Bitiruv malakviy ishi oliy ta’lim muassasasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
BMIning tarkibiy tuzlishi va hajmi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
БМИ-ёзиш-тартиби-2022.11.03
BMIning tarkibiy tuzlishi va hajmi (Ish kirish, uchta bob, ... ta paragraf,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan (agar bo‘lsa) hamda ... ta jadval, ....ta rasmdan iborat bo‘lib, jami ... betda mujassamlashgan). 11 5-ilova BMIning asosiy qismi va mazmuniga qo‘yilgan talablar BMIning asosiy qismi 3 bobdan iborat bo‘lib, ularda mavzuning mohiyati nazariy-amaliy jihatdan yoritilishi, istiqboldagi takomillashuv yo‘nalishlari bayon etilishi talab qilinadi.Xususan, BMIning I bobida mavzuning nazariy asoslari, xorijiy tajriba hamda huquqiy jihatlari bayon etilishi, II bobida amaliyot tahlili, muammolari yoritilishi, III bobida mavzu yuzasidan belgilangan vazifalarni samarali hal etish, takomillashtirish yo‘llari keltirilishi maqsadga muvofiqdir. BMIning boblari o‘zaro mutanosib bo‘lishi va ularda mavzuga doir manbalarda keltirilgan ma’lumotlar tahlili, talaba tomonidan olib borilgan o‘rganish natijalari bayon etilishi lozim. 6-ilova BMIning xulosasini tarkibi va yozish tartibi -ishning xulosasi 3-4 varaqdan iborat bo‘ladi; -xulosada mavzu bo‘yicha BMIning boblarida tahlil qilingan va o‘rganilgan masalalarning qisqacha mazmuni va tavsiyalar bayon etiladi; -1,5-2 varag‘da BMIning mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha qisqacha tavsifi beriladi. Xulosada, jadval, diagramma yoki boshqa tahliliy masalalar berilmaydi. Asosiy xulosa va takliflar faqat ishning boblarida ko‘rilgan masalalar asosida yoziladi. 7-ilova FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI (foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida mavzuga oid bo‘lgan Qonunlar, Prezident Qarorlari, ma’ruzalari va asaralari, shuningdek, keyingi 5 yilda nashr ettirilgan ilmiy maqola, darslik va o‘quv ko‘rsatmalarga alohida e’tibor qaratiladi va ular bo‘lishi shart, quyidagi ketma-ketlikda rasmiylashtiriladi va raqamlanadi, adabiyotlarning eng kam soni 30-40 ta, eng ko‘pi 50-60 ta bo‘lishi maqsadga muvofiq.). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling