Биринчи боб
Shoir ijodida jonlantirishlar uslubiy vosita sifatida
Download 63.34 Kb.
|
Usmon Azim she’rlarida inson ruhiyatining aks ettirilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lingvopoetik takror personaj ruhiyatini ifodalash vositasi sifatida.
Shoir ijodida jonlantirishlar uslubiy vosita sifatida.
Usmon Azim ijodini lingvopoetik vositalarsiz, xususan, jonlantirishlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. “ Jonlantirish metaforaning maxsus bir turi sifatida og‘zaki nutqda ham, badiiy nutqda ham, o‘xshatishlar kabi juda qadimdan ishlatilib keladi. Bu shunday priyomki, unda kishilarning harakatlari, his-tuyg‘ular; so‘zlash va fikrlashlari jonsiz predmetlarga ko‘chiriladi. Boshqacha qilib aytganda. jonsiz predmetlarni insonlar kabi harakat qiladigan, fikrlaydigan, so‘zlaydigan qilib tasvirlash jonlantirish deyiladi”2. Jonlantirish shoirga fikr ifodalashda qulaylik tug‘diradi, she’rlardagi poetik ta’sirchanlikni kuchaytiradi. Quyida shoir jonlantirish vositasida kutilmagan tasvir yaratadi: Miltiq noxos otadi, Aks-sado qilar nido. Birdan Bejon qotadi Ko‘ksi teshilgan havo (44-bet). She’rda kitobxon kutmagan holat, ya’ni aks-sadoning tilga kirishi, havoning xuddi insonlar kabi yaralanishi o‘quvchini hayratga soladi, o‘z ta’siriga oladi.Bu holat shoirning o‘z ijodiga nisbatan jonlantirishni qo‘llashida,o‘z she’ri satrlarini jonli narsadek tasvirlashida ham ko‘rinadi: Balki bir tirik satrim Cho‘kkan ko‘ngling ko‘tarib, Uchgan g‘amxona yerdan Orzu osmoni sari. (155-bet) Lingvopoetik takror personaj ruhiyatini ifodalash vositasi sifatida. Usmon Azim she’rlari shoirning ko‘p yillik mehnati, xalq hayotini, insoniy munosabatlar, tabiatning betakror manzaralarini kuzatishi natijasidir. Filologiya ilmiga oid manbalarda badiiy takrorning alliteratsiya, epifora, rifma, anafora, assonans, konsonans, monorim, pleonazm, taftologiya, naqorat kabi turli xil ko‘rinishlari mavjudligi qayd etiladi. Tilshunos R.Qo‘ng‘urovning ko‘rsatishicha,“Shoir va yozuvchilar tasvirlayotgan voqea-hodisaning nazarda tutilgan tomoniga o‘quvchining diqqatini tortish, uni bo‘rttiribroq ko‘rsatish uchun yoki ma’lum narsalarni sanab ko‘rsatish niyatida ko‘proq she’riy asarlarda, ba’zan prozada ham ayrim tovush yoki tovushlar birikmasi, so‘z yoki so‘zlar birikmasiga, gaplarga ataylab alohida urg‘u beradi, takrorlaydi”. Usmon Azim o‘z she’riyati bilan badiiy adabiyotda munosib o‘rniga ega bo‘lgan, lingvopoetik vositalardan, jumladan, takrordan o‘ziga xos tarzda foydalana olgan shoirlardan hisoblanadi. Uning she’rlarida tabiatning turli fasllariga xos jonli tasvirlar , insonlar o‘rtasidagi munosabatlar chigalligi, turmush tashvishlari va ziddiyatlaridan ozor chekuvchi inson obrazi doimo birinchi o‘rinda turadi. Quyidagi parchada tabiat hodisasi bo‘lgan yomg‘ir yog‘ishi va inson ruhiy holati takror vositasida yaqqol o‘z aksini topgan: Ohista-ohista yog‘adi yomg‘ir, Ohista-ohista qo‘zg‘alar shamol. Ohista-ohista to‘kar yumshoq nur Bulutlar bag‘ridan ko‘ringan hilol. Ohista-ohista yig‘laydi bir qiz, Kaptar patidan ham mayin dardlari... (40-bet) Usmon Azim she’rlarida shoir obrazli tafakkurining nihoyatda keng qamrovli ekanligi, kutilmagan holatlar, hamma birday idrok qilavermaydigan, faqat o‘tkir aql va mushohada egasigina ko‘ra oladigan eng nozik lavhalar o‘z badiiy qiyofasiga ega bo‘ladi. Shoir boshqalar nazarida oddiy tuyulgan holatlardan badiiy ko‘rinishlarni o‘z nozik didi bilan ilg‘ay oladi va ularni turli lingvopoetik vositalar orqali misralarga soladi. Ma’lumki, alohida olingan shoir yoki yozuvchilar badiiy asarlarini lingvopoetik jihatdan tahlil qilishda poetik nutqning fikr ifodalashdagi imkoniyatlari shu asar misolida o‘rganib chiqiladi. Usmon Azim ona tilining keng imkoniyatlaridan foydalanib, xalq tilida qo‘llanilib kelayotgan ma’lum darajada milliylik ufurib turgan so‘z va iboralarning ma’nosini matnga bog‘liq holda kengaytirishga harakat qiladi. Milliy-ma’naviy qadriyatlarni, asrlar davomida shakllangan urf-odatlarni o‘zida aks ettirgan ona tilimiz lug‘at boyligini shoirona tafakkur bilan ilg‘ay olgan shoir o‘zining har bir she’rida so‘z tanlashda ana shu mezonlarga tayanadi, tanlangan birliklarni o‘z tafakkur chig‘irig‘idan o‘tkazadi.Quyidagi parchada shoir bir so‘zni - Ona so‘zini takror qo‘llash bilan inson turmushi tarzi, farzandning ona oldidagi burchi, unga munosabati kabi jiddiy masalalarga kitobxon e’tiborini qaratadi: Download 63.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling