Biznes boshqaruv asoslari


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/163
Sana10.07.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1659408
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   163
Bog'liq
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

Dovyuraklik - bunday rahbarda mardonavorlik, botirlik, dadillik mavjud boʻladi. Ular 
omadsizlikdan qoʻrqmaydi. Qurquv ularni jasoratga chorlaydi va zafarlarga olib keladi. Har bir 
yangi harakatni taraqqiyotga va hayotiy tajribalarga erishtiradi. 
Sabrlilik - bunday rahbar muvafaqiyatga birdaniga erishish mumkin emasligini yaxshi 
tushunadi. Unga faqat bardosh va sabr-toqatli boʻlib, sabot-matonat bilan qiyinchiliklarni 
yengish orqali erishish mumkinligini biladi. Chidam, sabr toʻgʻrisida Abdullo Avloniy 
shunday degan edi: 
Sabr shunday bir kuchli narsadirki, 
 gʻazabni shijoatga, 
 kattalikni tavozega (kamgaplikka) 
 yomonlikni yaxshilikka aylantirmakka quvvati yetar. 
Bir hakimdan soʻradilar: “Odamlarni oʻzingdan uzoqlashtirmaslikning chorasi nima?” U 
dedi: “Chidam va muloyimlik”. Yana undan: “Mushkul narsalarni qanday hal qilsa boʻladi?”, - 
deb soʻradilar. U yana “Chidam va muloyimlik bilan!”, - deb javob berdi. 
Yaxshi niyatlik - bunday rahbar xayrixoh va iltifotli boʻladi, kishilarga nisbatan doimo yaxshi 
niyatda boʻladi. Oʻzidagi qanoatsizlikni gʻirrom raqobatchilik yoʻli bilan emas, balki xayrixohlik 
yoʻli bilan bartaraf qilishga harakat qiladi. Uning hayotidagi shiori hasad emas, balki: 
“Birni koʻrib shukur qil, birni koʻrib fikr qil” — degan shior. 
Shu oʻrinda quyidagi hikmatli soʻzlarni taʻkidlash oʻrinlidir. Uch dardga davo yoʻqdir: 
* dangasalikdan kelgan kambagʻallikka; 
* hasaddan tugʻilgan dushmanlikka; 
* xoʻjayinliqdan kelib chiqqan kasallikka. 
Sogʻlom shubhalilik - bunday rahbar koʻpincha “har narsada shubhada boʻl” degan shiorga 
amal qilsa-da, biroq nosogʻlom shubha - bu xoin, u kishilarni urinib koʻrishdan qoʻrqitib, 
erishishlari mumkin boʻlgan yaxshi narsalardan mahrum etilishini yaxshi biladi. Shu bilan bir 
qatorda, ular oʻz kuchiga ishonish, unga sogʻlom shubha bilan qarash ishchan masʻuliyatli 
qarorlarni qabul qilishga chorlashini, ularni bajarish yoʻlida kishi kuchiga kuch qoʻshishni 
yaxshi tushunishadi. 
Kamtarinlilik - bunday rahbar kamtarlikning deyarli har doim isteʻdodga toʻgʻri mutanosib 
ekanligini, kamtarlikni yetishmasligi esa nodonlikning darakchisi ekanligini yaxshi tushunadi. 
Ular: 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling