«Biznes boshqaruv asoslari» fanidan glossariy aktiv


Download 58.43 Kb.
bet6/26
Sana08.01.2022
Hajmi58.43 Kb.
#254630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Iqtisodiy terminlar

Giperinflyatsiya (ingl. - hyperinflation) - muomalaga (emissiya qilingan) chiqarilgan pul massasining behad ortib ketishi bilan bog‘liq ravishda yuz beradigan salbiy iqtisodiy jarayon.

Debitor - korxona, muassasa, tashkilotdan qarzdor bo‘lib qolgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Xo‘jalik amaliyotida olingan mahsulot uchun pul to‘lamagan, veksel yuzasidan to‘lovni amalga oshirmagan veksel beruvchi shaxs, tijorat kreditini olib, to‘lovni amalga oshirmayotgan tashkilot va boshqalar.

Debitorlik qarzi - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sanaluvchi yuridik shaxsning yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat uchun boshqa tashkilotlar zimmasida bo‘lgan xaqi, boshqa tashkilotlardan undirib olinishi lozim bo‘lgan pul miqdori.

Dividend - aktsiya chiqargan korxona (aktsiyadorlik jamiyati) foydasining bir qismi hisobidan aktsiya egasiga har bir aktsiya uchun to‘lanadigan daromad.

Dotatsiya - yuqori byudjet bo‘g‘inidan quyi byudjet bo‘g‘iniga yoki byudjetdan yuridik va jismoiny shaxslarga qaytarib bermaslik sharti bilan berilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari.

Zayom - davlat byudjetiga yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb etish yo‘li bilan byudjet taqchilligi o‘rnini to‘ldirish, ulkan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy dasturlarni moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida davlat tomonidan chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar.


Download 58.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling