Bitiruv malakaviy ishi mavzu: Axborotlashtirish obyektlarni ximoyalashda qo'laniladigan tarmoqlararo ekran tahlili. Bajardi: 715-20 – guruh talabasi Bo'riyev O. Ilmiy rahbar: Raximov Rustam s a m a r q a n d – 2015
O’zbek kompyuter lingvistikasi: asoslari, muammolari va uni yechish
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
1.4. O’zbek kompyuter lingvistikasi: asoslari, muammolari va uni yechish
yo’llari. Biz axborot asrida yashayapmiz. Dunyoda kechayotgan barcha jarayonlarni axborotni to’plash, uzatish, saqlash va qayta ishlash tizimi orqali tushuntirish 13 mumkin. Jadal rivojlanayotgan fan-texnika davrida juda katta hajmdagi axborot ustida tezlik bilan bilan ishlashga to’g’ri keladi. Bu jarayonni boshqarishda inson imkoniyatlari (xotira, tezlik) chegaralangan. Samaradorlikni oshirishning yagona yo’li ishlarni kompyuter vositasida amalga oshirishdir. Bu, o’z navbatida, hamma sohalarni kompyuterda ishlashga moslashtirishni taqozo etadi. Kompyuter tibbiyoti, kompyuter iqtisodiyoti, kompyuter huquqshunosligi qatorida tilshunoslikda ham kompyuter lingvistikasi yo’nalishining yuzaga kelishi tabiiy holdir. O’zbek kompyuter lingvistikasini yaratish oldimizda turgan dolzarb masala. Bu o’zbek tilini kompyuterga olib kirish, ya’ni til bilan bog’liq masalalar-o’zbek tiliga o’qitish, bilimlarni baholash (test), matnlarni o’zbekcha ovozlashtirish, axborotni ovoz orqali kompyuterga kiritish, matnlarni tahrirlash, tarjima qilishni kompyuterda bajarish imkonini yaratadi. O’zbek kompyuter lingvistikasi oldiga quyidagi talablar qo’yiladi: 1. Axborot asri qo’yayotgan talablar doirasida o’zbek tilini kompyuterga moslashtirish. 2. O’zbek tili oldiga qo’yiladigan vazifalarni kompyuterda hal qilish. 3. O’zbek kompyuter lingvistikasi oldida turgan asosiy masalalar quyidagilardan iborat: 4. O’zbek tilini ingliz tili bilan taqqoslangan (grammatik, leksikologiya, iboralar, maqollar, sheva, jargon va h.k.) ma’lumotlar bazasini yaratish; 5. Ozbek tili kompyuter-axborot uslubini ishlab chiqish; 6. O’zbek tilining leksik va grammatik izohli lug’atini qayta tuzish; 7. O’zbek tili grammatikasining formal mode4lini ishlab chiqish. 8. O’zbek tili grammatikasining aksiomatik nazariyasini yaratish; 9. Matnlarni o’zbekcha o’qiydigan kompyuter dasturiga asos solish; 10. O’zbek tilidagi ma’lumotlarni kompyuterga ovoz orqali kiritishni (klaviatura o’rniga) amalga oshirish; 11. O’zbek tiliga o’qitadigan va bilimlarni baholaydigan kompyuter dasturlarini yaratish; 14 12. O’zbekcha-inglizcha, inglizcha-o’zbekcha kompyuter lug’atlarini yaratish (LingVo darajasiga olib kelish); 13. O’zbekcha “Windows” operatsion sistemasini yaratish (6000 ga yaqin atamalarni ishlab chiqish va 20000 varaqli yordamchi matnlarni tarjima qilish kerak); 14. O’zbekcha-inglizcha, inglizcha-o’zbekcha tarjimon dasturlar yaratish (ingliz va rus tillarida bir necha tilli tarjima dasturlari mavjud); 15. O’zbekcha matnlarni tahrirlovchi kompyuter dasturlarni yaratish (ingliz va rus tillarida mana shunday tahrirlash dasturlari bor); 16. Ingliz tilida o’zbek tili darsligini yaratish (bu chet ellik til o’rganuvchilar uchun muhim). Leksikologiyadagi iboralar 1. Avzoyi buzildi (kayfiyati buzildi, jahli chiqdi). Mazmuni: kayfiyati yomonlashgan. Hot under the collar (get). Mazmuni: to get very angry. 2. Aytgani aytgan, degani degan. Mazmuni: fikr tabiatini ma’qul bildirmoq, so’zsiz bajartirmoq; nima desa o’sha bo’lmoq. Big shot. Mazmuni: an impotant, powerful or influential person. 3. Asabga tegmoq (g’ashiga tegmoq). Mazmuni: asabini qo’zg’atmoq, g’ijintirmoq. Rub someone the wrong way. Mazmuni: to irritate someone. 4. Aqlini yemoq. Mazmuni: miyasi ishlamay qolmoq, fikrlash qobiliyatini yo’qotmoq. Off one’s rocker. Mazmuni: out of one’s mind; slightly crazy. 5. Bir yostiqqa bosh qo’ymoq (turmush o’rtoq, oila qurmoq). 15 Mazmuni: oilaviy hayot kechirmoq. Tie the knot. Mazmuni: to get married. 6. Boshi aylandi. Mazmuni: behud bo’lmoq, muvozanatini yo’qotmoq (organizmning kasallangan holati, bunda go’yo hamma narsa aylanib ketayotgandek tuyuladi). Black out. Mazmuni: to lose consciousness temporarily. 7. Boshi osmonda (boshi ko’kka yetdi). Mazmuni: nihoyatda xursand. Tickled pink. Mazmuni: thorouhly pleased; very happy. 8. Bu qulog’idan kirib, u qulog’idan chiqib ketmoq. Mazmuni: e’tibor bermay, xotirasida tutib qolmaslik. Draw a blank. Mazmuni: to be unable to remember. 9. Vahima bosdi (vahimaga tushmoq). Mazmuni: qo’rqinchli o’y-xayollarga berilmoq. Get cold feet. Mazmuni: to become too scared to do something; to lose one’s nerve. 10. Dong’i ketdi (nomi chiqdi). Bring down the house. Mazmuni: to be a great success. 11. Do’ppi tor keldi. Mazmuni: iloj-imkonsiz og’ir ahvolga tushmoq. Bite the bullet. Mazmuni: to face a difficult unpleasant situation. 12. Ilonning yog’ini yalagan. Mazmuni: juda ayyor. Be up to trap (cunning as a fox). 16 13. Izzat-nafsiga tegmoq. Mazmuni: kamsitmoq, g’ururiga tegmoq. Call smb. names (call down). Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling