Birlamchi morfologik elementlar: Proliferativ: Dog‘
Download 32.14 Kb.
|
Dermatologiya.j
- Bu sahifa navigatsiya:
- TERIDAGI GISTOMORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR Giperkeratoz
- Spongioz
- Granulyoz
Chandiq (cicartix) - derma, gipodermaning chuqur jarohatlanishi
natijasida, yaraning bitishi oqibatida hosil bo'lgan yangi to'qima. Chandiq, asosan, kollagen tolalardan tarkib topadi. Chandiq yuzasidagi teri, odatda, tekis, yaltiroq bo'lib, teri o'z ko'rinishini yo'qotadi va soch follikulalari bo'lmaydi. Yangi chandiqlar rangi och-pushti bo'lib, keyinchalik oqaradi va ayrim hollarda chandiqlar giperpigmentli bo'ladi. Ayrim kasalliklardan so'ng chandiq yuzalari qatlam , g'adir- budir, cho‘tir - cho‘tir, so‘rg‘ichsimon bo'lsa, ayrimlari cho'ntaksimon ko'rinishda bo'ladi. Ayrim hollarda dag‘al, zich konsistensiyali, qalin b o ‘lib, teri sathidan ko’tarilib turadi va bu gipertrofik yoki keloid chandiq deb ataladi. A gar chandiq yarasiz paydobo‘lsa, u chandiqli atrofiya (chandiqli yupqa teri) deb ataladi TERIDAGI GISTOMORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR Giperkeratoz - epidermis muguz qavatining qalinlanishi. Akantoz - tikanaksimon qavat hujayralarining ko'payib, qalinlashib ketishi. Akantoliz - tikanaksimon hujayralar orasidagi desmosomalarning shikastlanishi. Akantolizis - tikanaksimon hujayralar orasidagi desmosomalarning erib ketishi. Spongioz - malpigiy qavatining hujayralararo suyuqlik yig'ilishi va desmosomalar buzilib, bo‘shliqlar paydo bolishi. Papillomatoz - terining bazal qavatidagi hujayralar orasiga derma so‘rg’ichsimon qavatining so‘rg‘ichlari cho‘zilib, terining ustki qavatlariga chiqishi. Granulyoz - donador qavat hujayralarining ko‘payib qalinlanishi. Bemorni professional ko’ruvi: Teri va shilliq qavatlarni ko‘zdan kechirish, teri holatiga baho berish: Terini ko'zdan kechirish - teri va tanosil kasalliklarini birlamchi va asosiy tekshirish usulidir. Ko‘rik xonasi yaxshi jihozlangan bo'lishi kerak. Xona harorati 22-23 °C atrofida bolishi zarur, past haroratda teri tomirlari qisqaradi, yo'qoladi yoki elementlar kam sezilarli bo'lib qoladi, yuqori haroratda, aksincha, teri tomirlari kengayadi va dog'lar paydo bo'lishi mumkin, bu dog'lar teri holatiga real baho berishga xalaqit beradi. Bunda: 1. Yuz tuzilishiga ahamiyat berish kerak, yuz tuzilishiga qarab bemorning emotsional holatiga baho bersa bo'ladi (charchoqlik, g'amginlik, jahldorlik). 2. Burun shakli va deformatsiyalar har bir kasallikning tashxisida yordam berishi mumkin: zaxmda «egarsimon burun», teri silida, rinofimda burunning yumshoq to'qimalari shikastlanishi. 3. Ayrim hollarda binokulyar lupalarni q o 'llash shart. Bunda 3-5 marta kattalashtirish qo'llaniladi. Lupa yordamida tangacha, qaloq, rozeola, petexiyalar xarakteriga baho berish mumkin. 4. Teri rangiga e’tibor berish kerak: me’yorda u oq, pushti yoki qora rangda bo'lad i. Teri normada baxmal ko'rinishida bo'ladi, yaltiramaydi, unda ter bezlari chiqaruv naylarining og'zi kengaymagan bo'ladi. Ayrim hollarda teri rangi o'zgaradi, agar tomiriarda qon turib qolsa, teri ko'kim tir rangda bo'ladi. Akrodermatitd a teri ko'kimtir tusda bo'ladi. Zamburug'li mikozning boshlang'ich bosqichida teri jigarrang tusda bo'ladi. Ixtiozda, melanodermiyada va Addison kasalliklarida u ko'kimtir-qora rangda bo'ladi. Download 32.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling