Biznes-rejaning asoslanganligi va ishonchliligi uchun kim javob
Download 45.88 Kb.
|
Javoblar
11.Biznes obyektining real bahosi, asosiy tavsifnomasi
12.Mahsulotning o‘ziga xosligi – sizning nuqtai nazaringizda va bozor nuqtai nazaridan. 13.Mahsulot hayotiylik davriga ta‘sir etuvchi omillarni ta‘riflang. Tovarning hayotiy sikli - tovarning bozorda sotilib, sotuvchiga foyda keltirib turish davri; Tovarning hayotiy sikli tovarni yaratish gʻoyasi va namuna nusxasining yaratilishi, xarajatlar va foyda koʻlamini hisob-kitob qilishdan boshlanadi. Tovarning hayotiy siklining asosiy bosqichlari: 1) tovarning ommaviy sotish uchun bozorga kirib kelishi; 2) tovarga talabning ortishi natijasida sotish hajmining oʻsishi; 3) tovar mavqeining yuksak bosqichga koʻtarilishi va maksimal sotish hajmiga erishish; 4) bozorning tovarga toʻyinishi, talabning pasayishi, sotishning kamayishi; 5) sotish hajmining keskin pasayishi, foydaning kamayishi va tovarning bozordan chiqib ketishi. Yuqoridagi bosqichlarga monand ravishda tovarning sotilishi va undan kelgan foyda dastlab orta borib, oʻz choʻqqisiga yetadi, soʻngra pasayib, minimal darajaga keladi. Tovarning hayotiy sikli uzun ligi yoki qisqaligi tovarning sifatiga, bozor talabini qondira olishiga, narxi, reklama, sotilishining sharoitlarini oʻzgartirish va boshqalarga bogʻliq boʻladi. 14.Tovar hayotiylik davrining asosiy bosqichlari va korxonaning an‘anaviy marketing harakatlari Tovarning hayotiy davri – tovarning bozorda paydo bo’lgan davridan boshlab, to uning sotilmay qolishigacha bo’lgan vaqt oralig’idir. Tovarning hayotiy davri konsepsiyasi har qanday tovar qanchalik darajada mukammal bo’lmasin, bu tovar bozordan ertami-kech undan ham mukammalroq Tovar tomonidan siqib chiqarilishiga asoslanadi. Amaliy faoliyatda tovar hayotiy davrining diapazoni ancha keng bo’lib, u bir kunlik tovardan bozorda o’z o’rnini uzoq vaqt davomida saqlab qoluvchi tovargacha bo’lishi mumkin. Tovarning hayotiy davri konsepsiyasi ilk bor amerikalik marketolog T.Levitt tomonidan 1965 yilda tariflangan edi. Ushbu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, tovar o’ziga xos tirik organizm kabi hayotiy davrini o’taydi. Ma’lumki, tirik organizm rivojlanish, keyin tug’ilish, so’ngra yetuklik, qarilik bosqichlarini o’tib, o’lim bilan o’z yashash davrini tugatadi. Shunga o’xshash qiyoslasak, tovar hayotiy davri jarayonida ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o’sish, yetuklik va chiqish kabi bosqichlarni o’taydi. Marketing xizmati tovarning hayotiy davrini uzaytirish, sotish hamda foydaning kamayishiga yo’l qo’ymaslik uchun tovar, bozor va marketing kompleksini modifikasiyalash usullarini izlashi kerak bo’ladi. Chiqish bosqichi. Qanday holat yuz bermasin baribir ma’lum vaqtdan so’ngra tovarning sotilishi pasaya boradi. Tovar sotilishining pasayishi ba’zan tezlik bilan borsa, ba’zi hollarda sekinlik bilan bir-tekis boradi. 15.Raqobatchilar mahsulotlarini baholashda nimalarga e‘tibor berish kerak. Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarnn yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi raqobat oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi. Raqobat isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. Download 45.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling