Биринчи боб


Download 0.83 Mb.
bet3/26
Sana16.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1501242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
O\'quv qullanma Karimova M. final

1.2. Uslubshunoslik.
Reja:

  1. Fonetik vositalar: nutq tovushlari, ohang, urg’u.

  2. Grammatik vositalar.

Fonetika nutqning eng kichik ma’no anglatmaydigan birliklari - nutq tovushlari, fonlar bilan ham shug‘ullanadi. Fonlar nutqning moddiy bazasi bo‘lib, so‘z, so‘z birikmalari, gap va matnlarni shakllantirishda bevosita ahamiyatga egadir, chunki inson tili - tovushlardan tarkib topadi. Nutq tovushlarining akustik va fiziologik tomonlarini fonetika, ijtimoiy yoki sotsial sharoitlarini fonologiya o‘rganadi. Nutq tovushlarining akustik xususiyati deganda, ularning fizik xususiyatlari, ya’ni quloqqa chalinishi, eshitila olinish xususiyatlari tushuniladi. Ma’lumki, har qanday tovush biror jismning boshqa jism ta’sirida tebranishi natijasida paydo bo'ladi. Nutq tovushlarining paydo bo‘lishi haln ana shunday tebranish natijasidir. O'pkadan chiqayotgan havo oqimi tovush paychalarini tebratishi va nutq organlarida hosil bo‘ladigan shovqin natijasida nutq tovushlari
vujudga keladi. Nutq tovushlarining akustik xususiyati, ularning kuchi, balandligi,
tembri va cho‘ziq-qisqaligi bilan ifodalanadi. Nutq tovushlarining kuchi o‘pkadan chiqayotgan havo oqimining qarshilik ko‘rsatayotgan nutq organlariga kuch bilan urilishiga bog‘liq.
Bu kuchlanish qanchalik shiddatli bo‘Isa, tebranish darajasi shunchalik katta, tovush ham shunchalik kuchli bo‘ladi. Tovushlaming bu xususiyati amplituda deyiladi. Tebranayotgan jismning dastlabki, harakatsiz holatidan tebranishning yuqori va pastki nuqtasiga bir marta borib kelishi amplituda atamasi bilan belgilangan. Jismning sukunat holatidagi nuqtasidan tebranishning yuqori va pastki nuqtalari qanchalik uzoq bo‘lsa, tovush shuncha kuchli bo‘ladi. Akustikada tovush kuchi detsibal bilan o‘lchanadi. Nutq tovushlarining balandligi tebranish miqdoriga bog‘liq: vaqt birligi (soniya, daqiqa) ichida tebranishlaming soni qancha ko‘p bo‘lsa, tovush shuncha baland bo‘ladi. Akustikada tebranish miqdori gerts
(gts)lar bilan oichanadi. Nutq tovushlarining tembri deganda ularning sifati tushunilib, unga asosiy yordamchi tonlar va shovqin birikmasi kiradi. Gap shundaki,tovushlar faqat kuch va balandlik bilan izohlanmay, balki, kuch, balandlik, qo‘shimcha oberton va shovqinlar qo‘shilmasidan tashkil topadi. Qo‘shimcha ton (oberton)lar og‘iz va burun bo‘shlig‘ida asosiy tovush toniga qo‘shimcha tonlaming ta’siri natijasida paydo bo‘ladi. Shunday ekan, nutq tovushlarining tembri rezonator vazifasini o‘tovchi og‘iz va burun bo‘shliqlarining hajmi va shakliga hamda og‘iz bo‘shlig‘i va bo‘g‘izdan hosil bo‘ladigan shovqinlaming qanday bo‘lishiga ham bog‘liq. Tembr bo'lmasa, bir kishining nutqini ikkinchisinikidan ajratish qiyin. Chunki har bir shaxsning og‘iz va burun tuzilishida - o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lishi tabiiydir. Nutq tovushlari akustik xususiyatining yana bir tarkibiy qismi ulaming uzun-qisqa bo‘lishidir. Bu xususiyat unlilarga xos bo‘lib, ma’lum vaqt ichida unlilaming uzun va qisqa talaffuz qilinishidir. Masalan, ingliz tilida uzun va qisqa [i] va [i:] unlilari bor. Nutq tovushlarining fiziologik xususiyati deganda nutq tovushlari talaffuz qilinayotganda qaysi nutq organlari ishtirok etishi tushuniladi. Masalan: b - lab-lab tovushi: v - lab-tish tovushi va hokazo. Nutq tovushlarining ijtimoiy xususiyati deganda, ulaming morfema va so‘zlaming ma’nolarini o‘zgartira olish qobiliyatlari tushuniladi. Avval aytganimizdek, bu masalani fonetika emas, fonologiya o‘rganadi. Masalan: ot-o't, qor-nor-zor.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling