Birinchi va ikkinchi signal sistema


Tovush hosil bulishida nafas olish apparatining uchta asosiy bulimi


Download 186.62 Kb.
bet7/9
Sana05.04.2023
Hajmi186.62 Kb.
#1275206
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BIRINCHI VA IKKINCHI SIGNAL SISTEMA

Tovush hosil bulishida nafas olish apparatining uchta asosiy bulimi:

  1. O‘pka, bronxlar, traxeya (pastki rezanator)

  2. Hiqildoqning tovush apparati, xususan tovush boylamlari

  3. Og‘iz byashlig‘i, burun va uning atrofidagi qyashimcha sinuslarni rezonatsiya qiladigan pastki jag‘, lab, tanglay va lunjlarni harakati tufayli uz shaklini uzgartiruvchilar ishtirok etadi (yuqoridagi rezinator).

Nutq sistemasining fiziologiyasi (vazifalari)
Markaziy nutq bo‘limining vazifasi – nutq, boshqa oliy nerv faoliyatining ko‘rinishlari singari, reflekslar asosida shakllanadi. Nutq reflekslari miyaning turli qismlari faoliyati bilan bog‘liqdir. Biroq bosh miya qobig‘ining ayrim bo‘limlari nutqning hosil bo‘lishida asosiy rol o‘ynaydi. Bular chap ( chapaqaylarda o‘ng ) yarim sharning peshona, chakka va ensa qismlaridir.

Bosh miya qobig‘ining bu qismlarida nutq faoliyatida aktiv ishtirok etuvchi :

  1. Nutq xarakat analizatori.

  2. Nutq qo‘ruv analizatori.

  3. Nutq eshituv analizatori joylashgan.

Nutq harakat analizatori bosh miya qobig‘ining chap peshona qismida joylashgan bo‘lib, Broka markazi deb ataladi. Bu qism og‘zaki nutqning paydo bo‘lishida qatnashadi.
Nutq eshituv analizatori bosh miya qobig‘ining chap chakka qismida joylashgan bo‘lib, Vernike markazi deb ataladi. Bu qismda begona nutqni qabul qilish jarayoni ro‘y beradi. Nutqni tushunishda bosh miya qobig‘ining orqa bo‘lagi katta rol o‘ynaydi. Bu bosh miyaning qo‘ruv markazi xisoblanib, yozma nutqni o‘zlashtirish uchun xizmat qiladi. Qobiq osti yadrolari nutqning sur’ati va ifodaliligini boshqaradi. Periferik nutq apparatining hamma a’zolari bosh miya nervlari bilan ta’minlanadi. Ulardan asosiylari: uch tarmoqli, yuz, til – halqum, sayor, qo‘shimcha va til osti nervlaridir.
Uch tarmoqli nerv pastki jag‘ni harakatga keltiruvchi muskullarni innervatsiyalaydi; yuz nervi mimik muskullarni va lablarni harakatga keltiruvchi – lunjlarni shishiruvchi va ichga tortuvchi muskullarni; til halqum nervi va sayor nerv – hiqildoq va ovoz boylamlarini, halqum va yumshoq tanglay muskullarini innervatsiyalaydi. Bundan tashqari til – halqum nervi tilning sezuvchi nervi bo‘lib hisoblanadi. Sayor nerv esa nafas va yurak a’zolariningmuskullarini innervatsiyalaydi. Qo‘shimcha nerv bo‘yin muskullarini harakat nervlari bilan ta’minlaydi.
Bu sistema bo‘yicha bosh miya nervlari orqali nerv impulslari markaziy nutq apparatidan perefirik nutq appartiga yuboriladi. Nerv impulslarini harakat nervlari bilan ta’minlaydi.

Download 186.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling