Bitkoin. Kriptovalyuta
Download 1.45 Mb.
|
Kriptovalyuta
BITKOIN. KRIPTOVALYUTA Kriptovalyuta virtual pul bo’lib, biz amalda foydalanayotgan pullardan farqli o’laroq, jismoniy ifodaga ega emas. Bunday valyutaning o’lchov birligi “coin” bo’lib, ingliz tilida “tanga” degan ma’noni anglatadi. Raqamli valyuta qalbakilashtirish va takrorlashdan himoyalangan bo’lib, uning miqdori va emissiyasi qat’iy cheklangan, masalan, hozirgi kundagi eng yirik kriptovalyuta hisoblangan Bitcoin (BTC) ning maksimal miqdori 21 millionta coin etib belgilangan (ya’ni, 21 milliondan ortiq BTC hech qachon bo’lmaydi). Kriptovalyutalarning asosiy xususiyati markazsizlashtirilganligi bo’lib – har qanday ichki yoki tashqi tomondan administrator tomonidan boshqarilmasligidir. Shuning uchun banklar, soliq, sud va davlat organlari kriptoaktivlar foydalanuvchilarining tranzaksiyalariga ta’sir qila olmaydi. Kriptovalyuta hamyonlari va tranzaksiyalari bilan bog’liq barcha ma’lumotlar blokcheynda saqlanadi. Bitkoin so’zidagi “coin” tanga degani. Odamlar asrlar davomida to’lash uchun ishlatgan metall bo’laklarini tasavvur qilamiz.Aslida bitkoin va boshqa kriptovalyutalar – raqamli valyuta. Hech narsa qo’ldan qo’lga o’tmaydi. Faqatgina kod. Shunday ekan, “bitkoin qazib olish” deganda nima nazarda tutiladi? Kriptovalyutalar tranzaksiyalarni qayd etish va tekshirish uchun blokcheyn deb nomlangan tizimdan foydalanadi. Blokcheyn bu – operatsiyalarni qayd etib boruvchi raqamli jurnal. Biroq ma’lumotlar bank singari bir joyda saqlanmaydi, balki barcha foydalanuvchilar orasida taqsimlanadi, ular barcha oldi-sotdini ko’ra oladi. Bitkoin blocheyni quyidagicha ishlaydi: Yangi tranzaksiya sodir bo’lganda va blokcheyn yangilanganda, barcha ishtirokchilarga ayni ma’lumot uzatiladi. Har bir tranzaksiya blokdagi so’nggi boshqa tranzaksiyalar bilan guruhlanib, blokcheynga qo’shilishini kutadi. Mana shunda “mayning” jarayoni boshlanadi. Maynerlar, ya’ni tarmoqdagi yetarli hisoblash quvvatiga ega foydalanuvchilar, tranzaksiyalarni birinchi bo’lib tekshirish va ushbu blokka xos kriptografik jumboqni yechish uchun bellashadi. Bu jarayon “xeshlash” yoki blokka xos raqamlar va harflardan iborat juda uzun kodni topishdan iborat. “Ishning isboti” deb nomlanuvchi bu vazifa murakkab, uni faqat sinov va xató yo’li bilan bajarish mumkin. Bu kompyuterdan katta quvvat talab qiladi. Bunday tizim blokcheynni firibgarlikdan himoya qiladi. Xesh yechilganidan va tranzaksiya tekshirilganidan keyingina yangi blok zanjirga qo’shiladi. Buning uddasidan chiqqan mayner bitkoin shaklida mukofot oladi. Bugungi kunda bitkoin qazish bilan asosan data-markazlar shug’ullanadi. Ularni fermalar deb ham atashadi. Kriptomayning katta miqdorda energiya talab qiladi. Hisoblarga ko’ra, bir dona bitkoin “qazish” AQShda o’rtacha xonadon 74 kunda sarflaydigan elektr miqdoriga teng. Agar bitkoin mamlakat bo’lganida edi, uning energiya iste’moli qariyb Misrnikiga tenglashgan bo’lardi. Bitkoindan tashqari, hozirda 2000 dan ziyod boshqa kriptovalyuta tizimlari mavjud. Ayrimlari o’zini himoya qilish uchun ko’p energiya sarflamaydigan usullardan foydalanmoqda. Energiya iste’moli muammosini hal qilish har qanday raqamli valyuta kelajagi uchun o’ta muhim. Kriptovalyutalar o’tkazmasi qaytarib bo’lmaydigan jarayon bo’lib, hech kim tranzaksiyani bekor qila olmaydi, bloklay olmaydi, e’tiroz bildira olmaydi yoki (maxfiy kalitsiz) majburiy ravishda tranzaksiyani amalga oshira olmaydi. Biroq, tranzaksiya ishtirokchilari ixtiyoriy ravishda o’zlarining kriptovalyutalarini garov sifatida vaqtincha o’zaro blokirovka qilishlari yoki bitimni yakunlash/bekor qilish uchun barcha (yoki o’zboshimchalik bilan qo’shimcha) tomonlarning roziligini talab qilishini aniqlashlari mumkin. Bunday imkoniyatlar aqlli (smart) kontraktlarda mavjud va ma’lum toifadagi blokcheyn platformalardagina amalga oshiriladi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling