Биринчи боб


Download 0.83 Mb.
bet14/26
Sana16.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1501242
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
O\'quv qullanma Karimova M. final

An exception proves the rule – An exception disproves the rule (istisno qoidani isbotlaydi – istisno qoidani rad etadi).
Ko‘rinadiki, transformatsiya batamom yangi mazmun bermoqda.
Don't put all your eggs into one basket. –Don't put all your hypes in one home page (barcha tuxumlarni bitta savatga solmang – barcha giper havolalaringizni bitta sahifada saqlamang).
Bu o‘rinda paremiyaning zamonaviylashuvi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Shuningdek, biz paremiyalarni tushunish ham turlicha bo‘lishi mumkinligiga e’tibor berdik. Maqolni tahlil qilar ekan muallif deydi: “ya’ni, adashmaslik uchun eng kerakligini tanla. Ushbu jumlani asos maqolning quyidagicha ma’no ifodalovchi xususiy holati deb hisoblash mumkin: o‘z farovonligingizni bitta ishga bog‘lab tavakkal qilmang”67.
Yangi talqinda esa, hamma ma’lumotlarni bir sahifada saqlamaslik kerakligi, barchasi birdaniga o‘chib ketishi mumkinligi propozitiv asos bo‘lgan. Ya’ni ehtiyotkor bo‘lish lozim, bir necha imkoniyatni saqlash kerakligi yanada yaqqol ochib berilgan. Yaqqolligi kompyuterdan foydalanuvchilar bugungi kunda savatda tuxum tashuvchilardan ko‘pligidan kelib chiqadi.
O‘zbek tilshunosligida bu hodisa hali monografik tahlil etilmagan.
Bunga sabab, ko‘rsatib o‘tilganidek, bu hodisa hali keng tarqalmaganida. Biroq asta-sekin bunday materiallar to‘planib bormoqda:
Kambag‘alni tuyaning ustida ham GAI to‘sadi;
Boy bo‘lsang, kovid bo‘lib ko‘r;
Erni er qiladigan ham, sher qiladigan ham pul;
Kredit ko‘zini suzmasa, protsent arqon uzmaydi;
Bo‘ladigan bola pulidan ma’lum;
Qarzi borning nozi bor;
Oz-oz so‘rab puldor bo‘lur,
Orlanib so‘ramagan xor bo‘lur;
Mard kassa oldida sinaladi;
Onaning ko‘ngli bolada,
Bolaning ko‘ngli dollarda;
Toma-toma pul bo‘lur,
Tommay qolsa sud bo‘lur;
Ish boshqa, avans boshqa;
Qarz so‘raganning aybi yo‘q;
Puldor achitib gapirar,
qarzdor kuldirib;
Oyning o‘n beshi qorong‘u bo‘lsa,
O‘n beshi maosh bilan;
Puldor bo‘lsang, xolam seniki;
Bir maoshni qirq kishi bo‘lib yer;
Pul kelganda otangni ayama;
Onangni otangga bepul ko‘rsatma;
Uzoqdagi dollardan, yaqindagi so‘m yaxshi68.
Til paremiologik tarkibining yangilanib borishi tilda yangi diskurslarning rivojlanishi bilan bog‘liq. Xususan, reklamaning rivoji unga bog‘liq bo‘lgan paremiyalarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda: “slogan (reklama shiori) slogan(reklama shiori,lozung, deviz) – qisqacha mazmun va reklama mahsulotining aniq ifodasi sifatida aniq va oson g‘oya tuziladi va idrok qilinadi. (“Bilayn” – hayotning yorqin tarafida bo‘l!, “SAIF-optima” – dunyo ko‘z o‘ngingizda yangilanadi”, “Wella!”Sog‘liq suvga bog‘liq!)69.
Shuni yodda tutish kerakki, “barcha xalqlarning maqollari va matallari bir xil (ularda turli voqeliklar qatnashadi, lekin ular yetkazadigan ma’no bir xil bo‘lmaydi). Diniy qarashlari bo‘yicha insoniyat allaqachon bir necha toifalarga ajratilgan: xristianlar, musulmonlar va buddistlar... Ular dunyoni turlicha qabul qilishadi, chunki insonlarning dinlari ularga ba’zi narsalarga yo‘l qo‘yadi va ba’zilarini mutlaqo taqiqlaydi. Badiiy asar yuzaga kelishi bilan dunyo yanada ko‘proq bo‘laklarga ajraladi: bitta yozuvchi bunga, ikkinchisi esa unga boshqalarni chaqiradi, badiiy adabiyotni o‘qigan har bir kishi o‘z fikrlarida folklor va dinning ustki qismiga turli yozuvchilar tomonidan yozilgan asarlarda o‘qigan narsalari aks etgan qoidalar qatlamini quradi. Internetning paydo bo‘lishi bilan bu qatlam tobora ko‘proq farqlanmoqda. Bitta siyosiy partiyaning tarafdorlari, bir ijodkor muxlislari turli shaharlarda yashasalar ham onlayn jamoalar orqali muloqot qilishi mumkin bo‘ldi”70.
Aytilganlardan paremiologiyaning ta’sir kuchi endi ortib bormoqda, degan xulosaga kelmaslik kerak. Paremiologiyaning tashkillovchi kuchi va madaniyatga ta’siri masalasiga katta e’tibor qaratgan olimlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.
“Paremiologiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri sivilizatsiyaga ta’sir etgan”,– deydi tarix, madaniyatshunoslik va falsafa mutaxassisi, butun hayotining mazmuniga aylangan yigirma jildlik “Tarixni tushunish” asarining muallifi – Arnold Toynbi
(1889-1975). Ushbu asarda Toynbi nafaqat insoniyat tarixini batafsil o‘rganibgina qolmay, balki uni “sivilizatsiya” tushunchasidan foydalangan holda tahlil qilishda yangi yondashuvni ham ishlab chiqdi.
Insoniyat tarixi turli madaniyatlar va sivilizatsiyalarning rivoji va tanazzulidan iborat. Bularning ba’zilari bugungi insoniyat uchun arxitektura, rassomchilik, haykaltaroshlikning go‘zal va betakror namunalarini qoldirgan bo‘lsa, ayrimlari izsiz yo‘q bo‘lib ketganlar.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling