Биринчи боб


Usmon Azim ijodida metonimiyalarning qo‘llanishi


Download 63.34 Kb.
bet11/15
Sana01.04.2023
Hajmi63.34 Kb.
#1315934
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Usmon Azim she’rlarida inson ruhiyatining aks ettirilishi

Usmon Azim ijodida metonimiyalarning qo‘llanishi.
Metonimiya—grekcha “metopumia” so‘zidan olingan bo‘lib, boshqacha nom berish degan ma’noni bildiradi. “Metonimiya hodisasi ham so‘zlarning ko‘chma ma’nosi bilan bog‘liq. Ammo bu yerda asosan biror narsa yoki voqea- hodisaning nomi boshqa bir narsa yoki hodisaga ko‘chiriladi. Bu predmet yoki voqea-hodisa ongimizda bir-biri bilan aloqador tushunchalarni anglatishi bilan o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Metaforada bir-biriga o‘xshash predmetlarning belgilari ko‘chirilsa, metonimiyada bu ikki predmet tashqi ko‘rinishi yoki ichki xususiyatlari bilan bir-biriga qandaydir aloqasi bo‘lsa ham, ammo, umuman bir- biridan farq qiluvchi (bir-biriga o‘xshamagan) predmetlarning belgilari chog‘ishtiriladi”1. Metonimiya ham nom ko‘chishiga asoslanishiga ko‘ra metaforaga o‘xshab ketadi.Usmon Azim ijodidan olingan “Suflyor monologi” she’ridagi quyidagi misollar metonimiyalarning lingvopoetik imkoniyatlari shoir asarlarida yorqin namoyon bo‘lishini yana bir bor tasdiqlaydi:
Sen buyuk aktyorsan. Besarhad. Ulkan.
Jumla jahonni zabt etmog‘ing mumkin.
Zal kuldi, yig‘ladi mahoratingdan,
Men ham burchagimda yig‘ladim, kuldim. ..
Mana, sahna uzra bir moviy falak.
Bir dala. Bitta sen. Bir navnihol qiz.
Unga «sevaman», deb aytishing kerak,
So‘ng tomosha tugar. Zal cho‘kadi tiz... (“Suflyor monologi”, 68-bet)
« Sevaman» desang-chi, «sevaman» degin!...
Zal ham jo‘r bo‘ladi:
« Sevaman de, ayt!»
Sendan so‘rayapti — men aniq sezdim —
Bittagina so‘zni zal mana shu payt. (“Suflyor monologi”, 69-bet)
Shoirning “Ilk she’rning yozilishi haqida ballada” she’rida qo‘llanilgan metonimiya insonning tafakkuri, xayolotida mavjud bo‘lgan o‘ziga xos olamni, undagi obrazlarni qamrab oladi:
Osmon bilan o‘ynashmang — qo‘rqing,
Ko‘z yosh to‘kmang, ishqdan urmang lof.
Hali-zamon qudratli qo‘shin —
Shoir ijodida bu kabi boshqa shoirlar ijodida uchramaydigan metonimiyalarni ko‘plab uchratish mumkin. Ular o‘zlarining poetik ta’sirchanligi, o‘quvchi ruhiyatiga ta’sir etib turli his-tuyg‘ularni uyg‘ota olishi bilan boshqa lingvopoetik vositalardan farqlanib turadi.

Download 63.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling