“Biz – havaskor ijodkor” rukni ostidagi noan’anaviy usulda tashkil etilgan “ochiq dars”


Download 41 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi41 Kb.
#245118
Bog'liq
Omonim, antonim, sinonimlar va ularning



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

Jizzax viloyati Jizzax tuvmani O. Ikromov nomli 4-o`rta maktabning Do’liyeva Nigoraning ona tili fanidan



bir soatlik


Jizzax - 2009



Mavzu: “Omonim, antonim, sinonimlar va ularning uslubiy xususiyatlari.

Maqsad: 1.O’quvchilarga leksik va Grammatik amonim, antonim, sinonimlar haqida ma’lumot berish.

2.O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlarini o’stirish.
3.O’quvchilarning falsafiy mushohada qilish malakalarini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish, ijodkorlik qobiliyatlarini yanada rivojlantirish.

Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism;

2.Uy vazifasini so’rash, savol-javob o’tkazish;

a) onomastika haqida so’rash, savol-javob o’tkazish;

b) so’zlarning qo’llanish doirasiga ko’ra turlari haqida so’zlang;

c) so’zlarning qo’llanish doirasiga ko’ra turlari qaysi?

d) til birligi nima?

e) nutq birligi nima?

f) leksema nima?



II Yangi darsning bayoni:
1.Omonimlar – shakldosh so’zlar haqida ma’lumot;

a) leksik amonim:

hayvon

irit


Ot ism

so’z turkumi


b) omograf: tom-tom; tok-tok ya’ni yozilishi bir xil, talaffuziga farqli bo’lgan so’zlar;
c) Grammatik sinonimlar:

ishchi – ish-chi? Qatla/ma – qatlama, aqlsiz – sizsiz.


2.Antonim – zid ma’noli so’zlar

a)leksik antonim: baland-past, yaxshi-yomon.

b)Grammatik antonym: badavlat-bedavlat, sersuv-suvsiz.

c)kontekstual antonim: Gohida qon ichdi, gohida sharob


3.Sinonim – ma’nodosh so’zlar.

a)leksik sinonimlar:

oraz

chehra ijobiy ma’noga ega



jamol

ruhsor


yuz neytral, dominant, betaraf so’z

bet


turq

aft salbiy ma’noga ega

bashara

nusxa


b)grammatik sinonim.

unumli – unumdor – serunum

badavlat – davlatli – serdavlat – davlatmand

Zid ma’noli so’zlar ishtirokidagi matn o’qiladi, o’quvchilar antonimlarni topadilar.

Ma’lumki, butun dunyo qarama – qarshiliklarga tayangan holda yaratilgan. “Oyning 15 kuni yorug’ bo’lsa, 15 kuni qorong’u”,- maqoliga tayangan holda shuni aytish mumkinki, qarama – qarshiliklar ham o’zaro mutanosiblikda yaratilgan.

Yaxshilik bo’lgan joyda, yomonlik

odoblilik bo’lgan joyda beodoblilik

kun bo’lgan joyda albatta tun bo’ladi

Ularni oshiq – moshiqlar singari aksratib bo’lmaydi. Bir tomondan qaraganda ular juda qarama –qarshi bo’lsalar ham, bir biriga bog’liqdir.

Keling tushuntiray: “qora” degan so’z bo’lmaganda “oq” degan so’z bo’lmas edi, “yomon” odam bo’lmaganda “yaxshi” odam “yaxshi” deb atalmas edi.

Ma’lumki, bu qarama – qarshi narsalar bir biriga nisbatan olinadi Past balandga nisbatan pastdir tasavvur qilaylik: biz kemadamiz va hammayoq tuman bunda biz yurayotganimizni ham, turayotganimizni ham bilmaymiz. Faqat biror narsaga nisbatan qarab ketayotganimizni bilamiz

Mening fikrimcha, yomonlik yo’q bo’ ekan deb, umidsizlikka tushmasdan “Intilganga tole yor”,-degan maqolga amal qilgan holda faqat oldinga qadam tashlashimiz kerakdir.

Matnda 16ta antonimlar ishtirok etgan:

Kim chaqqon?”

Doskaga ikki o’quvchi chiqib 131 – mashqdagi ishbilarmon, bahordagilarni so’zlarida ishtirok etgan tovushlar asosida so’zlar yozish topshiriladi.
Oq va qora” o’yini

To’rtta o’quvchiga tog’, asar so’zlarining foydali hamda zararli tomonlarini sanab berishlari topshiriladi.



Test ishlash
O’quvchilarga test kartochkalar tarqatiladi.

1.Juft holda qo’llanib, yangi ma’no ifodalagan antonimlarni toping.

A) tunu – kun , og’a – ini, achchiq – chuchuk

B) yaxshi – yomon, issiq – sovuq, katta – kichik

C) og’ir – yengil, botir – qo’rqoq, sekin – tez

D) ol – olma, bor – borma, o’qigan – o’qiganemas

E) javoblarning barchasida antonimlar juft holda qo’llanib, yangi ma’no ifodalagan. Izoh: A – doim, do’st, salat

2.Quyidagi omonim so’zlardan qaysi biri tuslovchi qo’shimcha olmaydi?

A) tom (uyning tomi)

B) tom (asarning 1-tomi)

C) tom (tom ma’noda)

D) A,B


E) A,B,C

Izoh: tom ma’noda aytganda shaxs-son qo’shimchasi faqat fe’lga qo’shiladi.


3.Quyidagi qaysi so’zlar tanho so’zi bilan sinonimik munosabatda bo’lishi mumkin?

1.yakka 2.alohida 3.yagona

4.halos 5yolg’iz 6.faqat
A) 1,2,3,5,6

B) 1,3,4,5,6

C) 1,2,3

D) 1,2,3,4,5,6

E) 1,3,5,6
4.Kuldi so’zining sinonimik qatorini yozing.

Javob: kuldi, tirjaydi, ishshaydi, irjaydi, hi-hiladi, piqilladi, kulgi ko’tarildi, jilmaydi, xanda otdi, iljaydi, qah – qah otdi, kulimsiradi, haholadi, vahoholadi, tabassum qildi, ustidan kuldi, kulgili kuldi, orqasidan kuldi(masharaladi), ichida kulmoq, bahti kuldi(bahti ochildi), kuydirgan kalladay, tishining oqini ko’rsatdi (24ta)


5.Magnitafonga hayolat musiqasi eshittirilib, shu kuy asosida kichik matn yaratish ikki o’quvchiga tanish
Uyga: o’t, o’t, o’t omonimlarini ishtirok ettirib kichik matn yaratish.
Bizning aytishuvimizlar sizning dasturxoningizga desert sifatida tortiq qilamiz.
Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling