4. Bitiruv malakaviy ishida havolalarning keltirilishi
Bitiruv malakaviy ishida foydalanilgan ma’luotlar, iqtisodchi olimlar va
mutaxassislarning fikrlari, shuningdek, rasm va jadvallarni rasmiylashtirish va
ularning manbalariga belgilangan tartibda havolalar keltirilishi lozim (8-ilova).
5.Bitiruv malakaviy ishini himoyaga taqdim etish tartibi
Bitiruv malakaviy ishining himoyasi maxsus jihozlangan auditoriyada,
vaziyatdan kelib chiqgan holda online tarzda o‘tkazilishi mumkin. Agar bitiruv
malakaviy ishi himoyasi online tarzda amalga oshirilsa, bitiruv malakaviy ishi va
uning taqrizlari (qog‘oz hamda pdf shaklda) belgilangan tartibda rasmiylashtirilib
YaDA kotibiga topshiriladi.
Himoya offline yoki online o‘tkazilganda talaba 15-20 slayddan iborat taqdimot
tayyorlashi lozim bo‘ladi. Bitiruv malakaviy ishi himoyasi uchun talabaga kamida 10
daqiqa ko‘pi bilan 15 daqiqa beriladi, savol-javoblarga 3-5 daqiqa ajratiladi.
Taqdimotning slaydlarini shartli ravishda to‘rtta bo‘limga bo‘lish maqsadga muvofiq:
-taqdimotning birinchi bo‘limida, talaba mavzuning dolzarbligi, maqsadi
vazifalari, ilmiy yangiligi va ishning hajmini bayon etadi – 1,5-
2,0 daqiqa davomida;
-taqdimotning ikkinchi bo‘limida, bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid nazariy
qarashlar, fikrlar, bu boradagi muammolar va talabaning shaxsiy yondoshuvlari
aytiladi – 2-3 daqiqa davomida;
-taqdimotning uchinchi bo‘limida, bitiruv malakaviy ishi mavzusi bilan bog‘liq
amaliyotdagi muammmolar, amalga oshirilgan amaliy tahlillarning natijalari ularga
qisqacha xulosalar hamda samaradorligini oshirish va takomillashtirish yuzasidan
shaxsiy yondoshuvi beriladi – 4-6 daqiqa davomida;
-taqdimotning to‘rtinchi bo‘limida, talaba mavzu doirasida amalga oshirilgan
xulosa, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni qisqa va aniq bayon etiladi – 2-3 daqiqa
davomida. Taqtimot so‘nggida komissiya a’zolari mavzuga oid tegishli savollar va
aniqlovchi fikr-mulohazalarni bildiradi.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |