Rivojlangan mamlakatlar to’plagan tajribalar shundan dalolat beradiki, jamiyatning gullab-yashnashiga ko’proq bozor iqtisodiyoti mos keladi. Dunyoda bozor iqtisodiyoti amal qilmaydigan bironta rivojlangan davlat yo’q. Boshqacha qilib aytganda, jahonda bozorsiz boy mamlakatlar yo’q. Bozorda hamkorlar bir-birini erkin tanlaydilar, bu erda talab va taklif vujudga keladi hamda talab va taklif muvozanatidan kelib chiqqan holda narx belgilanadi. Bozorda nafaqat ishlab chiqaruvchi va iste’molchining, balki ishlab chiqaruvchilarning ham mafaatlari bir-biriga to’qnash keladi. Keyingi holatda ishlab chiqaruvchilar manfaatlarining to’qnashuvi raqobat ko’rinishida eks etadi. - Rivojlangan mamlakatlar to’plagan tajribalar shundan dalolat beradiki, jamiyatning gullab-yashnashiga ko’proq bozor iqtisodiyoti mos keladi. Dunyoda bozor iqtisodiyoti amal qilmaydigan bironta rivojlangan davlat yo’q. Boshqacha qilib aytganda, jahonda bozorsiz boy mamlakatlar yo’q. Bozorda hamkorlar bir-birini erkin tanlaydilar, bu erda talab va taklif vujudga keladi hamda talab va taklif muvozanatidan kelib chiqqan holda narx belgilanadi. Bozorda nafaqat ishlab chiqaruvchi va iste’molchining, balki ishlab chiqaruvchilarning ham mafaatlari bir-biriga to’qnash keladi. Keyingi holatda ishlab chiqaruvchilar manfaatlarining to’qnashuvi raqobat ko’rinishida eks etadi.
- Bugungi kunda ko’plab mamlakatlar, xususan O’zbekiston ham rivojlanishning bozor yo’lidan ketmoqda. Bozor iqtisodiyotini olg’a tomon harakatlantiruvchi kuch bu raqobatdir. U ishlab chiqarishni kengaytirish, mahsulot sifatini oshirish va uning narxini pasaytirishni rag’batlantirib, ishlab chiqaruvchilarni fan-texnika taraqqiyoti bilan hamnafas qadam tashlashga, zamonaviy texnika va texnologiyalar, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning progressiv usullaridan foydalanishga majbur qiladi.
- Bozor iqtisodiyotining ustivor sohasi biznes va tadbirkorlik bo’lib, ularning tashkiliy shakllari kiichk va o’rta korxona hamda mikrofirmalar, qishloq xo’jaligida esa dehqon va fermer xo’jaliklari hisoblanadi. Kichik va o’rta biznes iqtisodiyotning nodavlat sektorida karvonboshi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |