Биринчи боб


Download 0.83 Mb.
bet6/26
Sana16.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1501242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
O\'quv qullanma Karimova M. final

To’liq sinonimlar ma’nosida va ishlatilishida farq qilmaydi. Birining o’rnida boshqasini to’liq qo’llash mumkin bo’lgan sinonimlar to’liq sinonimlar deyiladi: tilshunoslik-lingvistika; respublika-jumhuriyat; doston-poema; kosmos-fazo.
Ma’noviy sinonimlarda sinonimik qatordagi so’zlar nozik ma’nosi bilan farqlanadi. Ma’noviy sinonimlarni (har doim ham) birining o’rnida boshqasini qo’llab bo’lmaydi; ho’l-shalabbo; tiqillatdi-taqillatdi, dukillatdi-gursillatdi; kulmoq-jilmaymoq-irshaymoq-tirjaymoq. Ma’noviy sinonimlar quyidagi jihatlari bilan o’zaro farqlanadi:
a) emotsional-ekspressiv bo’yoq nuqtai nazaridan. Bu jihatdan so’zlar bo’yoqsiz (neytral) yoki bo’yoqdor bo’lishi mumkin. Emosional-ekspressiv bo’yoqdor so’zlarda so’zlovchining munosabati seziladi. Bo’yoqdor so’zlar ijobiy bo’yoqli (chehra, jamol) yoki salbiy bo’yoqli ( bashara, turq) bo’ladi.
b) Ma’noviy sinonimlar uslublarda qo’llanishi jihatidan farq qiladi. Masalan: bashar, siyna poetik (badiiy) uslubda: bahor, quyosh so’zlari ilmiy uslubda qo’llanadi. Bunday sinonimlar uslubiy sinonimlar deyiladi.
d) sinonimik qatordagi so’zlar ma’noni qay darajada ifodalashi jihatidan ham farqlanadi. Masalan, qiziq-g’alati-ajoyib-alomat-antiqa sinonimik qatorida qiziq belgini neytral holda; ajoyib-alomat-antiqa so’zlari belgini kuchli darajada; yaxshi-durust-tuzuk sinonimik qatorida durust, tuzuk so’zlari belgini kuchsiz darajada ifodalaydi.
Sinonimlar uch xil bo’ladi:

  1. lug’aviy sinonimlar;

  2. frazeologik sinonimlar;

  3. grammatik sinonimlar.

Lug’aviy sinonimlar- so’z holidagi sinonimlar; frazeologik sinonimlar- sinonim iboralar. Grammatik sinonimlar morfologik va sintaktik sinonimlardan iborat. Grammatik sinonimlar: kuz shamoli-kuzgi shamol, xat yozdi-xat yozildi, ukamga oldim-ukam uchun oldim.
Antonimlar
O’zaro qarama-qarshi(zid) ma’noli so’zlar antonimlar deyiladi. So’zlarning bunday munosabati antonimiya deyiladi. Antonimlar 3 xil belgiga ega: 1) shakli( fonetik strukturasi) jihatidan har xillik; 2) ma’no jihatdan har xillik: 3) ma’nodagi o’zaro zidlik. Uchinchi belgi antonimlarni o’zaro birlashtiradi, zid ma’nolilikni yuzaga keltiruvchi asosiy belgi hisoblanadi.
Ko’p ma’noli so’z har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so’zlarga antonim bo’lishi mumkin. Masalan, qattiq so’zi bir ma’nosida yumshoq so’ziga, boshqa bir ma’nosida saxiy so’ziga antonim bo’ladi. Boy o’lgudek qattiq edi.
Bir so’z o’zaro sinonim so’zlar bilan yoki o’zaro sinonim so’zlar boshqa sinonimlar bilan antonimik munosabat hosil qiladi: xursand-xushvaqt-shod-xurram-xushnud-xafa.
Sinonimiyada so’zlarning bir xil ma’nosi asosidagi birligi sinonimlik qatorini hosil qilsa, so’zlarning o’zaro zid ma’nosi asosidagi birligi antonimik juftlikni yuzaga keltiradi.
Antonimlik faqat bir turkumdagi so’zlar orasida sodir bo’ladi: do’st-dushman.
Qarama-qarshi ma’noli affikslar ham antonim bo’ladi: odobli-beodob, kuchli-kuchsiz.
Keldi-kelmadi kabi so’zlar antonim bo’lmaydi, ular fe’lning bo’lishli va bo’lishsiz shaklidir.
Paronimlar
Aytilishi (talaffuzi) bir-biriga o’xshash, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo’lgan so’zlar paronimlar deyiladi; yuvindi-yuvundi, fakt-pakt, abzal-afzal, yoriq-yorug’, quyulmoq-quyilmoq, arch-art, otalik-otaliq.
Savol va topshiriqlar

  1. Leksikologiyada nimalar o‘rganiladi?

  2. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlarini tushuntiring

  3. So‘zlar tuzilishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi?





    1. Download 0.83 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling