Bituruv malakaviy ishi


III BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIYA


Download 296.24 Kb.
bet25/31
Sana19.06.2023
Hajmi296.24 Kb.
#1620746
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
Aziz 100%

III BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIYA
3.1. Birinchi yordam ko’rsatish.
Birinchi yordam - baxtsiz hodisalar roy berganda, kishi shikastlanganda yoki toʻsatdan kasal boʻlib qolganda uning hayotini saqlab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi uchun koʻrsatiladigan tez va oddiy tadbirlar majmui; tibbiy xodim yetib kelguncha yoki ularni kasalxonaga olib borguncha amalga oshiriladi. Birinchi yordam oʻz-oʻziga yoki boshqalar tomonidan (oʻzaro) koʻrsatilishi mumkin. Shikastlangan odam jarohatini oʻzi bogʻlay olsa, zaharlanish alomati boʻlganida, mast, koʻp suyuqlik ichib meʼdani yuvish va qayt qilishga quvvati kelsa, oʻz-oʻziga Birinchi yordam koʻrsatishi mumkin. Oʻzaro Birinchi yordam odatda boshqa kishi tomonidan koʻrsatiladi. Kishining hayoti xavf ostida qolganda, mast, qon ketganda, tok urganda, zaharlanishda, koma, shok va boshqa holatlarda darhol Birinchi yordam koʻrsatish zarur. Keyingi koʻrsatiladigan tibbiy yordam Birinchi yordamning qanchalik toʻgʻri koʻrsatilganligiga bogʻliq. Mast, suyak ochiq singanda bogʻlov va shina (taxtakach)ning tez va toʻgʻri qoʻyilishi (qarang Immobilizatsiya), koʻpincha shok va boshqa ogʻir kasalliklarning oldini olishga, shikastlanib behush yotgan kishini yonboshi bilan yotqizish traxeya va bronxlarga qusuq massasi hamda qon ketib qolmasligiga yordam beradi.
Birinchi yordam uch xil tadbirlar majmuasini oʻz ichiga oladi:
1) tashki shikastlovchi omillar (elektr toki, bosib qolgan ogʻir narsa va boshqalar) taʼsirini darhol bartaraf etish yoki shikastlangan kishini noqulay sharoitdan xoli qilish (suvdan, oʻt tushgan joydan olib chiqish va boshqalar);
2) shikastlanish tarziga qarab Birinchi yordam koʻrsatish (bular haqida q. Suyak chiqishi, Suyak sinishi, Zaharlanish, Hushdan ketish, Jarohatlanish, Kuyish va b.);
3) yaqin atrofdagi kasalxona, poliklinikaga yetkazish. Odam toʻsatdan betob boʻlib qolganida, turli xil baxtsiz hodisalar roʻy berganida, albatta tez yordam chakirish, noiloj qolgan hollarda duch kelgan transportda davolash muassasasiga olib borish zarur.
Toʻgʻri birinchi yordam koʻrsatish uchun doim tegishli bilim va malakani oshirib borish lozim. Ishxona, avtomashina va uydagi dori kugichada Birinchi yordam uchun zarur boʻlgan hamma narsalar boʻlishi kerak.
Bu omillarga organizm funktsional sistemasining asab, bezlar sistemasi, tana haroratini bir xilligi, nafas olish, qon aylanishi va skelet mushaklari kiradi. Yuqorida qayd etilganlardan birortasining funktsiyasini buzilishi inson mehnat qobiliyatini sezilarli pasayishiga olib keladi. Insondagi zararli odatlarni mehnat qobiliyatiga salbiy taʼsiri ham tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Sigaret chekish, alkogol ichimliklarga ruju qoʼyish oʼpka, jigar kasalliklariga sabab boʼlib, sogʼlik bilan bogʼliq murakkab holatlarni keltirib chiqaradi. Bularning oqibatida jismoniy va aqliy mehnat bilan shugʼullanuvchi ishchilarni mehnat qobiliyati pasayishi kuzatiladi. Bu holatni tibbiy statistika maʼlumotlari ham tasdiqlaydi. Yevropadagi bir qator mamlakatlardagi koʼpgina korxonalarda zararli odatlarga ega boʼlgan ishlovchilarni mehnat qobiliyati xususan mehnat unumdorligi pasayishi sababli ularning mehnat haklarining pasayishi ham tasodifiy hol emas.
Barcha mehnat gigienistlari va fiziologlarining tasdiqlashicha sogʼlom turmush tarzini kechiruvchi insonning yuqori darajadagi mehnat unumdorligi nafaqat butun mehnat faoliyati davomida balki, undan keyin ham saqlanib qoladi.
SHOK
Shok hayot uchun o`ta xavfl i holat bo`lib , og`ir darajali kuyish, ko`p qon yo`qotish, og`ir kasallik, suvsizlanish yoki kuchli allergik reaksiya (ta`sir) natijasida kelib chiqadi. Ichki qon ketishi ko`rinmasa ham, shok sababchisi bo`lishi mumkin.
SHOK belgilari:
• tomir urishining tezlashishi va zaifl ashishi (1 minutda 100 dan ortiq).
• „sovuq ter”, rang o`chishi, badan terisining sovuq, nam bo`lib turishi
• qon bosimining xavfl i darajada pasayib ketishi
• asabiy ko`zg`alish, zaifl ik yoki o`zni yo`qotish.
Shokning oldini olish yoki davolash uchun nima qilish kerak:
♦ Qon oqayotgan bo`lsa, uni to`xtating.
♦ Agar kasal sovqotayotgan bo`lsa, uning ustiga ko`rpa tashlab qo`ying.
♦ Agar uning hushi joyida bo`lsa va icha olsa, unga kichik-kichik ho`plamlarda suv va boshqa ichimliklar bering. Agar u suvsizlanganga o`xshasa, unga ko`plab suyuqlik va suvni tiklovchi tchimliklardan bering.
♦ Agar birorta shikastlangan joyi bo`lsa, uni davolash chorasini ko`ring.
♦ Agar uning biror joyi og`riyotgan bo`lsa, unga paratsetamol tabletkasini
bering.
♦ Bemorning ruhini ko`taring va xotirjam qiling.
Agar kasal hushsiz bo`lsa:
♦ Uning boshini sal yonboshlatib, pastroq qilib, bir tomonga va orqaga
egiltirib (yuqoridagi rasmga qarang) yotqizing. Agar u bo`g`ilayotgandek bo`lsa, tilini barmog`ingiz bilan oldinga torting.
♦ Agar qayt qilgan bo`lsa, shu zahoti og`zini tozalab qo`ying. U qayt qilsa,
o`pkasiga ketmaydigan qilib, boshini pastroq, orqaga egiltirib va yonboshlatib yotqizib qo`ying.
♦ U hushiga kelgunga qadar, og`zi orqali hech narsa bermang.
♦ Agar yon atrofingizdagi biror kishi yoki o`zingiz venaga yuboriladigan
suyuqliklarni (osma ukol, misol: 5 [%] foizlik glyukoza, 0.9 [%] foizlik NaCl va boshqalar) tez qilishni bilsangiz, ushbu muolajani tez qiling.
♦ Tezda tibbiy yordamga murojaat qiling.

Download 296.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling