Biznes hujjatlarini yuritish 1-mavzu. Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish yuritishning tutgan o’rni Reja


Download 321.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/20
Sana24.12.2022
Hajmi321.61 Kb.
#1058562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
BIZNES HUJJATLARINI YURITISH ТСОМ (2) (1)

“Xodimlar to’g’risida nizom”: umumiy qoidalar, ishga qabul qilish, 
xodimlarning hamda ish beruvchining huquqlari va majburiyatlari, ish vaqti va dam olish 
vaqti, ta’til vaqti, xizmat safariga yuborish, ish haqi, ijtimoiy sug’o’rta vaa 
kompensatsiyalar, rag’batlashtirish va intizomiy jazo choralari, mehnat nizolarini ko’rib 
chiqish. Bu hujjat jamoa shartnomasida tuzilmagan tashkilotlarda ayniqsa zarur.
“Tarkibiy bo’linma to’g’risida nizom”: umumiy qoidalar, asosiy vazifalar, 
tuzilish, fnuktsiyalar, xuquqlar, javobgarlik, boshqa bo’linmalar bilan o’zaro 
munosabatlar, aloqalar, ishlarni tashkil etish. 
“Lavozim yo’riqnomasi”: umumiy qoidalar, majburiyatlar, xuquqlar, 
javobgarlik, lavozim bo’yicha aloqalar. Lavozim yo’riqnomasida bo’linma doirasidagi 
mehnat taksimoti va kooperatsiyasi mustahkamlab qo’yiladi hamda reglamentlanadi. 
Lavozim yo’riqnomasining vazifasi bo’linma zimmasiga yuklangan funktsiyalar 
bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlikni ta’minlashdan, har bir ish joyi uchun huquqlar, 
majburiyatlar va javobgarlik muvozanatini o’rnatishdan iboratdir.
Xodimlar bo’limida yuritiladigan xodimlarga oid hujjatlar qo’yidagilardan iborat: 
• SHaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar (ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o’tkazish 
va mehnat shartnomasini tugatish, xizmat safariga yuborish, kadrlarni rag’batlantirish 
va intizomiy jazoga tortish, attestatsiyadan o’tkazish, tanlovlar natijalari, 
komissiyalarning tavsiyalarini, tavsifnomalari va shaxsiy tarkibini tasdiqlash
ustamalar belgilash, ta’tillar berish to’g’risidagi va boshqa buyruqlar); 
• Tashkilot, korxonaning shtatlar jadvali; 
• Mehnat daftarchalari; 
• Xodimlarning shaxsiy yig’ma jildlari; 
• Kadrlar bilan olib borilayotgan ishlarning ahvoli va bu ishlar tekshirilgani 
to’g’risidagi ma’ruzalar, ma’lumotlar, jamlama ma’lumotlar, ma’lumotnomalar; 
• Xodimlarga bo’lgan extiyoj to’g’risidagi, xodimlarni qisqartirish (bo’shatish) 
haqidagi buyurtmanomalar, ma’lumotlar, yozishmalar
• SHaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlarga doir arizalar, tushuntirish xatlari va 
boshqalar; 
• Mehnat shartnomalari (kontraktlar); 
• Xodimlarning shaxsiy kartochkalari (T-2 shakl); 


• Mavjud bo’sh lavozimlar to’g’risidagi ma’lumotlar; 
• Bo’sh lavozimlarga qo’yish, lavozimga saylash bo’yicha tanlov komissiyalarning 
majlis bayonlari; 
• CHet elga xizmat safariga yuborilgan mutaxassislarning safar yig’ma jildlari 
(so’rovnomalar, tavsifnomalar, tarjimai hollar, xizmat safariga yuborish to’g’risidagi 
buyruqlarning nusxalari); 
SHaxsiy stavkalar, maoshlar, ustamalar belgilash bo’yicha hujjatlar 
(taqdimnomalar, iltimosnomalar, so’rovnomalar, dalolatnomalar); 
• Ta’tillar berish jadvallari; 
• Attestatsiya va malaka komissiyalarining majlis bayonlari, qarorlari; 
• Attestatsiya va malaka komissiyalari a’zolarining ro’yxatlari; 
• Yangi kasb xodimlarini tayyorlash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash 
to’g’risidagi ma’ruzalar, bildirgilar, ma’lumotnomalar, jadvallar, o’quv-metodik 
qo’llanmalar, jamlama ma’lumotlar;  
• Davlat va idora mukofotlari, unvonlar, mukofotlar berish uchun taqdim etish 
to’g’risidagi hujjatlar (taqdimnomalar, iltimosnomalar, tavsifnomalar, ob’ektiv 
ma’lumotnomalar, shrovnomalar, mukofotlash varaqalari, qarorlardan ko’chirmalar va 
boshqalar); 
• Quyidagilar hisobini yuritish daftarlar(jurnallari), kartochkalari; 
a)xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o’tkazish, mehnat shartnomasini 
tugatish to’g’risidagi buyruqlar; 
b) xizmat safariga yuborilgan xodimlar;
v) harbiy xizmatga majbur shaxslar
g) shaxsiy yig’majildlar, shaxsiy kartochkalar, mehnat shartnomalari(kontraktlari) va
kelishuvlari; 
d) mehnat daftarchalari; 
e) mehnat haqi, ish staji, ish joyi thg’risidama’lumotnomalar berish; 
j) xizmat safari guvohnomalari berish; 
z) ta’tillar. 

Download 321.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling