Bitiruvchisi Jamilova Mohigul Madiyorovnaning «fizika o`qitishda zamonaviy va interfaol pedagogik texnologiyalardan foydalanish»


Download 0.84 Mb.
bet12/22
Sana09.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1466452
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
JamilovaM Interfaol BMI

2.2. 6x6 yoki6x5” usuli va uning fizikani o`qitishda qo`llanilishi
Ta`lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish zamonaviy talablardan biri bo`lib, pedagogik xodimlar va o`qituvchilardan uzluksiz ravishda o`z ustida ishlashini talab etadi.
Boshqa fanlardagi kabi fizika fanini o`qitishda ham yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi samaralar beradi. Fizika faniga ajratilgan soatlar 6-9 sinflarda 68 soatdan, akademik lisey (AL) (ijtimoiy gumanitar- umumta`lim yo`nalishlarida) butun kursni o`qitish uchun 170 soatni, 136 soat fizika, 34 soat astronomiyani tashkil etadi. Bu soatlar davomida o`qituvchi kurs bo`yicha ham ma`ruza o`tishi, ham masalalar yechish, ham labaratoriya mashg`ulotlarini o`tkazishga ulgurishi kerak. Oliy o`quv yurtiga kirishda topshiriladigan test sinov savollari fizikadan asosan masalalar yechish lozimligini inobatga olinsa, masalalar yechish qanchalik muhim ekanligi ayon bo`ladi. Odatda bir juft soat davomida an`anaviy tarzda dars o`tilganda o`quvchilar ko`pi bilan 8,10 ta masala yechib ulguradilar. Bunda o`ta faol o`quvchilar masalani tez yechadilar va boshqa sust o`zlashtiradigan guruhdoshlari masalani yechib bo`lgunlaricha “bo`sh” qolib ketadilar. Sust o`zlashtiruvchi o`quvchilar esa, aksincha, masalaning mohiyatiga tushunmay o`qituvchining vaqtni “tejashi” hisobiga nazardan chetda qoladilar.
Ana shunday darslarda interfaol usullarni – yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llash sezilarli samaralar beradi. Shunday usullardan biri “6x6” yoki “6x5” usulidir.
Bu usul qo`llanilganda dars jarayoni quyidagi tartibda olib boriladi:1-bosqich. O`qituvchi dars boshlanishdan oldin 5 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo`yib chiqadi.
2-bosqich. O`quvchilar o`qituvchi tomonidan 5 ta guruhga bo`linadilar. O`quvchilarni guruhlarga bo`lishda o`qituvchi quyidagi usulni qo`llash mumkin: 5 ta stolning har biriga muayyan ob`yekt (masalan: kamalak, kristall, avtomobil, shimol yog`dusi, tranzistor) surati tushirilgan lavhani qo`yib chiqadi(3-rasm). O`qituvchi qo`lida har biri oltitadan bo`lgan tranzistor, avtomobil, shimol yog`dusi, kristall va kamalak tasvirlari tushirilgan jami 30 ta varaqchalar bo`lib, o`quvchilar navbatma-navbat ushbu rangli varaqchalardan bittasini tanlaydilar va shu tasvir tushirilgan lavha qo`yilgan stoldan joy egallaydilar. Har bir jamoa o`ziga sardor saylab oladi.
Bu usulni qo`llashda mashg`ulot ishtirokchilarning har biri qisqa vaqt mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma`ruzachi sifatida faoliyat olib boradi.


3-rasm.
“6x5” usulidan ta`lim jarayonida foydalanish o`qituvchidan o`ta faollikni, pedagogik mahorat egasi bo`lishni talab etadi. Bunda o`qituvchi guruhlarni shunday shakllantira olish kerakki, har bir guruhda faol va sust o`zlashtiruvchi o`quvchilar to`g`ri taqsimlansin. Guruhlar noto`g`ri shakllantirilganda o`quvchilar qo`yilgan muammoni yecha olmasdan vaqtni behuda sarflashlari mumkin.
3-bosqich. O`quvchilar o`z o`rinlariga joylashib olganlaridan so`ng o`qituvchi masalalar yechish mavzusini e`lon qiladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling