ruhiyatining aks ettirilishi
Sinekdoxa va uning shoir ijodida tutgan o‘rni.
Usmon Azim ijodida faol qo‘llanuvchi lingvopoetik vositalardan yana biri sinekdoxadir. O‘zbek tilshunosligida uslubiyat bo‘yicha yaratilgan ishlarda sinekdoxaga quyidagicha ta’rif berilgan: “Sinekdoxa grekcha -synekdoche so‘zidan olingan. Bu ham tropning bir turi bo‘lib, predmetlarga nisbatan qo‘llanadigan son bilan bog‘langandir, ya’ni predmetlarning son jihatdan birining (qismi, to‘la) ma’nosi ikkinchisiga ko‘chiriladi. Butun o‘rnida qism (yohud, aksincha) yoki birlik o‘rnida ko‘plik (yoki aksincha) qo‘llanilishini ham bunga misol sifatida ko‘rsatish mumkin”2. Sinekdoxalar mohiyatan bir xil hodisani ifodalasalarda, ilmiy adabiyotlarda u metonimiyaning bir ko‘rinishi, bir-biriga yaqin hodisalar sifatida talqin qilinadi.Usmon Azim quyidagi parchada sinekdoxaning qism orqali butun ifodalangan ko‘rinishini qo‘llagan: Nahot har zukko aql, Sheryurak, temirbilak, Fitnalarning zarbidan Yo‘qlikka ketsa qulab? (Mo‘min Mirzoning so‘nggi qo‘shig‘i, 24-bet) Quyidagi sinekdoxa hodisasi “ko‘z” leksemasi vositasida hosil qilingan: Insonni tushunish kerak... Sizni zor etib beparvo boquvchi, Tushlaringizga, kiradigan jodugar ko‘zlar Balki mag‘rurlikdan, Balki hayodan, Sizga yulduzlardan olisroq erur (32-bet). Keltirilgan misolda ishtirok etgan “ko‘z” leksemasi orqali inson tushunilmoqda.Bu so‘zdan faqatgina ko‘z emas, balki inson nazarda tutilayotganligi sezilib turadi. Sinekdoxaning qahramonlar hatti-harakatini ko‘rsatishda muhim vosita ekanligi quyidagi parchada ham ko‘zga tashlanadi: «U sevgisin sotdi», qichqirar Bir ayolning qasoskor ko‘zi. Tiz cho‘kaman: «Singlim, muqarrar Buyuk nomzod o‘limga o‘zim!» (“Tush”, 13-bet) Umuman olganda, sinekdoxalar Usmon Azim ijodida muhim o‘rin egallaydi.“Misollar tahlili sinekdoxaning katta umumlashtiruvchilik imkoniyati borligini ko‘rsatadi va unda badiiylik hamma vaqt ham ko‘zga tashlanavermaydi. Garchand umumlashtirish qisqalikning asosiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, badiiy adabiyot tili uchun nihoyatda zarur sanalsa-da, bu xususiyat uning boshqa funksional uslublarda ham bemalol ishlatilaverishiga to‘siqlik qilmaydi. Bundan tashqari u takrordan qochishga, yaqinlik ma’nosini ifodalashga, ayrim ma’nolarni ta’kidlashga xizmat qilishi mumkin”. Download 63.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling