Биринчи боб
Download 0.83 Mb.
|
O\'quv qullanma Karimova M. final
BIRINCHI BOB
Tilshunoslikning shakllanishi 1.1.Til va jamiyat Reja 1. Tillarning kelib chiqishi. Dastlabki tillarning tarqalish sababi. Til va jamiyat. Til ijtimoiy hodisa Lingvistik adabiyotlarda til va jamiyat munosabati, tilning sosial farqlanishi, jamiyatdagi lisoniy vaziyat, til ijtimoiyligi, til va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy omillarning tilga ta’siri, ikkitillilik va ko‘ptillilik, til siyosati, millat va milliy til muammolari sosiolingvistikaning muhim vazifalari sanaladi. Shu jihatdan tilning sosial farqlanishi turli maslak, turlicha kasb-kor, turfa aqliy-ruhiy imkoniyatdagi jamiyat a’zolaridan tashkil topganidan kelib chiqadi va bunga mos ravishda har qaysi ijtimoiy guruhning faol hamda nofaol lug‘at tarkibi bo‘ladi. Jamiyat a’zolarining hududiy mansubligi ham, tabiiyki, har xil. Binobarin, sotsial va hududiy dialektlar ijtimoiy guruhlarning maslak, kasb-kor, aqliy-ruhiy imkoniyat va hududiy kelib chiqishiga ko‘ra, tildan foydalanish tarzlaridir. Shu ma’noda hozirgi zamon sosiolingvistikasidan sosial va hududiy dialektlarni shunchaki qayd qilish, lingvistik tabiatini tushuntirishgina emas, balki ulardan unumli foydalanish yo‘llarini ko‘rsatish ham talab etiladi. Zero, adabiy tilni boyitish, o‘zlashma terminlarga milliy muqobillarni topishda sosial va hududiy dialektlar muhim leksik-semantik manba bo‘lishi aniq. Birgina sud-huquq tizimi leksikasida afv, vaj, garov, gumondor, gumonlanuvchi, ijrochi, ish, tadbir, o‘zlashtirish so‘zlarining ixtisoslashgan, maxsuslashgan yangi ma’nolaridan adabiy tilni boyitish va rasmiy uslub imkoniyatini kengaytirishda foydalansa bo‘ladi. Kishilar o‘rtasidagi aloqani ta’minlash til ijtimoiyligining birinchi va zaruriy sharti bo‘lib, tilshunoslikning barcha davrlarida tilning bu maqomi e’tirof etilgan. Ammo tilning ijtimoiy tabiati, “sosial xoslanganligi uning qabila, xalq, millat tarixini, umuman, insoniyat o‘tmishini o‘zida saqlashida ham ko‘rinadi”. Jamiyat a’zolarining tilga munosabati, tildan qanday foydalanishi, jamiyatdagi o‘zgarishlarning tilga ta’siri ham til ijtimoiyligidan begona emas. O‘zbek tili tarixiy taraqqiyotida o‘zi mansub jamiyatning faol ta’sirida bo‘lgan, o‘zbek turmushidagi o‘zgarishlar, mentalitetiga ta’sirlar tilda o‘z izini qoldirgan. Masalan, arab xalifaligi va islom ta’sirida arabcha birliklar o‘zlashgan, o‘zlashtirilgan. Yoki mo‘g‘ul hukmronligi mo‘g‘ulcha til unsurlari kirib kelishiga zamin bo‘lgan. Jadidchilik harakatining yoyilishi bilan arabiy o‘zlashmalarni turkchalashtirishga ham kirishilgan. Ayniqsa, sobiq ittifoq davrida ming-minglab so‘zlar rus tilidan yoki uning vositachiligida boshqa tillardan o‘zlashtirilgan, chet so‘zlarni olishning muayyan modellari qabul qilingan. Buni birgina -iya, -siya qo‘shimchasi bilan tugaydigan so‘zlar misolida ko‘rish mumkin. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng o‘zbek tili rivojining yangi imkonlari ochildi, ko‘plab eskirgan so‘zlarning qayta faollashuvi ta’minlandi. Globallashuv davri esa ko‘plab tillar qatori o‘zbek tilini ham xalqaro tillarning faol ta’siriga uchratmoqda. Diqqat qilinsa, zikr etilgan ta’sirlar va tildagi o‘zgarishlarni sof lisoniy emas, tildan tashqari, masalan, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy jarayonlar harakatlantirmoqda. O‘zbek sosiolingvistikasi ana shunday ta’sirlashuvlarni xolis baholashi, milliy til va davlat tili manfaati nuqtayi nazaridan ish ko‘rishi lozim bo‘ladi. Ijtimoiy kelishuv farazi. Bu faraz XIX asming ikkinchi yarmida paydo bo‘lib, uni ilgari suruvchi olimlar ba’zida bir-biriga zid xulosalarga kelishgan, ularning tilning kelib chiqishi to‘g‘risidagi asosiy fikrlari bir xil. Qisqa qilib aytganda, bu farazga narsalami qanday atashni odamlar o‘zaro kelishib olishgan. Ko‘rinib turibdiki, boshqa farazlarga qaraganda, bu eng oddiy va oson tanqid qilinishi mumkin, chunki biror narsa to‘g‘risida kelishib olish uchun, tabiiyki, kelishuv vositasi, ya’ni til kerak. Binobarin, bu faraz tilning paydo bo‘lishini emas, balki til rivojlanishining bir yo‘nalishini tushuntirishi mumkin. Hozirgi vaqtda u yoki bu fanga taalluqli so‘z va atamalar o‘zaro kelishib olinadi. Lekin buning tilning paydo bo‘lishiga hech qanday aloqasi yo‘q. Yuqorida qayd etilgan farazlar ayrim-ayrim olinganda tilning paydo bo‘lishi jarayonini to‘la-to‘kis tushuntirib bermasa-da, ularning har birida ma’lum darajada haqiqat bor, ya’ni bu fikrlarning har qaysisi tilning paydo bo‘lishi hodisasiga o‘z hissasini qo‘shgan. Avval aytilganidek, til - ijtimoiy hodisa, odamlar jamiyatlarga uyushgan vaqtdan boshlab bir-birlariga nimanidir aytish ehtiyoji tug‘ilgan. Tilning paydo bo‘lishi tafakkur bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan. Insoniyatga xos boigan bu ikki hodisa bir-biri bilan uzviy bog‘langan, biri ikkinchisisiz yashay olmaydi. Tilning asosida tafakkur yotadi, tafakkur esa o‘z navbatida til orqali namoyon bo‘ladi, rivojlanadi. Til takomillashishining garovi esa - tafakkurdir. O‘zbek tilshunosligida tilning ijtimoiy tabiati, jamiyatning tilga ta’siri masalasiga o‘tgan asrning 80 yillarida “Tilshunoslikka kirish” qo‘llanmasida alohida to‘xtalgan bo‘lsa ham til va jamiyat muammolari ancha avvalroq tilga olina boshlangan. Fitrat, Elbek, Botu singari jadidlarning asarlarida ozmi-ko‘pmi shunga oid qaydlar bor. M.Mirtojiyev va N.Mahmudovning “Til va madaniyat” risolasida ham tilning ijtimoiyligi, davlat tili va til siyosati haqida so‘z ketgan o‘rinlar mavjud. Mutaxassislar S.Mo‘minovning “O‘zbek muloqot nutqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari” nomli doktorlik dissertasiyasini sosiolingvistik aspektdagi ilk ish sifatida qayd etadi. Keyingi yillarda bu boradagi tadqiqotlar ko‘lami ancha kengaydi. Butun dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari sosiolingvistik tadqiqotlarning naqadar zarurligini milliy tillar va ingliz tili ekspansiyasi misolida ayon etib qo‘ydi. Milliy tillar lug‘at tarkibiga katta miqdordagi inglizcha so‘zlarning kirib borishi til siyosatida o‘zgarishlar qilish zarurligini ham ko‘rsatmoqda. ¬O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va nufuzini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni o‘zbek tilining davlat tili sifatida qaddini ro‘y-rost tiklashini, ijtimoiy maqomining yana-da barqarorlashuvini ta’minladi. Ana shu farmonning amaliy ifodasi sifatida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida sosiolingvistika bo‘limining tashkil etilishi esa davlat tili va jamiyat munosabatlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar kengayishi va kuchayishini ta’minladi. Bu bo‘lim o‘z faoliyatida o‘zbek tilining rivojlanishi bilan bog‘liq fundamental, amaliy va innovasion tadqiqotlarni amalga oshirish va kengaytirish, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish borasidagi ilmiy izlanishlarni kuchaytirish, o‘zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqish, o‘zbek tilining izohli lug‘atlari, davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qo‘llanma va adabiyotlar tayyorlash, davlat tilini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishga alohida e’tibor beradi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling