Birinchi va ikkinchi signal sistema
Perefirik nutq apparatining vazifasi – uch bo‘limdan iborat
Download 186.62 Kb.
|
BIRINCHI VA IKKINCHI SIGNAL SISTEMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqdagi nafas
Perefirik nutq apparatining vazifasi – uch bo‘limdan iborat:
nafas bo‘limi; ovoz bo‘limi; artikulyatsion bo‘lim. N afas bo‘limiga ko‘krak qafasi, bronxlar va traxeya kiradi. Nutq talaffuzi nafas olish bilan uzviy bog‘liqdir. Nafas yordamida organizmning kislorod bilan to‘yinishi ro‘y beradi va gaz almashinuvi chiqindilari tashqariga chiqariladi. Kattalarning bir minutlik o‘pka hajmi 6-8l havo atrofida barobariga kattalashishi mumkin. Odam normal osoyishta nafasda 500-6003 m havo oladi va chiqaradi. Bu nafas havosi deb ataladi. O‘pkaning hayotiy hajmi nafas, qo‘shimcha va zahira havodan tashkil topgan. Inson o‘pkasining hayotiy hajmi doimiy emas, u katta tebranishlarga uchrab turadi. Bolalar o‘pkasining hajmi uning yoshiga bog‘liqdir. Katta odam minutiga 16-20 martta nafas olib chiqaradi, maktabgacha yoshdagi bola 25-30, yangi tug‘ilgan chaqaloq 50 gacha. Jismoniy zo‘riqishda yutlayotgan havo miqdori burun orqali yetmaydi va odam og‘iz orqali yoki aralash nafas olishga o‘tadi. Nutqdagi nafas. Nutq davomida nafas organlari gaz almashish biologik funksiyasini oshirish bilan birga ovoz hosil qilish va artikulyatsion funksiyasini ham bajaradi. Tinch holatda nafas chiqarish ong yordamiga muhtoj bo‘lmaydi, u avtomat boshqariladi. Ma’lumki, nutq nafas chiqarish fazasida vujudga keladi. Nutq davomidagi nafas olish nafas chiqarishga nisbatan qisqaroqdir, chiqarish esa uzoqroqdir. Shuni ta’kidlash lozimki, nutq vaqtidagi nafas chiqarish ko‘krak qafasi nafas chiqaruvchi mushaklari va hiqildoq ko‘p qismini egallagan ovoz paychalarining faol harakatiga bog‘liq. Odatdagi nafas olishda ovoz tuynugi keng ochiladi va uchburchak shaklga keladi. Havo bu tuynukdan bemalal o‘tadi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar va nutqi yo‘q bolalarda ko‘pincha nutqiy nafasning nuqsonlari kuzatiladi: ularda kup miqdroda havo to‘ldirib yuboradi yoki aksincha, yetarlicha nafas olmaydi, shuningdek, nutqda havoni rejasiz sarflaydi. Tovush kuchi chiqarayotgan havo zo‘riqishi va ovoz boylamlari tebranishining ampltudasiga bog‘liq. O‘pka ko‘proq havo bilan to‘lganda va katta tezlikda baland ovoz yuzaga keladi. Lekin halqumda yuzaga keladigan ovoz kuchi juda zaif bo‘ladi, uning kuchi rezenator yoki (nadstav) naychada paydo bo‘ladi. Shu tarzda ovozning kuchi va balandligi hosil bo‘ladi. Tovushni talaffuz qilishda tovush yorig‘i avvaliga berk turadi, ya’ni tovush boylamlari tarang va bir-biriga yopishgan holatda turadi, syangra yapka, bronxlar va traxeyadagi xavo bosimi tufayli, u juda qisqa vaqtgacha ochiladi va shu paytda tovush yorig‘idan xavo yatadi undan syang tovush burmachalari yana birbiriga yopishadi, bu tebranma harakatlar soni chiqayotgan tovush soni balandligiga mos keladi. Zarur balandlikdagi tovushni talaffuz qilish uchun kishi xiqildoq muskullarini qisqartirib. Reflektor ravishda tovush burmachalariga ma’lum uzunlik va taranglikni, yuqorigi rezinatorlarga esa m’lum shaklni beradi. Shivirlab gapirganda tovush burmachalarining oldingi byalimlarida qisilish ryay beradi, xavo tovush yorug‘i orqali yatib, orqa byalimda shovqin hosil qiladi, u shivirlagan tovush deb ataladi. Tovush – balandligi, kuchi va tembri buyicha farq qiladi. Erkaklarda xiqildoq va tovush burmachalari yalchamning, bolalar va ayollarga qaraganda kattaligi tufayli, erkaklarda tovush bir oktavaga past byaladi. Tovushni sinishi yoki uning mutatsiyasi balog‘at yoshiga yetganda (12-16 yoshlar orasida) yuzaga keladi. O‘g‘il bolalarda tovush diskant yoki altdan tenor, bariton yoki basga yatadi, qizlarda esa – sopranoga yatadi. Download 186.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling