Kovalent bog’lanish - 1927 yilda V.Getler va F.London vodorod molekulasidagi yadrolararo masofa va bog’lanish energiyasi qiymatlarini hisoblab chiqishdi va bu qiymatlar tajribada topilgan qiymatga juda yaqin chiqdi. Natijada vodorod molekulasida kimyoviy bog’lanish ikkala atomga tegishli bo’lgan qarama-qarshi yo’nalishdagi spinga ega elektron jufti hosil bo’lishi natijasida vujudga keladi, degan xulosaga kelindi.
- Kovalent bog’lanishni hosil qiluvchi umumiy elektron jufti qo’zg’almagan atomlardagi juftlashmagan elektronlardan hosil bo’ladi. Bu holat masalan, H2, HCI, CI2 kabi molekularning hosil bo’lishida kuzatiladi. Bunda har bir atom 1 ta juftlashmagan elektronga ega, shunda ikki atomning o’zaro ta'siri tufayli umumiy elektron jufti, ya'ni kovalent bog’lanish hosil bo’ladi. Qo’zg’almagan azot atomida uchta juftlashmagan elektron bor.
- Shuning uchun azot atomidagi bunday juftlashmagan uchta elektron uchta kovalent bog’ni hosil qiladi. Lekin kovalent bog’larning soni qo’zg’almagan atomdagi juftlashmagan elektronlarning sonidan ko’proq bo’lishi mumkin.
- Kovalent bog’lanish hosil bo’lish yo’llari
- Molekuladagi ayni bog’lanishni batamom uzib, hosil
- bo’lgan tarkibiy qismlarni
- bir-biriga hech ta'sir etmaydigan holatga keltirish
- uchun zarur bo’lgan energiya miqdori bog’lanish energiyasi deyiladi Bog’lanish energiyasining son qiymati o’zaro
- biriktiruvchi atomlarning elektron buluti shakliga,
- molekuladagi yadrolararo masofaga va boshqa
- faktorlarga bog’liq. Masalan, H2 molekulasidagi
- bog’lanish energiyasi 434,8 kJ/mol,
- O2 molekulasidagi 498 kJ/mol. Metanning
- bir mol miqdorini parchalash uchun
- 1661,6 l J/mol kerak. Demak,
- metandagi har qaysi C-H bog’lanishning
- o’rtacha energiyasi 1661,6/4=415,4 kJ/molga teng
- 2.2. KOVALENT BOG’LANISH ENERGIYASI:
Do'stlaringiz bilan baham: |