Biznes boshqaruv asoslari


Download 0.76 Mb.
bet16/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Biznes faoliyatli sikli. 
Iqtisodiy va biznes faoliyati sikl bo`yicha harakatlanishga intiladi. Barcha millatlar tajribasida
sinalganidek iqtisodiyotda yaxshi va yomon davrlar bo`lib turadi.Baxtimizga vaqt o`tishi bilan, yomon
iqlim yo`qolib , yaxshi iqlim qaytadi.

O’tmishga iqtisodiy o`zgarishlarga e’tibor beradigan bo`lsak, yaxshi kunlardan keyin yomon


kunlar va undan keyin yaxshi kunlar o`zgarishini ko`ramiz. Ushbu iqtisodiyotning bir iqlimdan boshqa
iqlimga o`zgarish tezligini biznes faoliyati sikli deb ataladi.

Biznes faoliyati sikli bu YIM ning o`sish va kamayishlarning takrorlanishidir. Biznis faoliyati


sikllarining 4 asosiy iboralari bor: rivojlanish, pasayish, depressiya va qayta tiklanish.
Rivojlanish 
Biznes faoliyati siklining eng yuqori nuqtalaridagi faoliyatni rivojlanish deyiladi. Rivojlanish bu vaqt
oralig`i bo`lib, bu oraliqda kimki ishlashni xoxlasa ishlaydi, biznes esa maxsulotlarni va xizmatlarni
record darajada ishlab chiqarilayotgan, ish haqqi esa yaxshi, va YIM ning o`sishi esa tezlashgan
bo`ladi.

Maxsulot va xizmatlarga bo`lgan talab oshgan. Bu vaqt oralig`ida odatda biznes faoliyati yuqori


nuqtalarni egallayotgan bo`ladi. Rivojlanish ham doim davom etmaydi. Iqtisodiyot sekin soviy
boshlaydi va faoliyat sekinlashadi.
Pasayish
Iqtisodiyotning sekinlashayotgan, biznes faoliyatining bu fazasi pasayish bo`limi deb ataladi. Pasayish
bu vaqt oralig`i bo`lib, bu oraliqda extiyojlar kamayadi, ishsizlik oshib boradi, YIM ning o`sishi esa
kalendar yilining 2 va undan ortiq kvartallarida sekinlashadi. Bu bosqich juda ham muhim emas yoki

uzoq vaqt davom etmaydi, lekin bu bog`langan biznesdagi ishchilar uchun qiyinchilik belgisidir. Misol


uchun agar insonlar kamroq mashina sotib olishadigan bo`lsa, battariya, balon va boshqa qismlarni
ishlab chiqaruvchi ishchilar ishdan ketishadi. Bu holat biznes faoliyatida to`lqin effekti deyiladi.

Vaqt o`tishi bilan, ishlab chiqarish iqtisodiyotning barcha sohalarida kuchsizlanadi, keyin


chorakgacha umumiy mahsulot ishlab chiqarish pasayadi. Ba’zi pasayishlar uzoq vaqt davom etadi
chunki ishlab chiqarishning kam jihatlari foydalanilganligi va umumiy extiyojlar kamayganligi sababli.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling