Биринчи боб


Download 0.83 Mb.
bet1/26
Sana16.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1501242
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
O\'quv qullanma Karimova M. final


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI

KARIMOVA MADINA SAYDULLA QIZI
TILSHUNOSLIKNING SHAKLLANISHI”


O’quv Qo’llanma


Andijon-2023
Karimova M.S. Paremiologik birliklar. O‘quv qo‘llanma. – Andijon, 2023. –B.201


Taqrizchilar:
Sh.X.Shaxabitdinova Andijon davlat universiteti, O‘zbek tilshunosligi
kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori.
U.S.Kabulova Andijon davlat chet tillari instituti, Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi dotsenti.

Mazkur o‘quv qo‘llanma rejaga binoan o‘quv yili davomida olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga olgan. Har bir dars amaliy mashg‘ulot sifatida berilib, mavzuga oid sohaviy terminlar, hujjatlar, rasmiy-idoraviy ish uslubiga xos ko‘rsatmalar berib borilgan. O‘quv qo‘llanmada talabalarning soha vakillari bo‘lib yetishishlarida mutaxassis tilshunoslik fanini o’rganishga yordam beradi va fanga oid atamalarning qo‘llanilishi, rasmiy uslubga xos terminlar keltirib o‘tilgan.


O‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr bosqichi umumiy guruh talabalari uchun mo‘ljallangan.
O‘quv qo‘llanma “Tilshunoslik” fani dasturi asosida ishlab chiqildi. Mazkur o‘quv qo‘llanma materiallaridan auditoriya soatlari mashg‘ulotlarida, topshiriqlarni bajarishda hamda nazorat ishlarida foydalanish mumkin.
O‘quv qo‘llanma Andijon davlat chet tillari instituti Ilmiy Kengashining 2023-yil, -apreldagi -sonli yig‘ilishida nashrga tavsiya etilgan.

©Karimova M.S.


© «Paremiologik birliklar»
©Andijon davlat chet tillari instituti, 2023-y.
SO‘ZBOSHI
Dunyo tilshunosligida har qanday paremiya – bu avlodlar tajribasini umumlashtiradigan va xalqning urf-odatlari hamda an’analariga oydinlik kiritadigan fikrning mantiqiy shakli sifatida baholanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab paremiyalar turli xil tillarda o‘xshash yoki bir-biriga yaqin ma’nolarni ifodalaydi. Xususan, turli xil til guruhlarining maqol fondida u yoki bu shaklda do‘stlarga yordam berish, qariyalarni hurmat qilish, qarindoshlarini qo‘llab-quvvatlash va oila yaxlitligini saqlash zarurligi to‘g‘risida, shuningdek, mehnatning afzalliklari, yolg‘onning zarari, murakkab muammolarni birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan hal qilish zarurligi va boshqalar haqida so‘z yuritiladi.
Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rganishni rivojlantirish davlat siyosatining bir qismiga aylangan. Ayniqsa, “...davlat tilidan xorijiy tillarga va xorijiy tillardan davlat tiliga professional tarjima qilish uslubiyotlarini yaratish...”1 jarayonida paremiyalarni qiyosiy tadqiq qilish borasida chuqur izlanishlar olib borish kun tartibiga qo‘yilmoqda. Shu jihatdan paremiyalarning kelib chiqishi, o‘ziga xos xususiyatlari, ularning milliy va madaniy jihatlarini aks ettirishning ingliz va o‘zbek tilidagi xususiy diskurslarda qiyosiy aspektda tekshirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish zarurati mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”, 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari; 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-sonli “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-son “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2017-yil 11-avgustdagi 610-son “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda mazkur soha bo‘yicha qabul qilingan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu qo’llanma ma’lum darajada xizmat qiladi.
Dunyo tilshunosligida paremiyalarning tadqiqi, asosan, frazeologiya doirasidagi izlanishlardan boshlangan. Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil tarmog‘i sifatida XX asrning birinchi yarmida rus tilshunosligida paydo bo‘lgan. Dastlab, frazeologizmlar turli aspektlarda rus olimlari A.A. Potebnya, I.I. Sreznevskiy, A.A. Shaxmatov, Ye.D.Polivanov, S. Abakumov, L.A. Bulaxovskiylarning tadqiqotlarida yoritildi.
Frazeologik birliklarning ma’no2, uslubiy, grammatik-semantik xususiyatlari professor Sh. Rahmatullayev3, A. Mamatov4, Q. Xakimov5, Sh.Almamatova6, U. Rashidovalarning7 tadqiqotlarida o‘rganilgan. Frazeologik birliklarning funksional uslubiy, uzual va okkazional vazifalari, matndagi pragmatik imkoniyatlari B. Yo‘ldoshev8 hamda U. Rashidovalar9 tomonidan tadqiq etilgan.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling