Bitkoin. Kriptovalyuta


Hi-Tech Bank rahbari Ilhom Omonov bank sohasida kelajak aynan blokcheynda ekanligini ta’kidlaydi


Download 1.45 Mb.
bet9/13
Sana12.11.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1767536
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kriptovalyuta

Hi-Tech Bank rahbari Ilhom Omonov bank sohasida kelajak aynan blokcheynda ekanligini ta’kidlaydi. Blokcheyn sohasidagi mutaxassislar Shahruz Ashurov va Ruslan Solihovlar 16-noyabr kuni GEW doirasida chiqish qila turib, blokcheynning to‘lovlar xavfsizligi, tezkor o‘tkazmalar va boshqa ko‘plab plyuslari borligini ma’lum qildi.
O‘sha muzokara doirasida ehtimol regulyator blokcheynning o‘ziga xos jihatlari va istiqbolini oxirigacha o‘rganib chiqmagani va kelajakda O‘zbekistonda nafaqat bu masalaga oydinlik kiritilishi, balki qonunchilik kriptovalyutalardan foydalanish va ICO’ni amalga oshirishga ruxsat berishi mumkinligi haqida fikr bildirildi.
Hozircha yopiq doira shakllangan — kriptovalyuta rasman taqiqlanmagan, biroq aytaylik bitkoindan to‘lov vositasi sifatida foydalanish hisob-kitoblarni amalga oshirish muammosi tufayli imkonsizdir.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-son qaroriga muvofiq:
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-son qaroriga muvofiq:

  • kripto-aktivlar aylanmasi maxsus normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi;

  • yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘lik operatsiyalari, jumladan norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan daromadlar esa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi;

  • kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan shaxslar tomonidan o‘tkaziladigan kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘liq valyuta operatsiyalariga valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari tatbiq etilmaydi;1


Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling