Birlamchi morfologik elementlar: Proliferativ: Dog‘


Akontalitik – Tsank hujayralarini tekshirish


Download 32.14 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi32.14 Kb.
#1568545
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dermatologiya.j

Akontalitik – Tsank hujayralarini tekshirish:
Po‘rsildoq yara va Dyuringning gerpetiform derm atozining solishtirma
tashxisi uchun ishlatiladi.
1. Yangi pufak tubi yuzasidan skalpel yoki qaynatish orqali sterillangan
o‘quvchi o‘chirg‘ichini yengil bosish bilan material olinadi va yog‘sizlangan steril
buyum oynasiga qo‘yiladi.
2. 1 daqiqa davomida material metil spirti yordamida fiksatsiya qilinadi,
xona haroratida quritiladi va Romanovskiy - Gimza bilan b o ‘yaladi.
3. Preparatni tayyorlab, bo‘yagandan keyin, u 10x40 marta kattalashtirib
mikroskop ostida ko'riladi.
4. Akantolitik hujayralar normal epitelial hujayralardan kamroq, yumaloq
shaklda, yadrosi katta bo’lib , intensiv binafsha rangga yoki siyoh-ko‘k rangga
bo'yaladi va salkam butun hujayrani egallaydi.

Yara yuzasidan rangsiz treponemani tekshirish uchun surtma
olish uslubi:
1. Tekshirish uchun materialni birlamchi yoki ikkilamchi sifilidga (eroziya,
yara, eroziv papula, serbar kandiloma) gumon qilingan elementdan surtma olish
yoki shishib qolgan mahalliy limfa tugunidan punksiya qilish yo'li bilan olinadi.
2. Element yuzasi steril paxta yoki dokali tampon bilan tozalanadi.
3. Toshm a yuzasi yiringli parda yoki qaloq bilan qoplag an bo'lsa , u
izotonik eritma bilan namlanadi va artib tashlanadi.
4. Spirtovka alangasida surtma olish uchun maxsus temir halqa (petlya)
qizdiriladi va sovutilib, uning yordamida element yuzasi to zardobli to'qim a
suyuqligi ajralib chiqmaguncha mexanik ta’sirlanadi va suyuqlik olinadi.
5. Surtma yog'sizlantirilgan, toza buyum oynachasiga surtilib, ustiga bir
tomchi izotonik eritma tomiziladi, so'ng qoplama oyna bilan ustidan qoplanadi.
6. Agarda bu usul bilan to'qima suyuqligini olishning iloji bo'lmasa, rezina
qo'lqop kiyilib, toto'qima suyuqligi chiqmaguncha element massaj qilinadi.
7. To'qim a suyuqligi va izotonik eritmaning miqdori uncha k o 'p bo'lishi shart
emas (bir tomchi), aks holda tomchi katta bo'lsa rangsiz treponemalar suyuqlikda
suzib yuradi va ulami mikroskopda aniqlash qiyin bo'ladi.
8. Rangsiz treponemalarga olingan surtma bo'yalmaydi. Surtma mikros­
kopda qorong 'ulash tirilgan ko'ruv maydonida ko'zd an kechiriladi (Tindal
fenomeni).

Download 32.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling