Kesilgan, shilinib ketgan va kichik jarohatlar
Jarohatni davolash uchun birinchidan, qo‘lingizni yaxshilab sovun bilan yuving. So‘ng, jarohat atrofi ni qaynatib sovutilgan suv bilan sovunlab yuving. Endi esa jarohatni o‘zini qaynatib sovutilgan suv bilan yuving (agar jarohat ifloslangan bo‘lsa, sovunlab yuving. Sovun tozalaydi, ammo go‘shtni (muskulni) shikastlashi mumkin).
Jarohatni tozalayotganingizda, barcha iflos narsalarni olib tashlaganingizga e’tibor bering. Archilib ketgan teri ustini ham tozalang. Kir zarralarini olib tashlash uchun toza qisqich (pinset) yoki toza latta yoki bint ishlatishingiz mumkin, ular sterillangan bo‘lishi uchun, avval ularni qaynatib oling.
Agar iloji bo‘lsa, jarohat ustiga shprits yoki rezinali baloncha orqali suv soching. Jarohat ichida qolgan har qanday kir zarrasi infeksiya sababchisi bo‘lishi mumkin.
Jarohat tozalangandan so‘ng ustini toza bint yoki latta bilan bog‘lab qo‘ying. U jarohatning tuzalishiga yordam beruvchi havoni o‘tkazadigan darajada yengil bo‘lishi kerak. Latta yoki bintni har kuni almashtirib turing va infeksiya belgilari paydo bo‘lmaganligiga e’tibor bering.
Ko‘krakning chuqur jarohatlari
Ko‘krak jarohatlari juda xavfl i bo‘lishi mumkin. Darrov tibbiy yordamga murojaat qiling.
OGOH BO‘LING: (Agar qattiq bog‘lam nafas olishni qiyinlashtirsa, uni biroz bo‘shating yoki butunlay olib qo‘ying.)
♦ Jarohatlangan odamni, unga eng qulay bo‘lgan holatda yotqizing.
♦ Agar shok belgilari bo‘lsa, uni to‘g‘ri davolang.
♦ Antibiotik va og‘riq qoldiruvchi dorilardan bering.
Boshdagi o‘q jarohatlari
♦ Odamni yarim o‘tiradigan qilib joylashtiring.
♦ Jarohatni toza bint bilan bog‘lang.
♦ Antibiotik (penitsillin) ishlating.
♦ Tibbiy yordam oling.
♦ Agar jarohat o‘pkagacha borgan va odam nafas olayotganda havo teshikdan kirayotgan bo‘lsa, jarohatni havo kirmaydigan qilib bog‘lang. Toza bintli bolishchaga vazelin yoki o‘simlik yog‘i surtib teshikni rasmda ko‘rsatilgandek qattiq qilib bog‘lang.
Do'stlaringiz bilan baham: |