Biznesda buxgalteriya fanidan tayyoralagan


Download 211.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi211.89 Kb.
#1473092
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
Biznes va unga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olish



TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
ANDIJON FAKULTETI
HBA71/22 GURUH TALABASI
OTAQO’ZIYEV MUHRIDDINNING
BIZNESDA BUXGALTERIYA FANIDAN 
TAYYORALAGAN
 
 
 
 
 
REFERATI 
 
 
 
 
ANDIJON 2023 
 


Mavzu: Biznes va unga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olish 
 
Reja: 
1. Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning mohiyati va mazmuni 
2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari 
3. Kichik biznes va tadbirkorlik muhiti hamda unga ta’sir etuvchi omillar 
 
 


1. Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning mohiyati va 
mazmuni 
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri 
kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. 
Xo'sh, 
«tadbirkor», 
«tadbirkorlik» 
tushunchalari 
qanday 
mazmunga 
egavanimanianglatadi? 
Binobarin, tadbirkorlik faoliyati tizimining alohida tahlili dastlab G'arbda 
boshlangan bo'lsa-da, uning mohiyati va rivojlanishiga taalluqli ko'p qirrali bilimlar 
Sharqda tarkib topib, so'ngra G'arbda ilgari surilganiga yuqorida zikr etilgan dalillar 
guvohlik beradi. Ayniqsa, ular bu yo'nalishda shakllangan va hayotda o'z o'rniga ega 
bo'lgan ta’limotlarda o'z ifodasini topgan. Xususan, 3 ming yillik tarixga ega 
Zardushtiylik ta’limotining asosi bo'lmish “Avestoda”da musulmon olamining 
allomalari ta’limotlari, jumladan, “Naqshbandiya”, “Yassaviya”, “Kubroiya” 
ta’limotlarida mujassamlangan. 
Ayniqsa, bu jihatdan “Naqshbandiya” ta’limotining ildizlari chuqur mazmunga ega. 
“Naqshbandiya”ning “Dil bo yoru, dast ba kor”, ya’ni “diling Alloxda, qo'ling 
mehnatda bo'lsin”, degan ta’limot asoschisi Xoja Baxouddin Naqshbandiy kimxobga 
naqsh bog'lashda tadbirkorlik mahoratini namoyish etib, halol mehnat bilan yashash 
zarurligini ibrat qilib ko'rsatgan3. Ayrim manbalar uning mato to'qiydigan do'konlari 
borligahamishoraqiladi4. 
Ko'rinib turibdiki, Bahouddin Naqshbandiy mashhur G'arb iqtisodchi olimi 
xususan, Vilyam Pettidan 400 yil muqaddam mehnat insonlarning yashash manbai 
ekanligini chuqur anglagan va amalda o'z faoliyati doirasida isbot etgan. Ammo Vilyam 
Pettining “Boylikning otasi mehnat, onasi esa yerdir” degan ta’limoti jahon iqtisodiy 
nazariyasi fanida yangi bosqich sifatida e’tirof etilgani holda, Naqshbandiyaning undan 
awalroq hamda chuqur iqtisodiy va ma’naviy mazmunga ega bo'lgan yuqorida qayd 
etilgan ta’limoti hozirgacha na G'arb va na mahalliy iqtisodiy adabiyotlarida munosib 
o'rin egallamagan. 
Tadbirkorlik bo'yicha bilim va amaliy faoliyatlar zaminimizda hukmdor bo'lgan
buyuk shaxslar Sohibqiron Amir Temurning “Tuzuklari”da, Mirzo Boburning 


“Boburnoma” asarida yorqin ifodasini topgan. 
Buyuk sarkarda Amir Temur mamlakat osoyishtalgini va mo'l-ko'lligiga erkin 
tadbirkorlik faoliyatiga ustuvorlik berilishi orqali erishish mumkinligini chuqur idrok 
etgan va uning tamoyillari mashhur “Temur tuzuklari” asarida aniq bir tizimga 
keltirilgan boMib, unga ko'ra: "... mardlik va shijoat sohibi, a’zmi qat’iy, tadbirkor va 
xushyor bir kishi ming - minglab, tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidur”5, - degan 
xulosani ilgari surgan. 
Ta’kidlash joizki, Amir Temur nafaqat tinchlik davrida, balki urush holati jarayonida 
ham tadbirkorlik faoliyatini yuqori darajaga ko'targan va bu yo'nalishda amaliy ishlarni 
ham royobga chiqargan. Ma’lumotlarga ko'ra, harbiy yurish chog'larida qo'shin 
ehtiyojlarini ta’minlaydigan turli xil kasbga*ega tadbirkorlarni olib yurilgan va 
ularning muayyan qismi 3,5,7 yillik, deb nomlangan va oxirgi Xitoyga qarshi harbiy 
yurishlari paytida dehqonchilik bilan mashg ul bo'lib, qo'shinni oziq-ovqat bilan 
ta’minlab turgan. Mahalliy aholini bunday og'ir vazifani bajarishda qo'llab-quwatlab, 
talon-tarojliklardan muhofaza etishgan. 
Hattoki, Amir Temur urush holatida turgan paytida ham bunyodkorlik ishlarini 
davom ettirgan ekan. Ma’lumotlarga qaraganda, 1401-yili Amir Temur navbatdagi 
harbiy yurishlaridan birida Qarobog' (hozirgi Qoraboh-Ozarbayjon)da qishlagan 
chogida mintaqa uchun nihoyatda zarur bo'lgan Nahri Barlos nomi berilgan kanalni bir 
oy ichida bitirib6, suv keltirgani obodonchilik va tadbirkorlikka asos solgan bo'lib, 
hozirgacha uning sahovatidan u yerliklar bahramand boMmoqdalar. 
Ammo, qadim zamonlardan Markaziy Osiyo mintaqasida gurkirab yuksalib kelgan 
tadbirkorlik faoliyati chor istilosi davrida, mahalliy bozorni metropoliyadan keltirilgan 
oziq-ovqat va sanoat mollari egallashi munosabati bilan deyarli so'na boshlagan va 
mahalliy aholi turmush sharoitining pasayishi va o'ta qashshoqlashishiga olib kelgan. 
Oktyabr inqilobidan so'ng qayd etilganidek, yirik ishlab chiqarishga ustuvorlik berilishi 
O'zbekistonda ham kichik tadbirkorlik faoliyatining yemirilishiga olib keldi va vaziyatni 
yanada murakkablashtiradi. Bu sohada 1927- yilda 118 ming kishi band boMgan bo'lsa, 
1932- yilga kelib, u 60 ming kishidan iboratbo'ldi. 
Bunday vaziyatda Markaziy Osiyoning keng tafakkurga ega progressiv ziyolilari 


demokratik shoir va yozuvchilari (Muqimiy, Furqat) ayniqsa jadidchilar (Qodiriy, 
Behbudiy, CHo'lpon, Fitrat, Avloniy) va ular qatorida yirik davlat arbobi Fayzulla 
Xo'jaevning aholini qoloqlik va qashshoqlik girdobidan qutulishning asosiy yo'li 
mamlakatda ishlab chiqaruvchi kuchlar va tadbirkorlikni rivojlantirish ekanligi va unda 
faol ishtirok etishga undashi hamda uni rag batlantirish uchun aniq sa’y-harakatlari 
respublikamiz iqtisodiy taraqqiyotining moddiy-texnika bazasini bunyod etish uchun 
kuchli zamin hozirlagan edi. 
Buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan tizim barham topishi bilan mamlakatlarda 
bozor iqtisodiyoti va uning o'zagini tashkil etuvchi tadbirkorlik faoliyatining mazmuni 
va metodologik asoslari to g'risidagi tafkkur kengaydi va nazariy bilimlar chuqurlashdi. 
Tadbirkorlik tushunchalarining hozirgi ma’nosida XVII asr oxiri va XVIII asr 
boshlarida ilk bor ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon qo'llagan edi. Uning fikricha, 
tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat yurituvchi ^cishidir. Shu boisdan u er va 
mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbai deb bilgan. 
Keyinchalik, XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashhur franuuz iqtisodchisi 
J.B. Sey (1767-1832) «Siyosiy iqtisod risolasi» kitobida (1803y.) tadbirkorlik faoliyatini 
ishlab 
chiqarishning 
uch 
mumtoz 
omillari 
yer, 
kapital, 
mehnatning 
yaxlitligidebta’riflaganedi. 
U Angliya sanoatining muvaffaqiyatini «ingliz tadbirkorlari iste’dodi» 
ta’minlaganligini ta’kidlagan edi. J.B. Seyning asosiy tezisida mahsulot ishlab 
chiqarishda tadbirkorlar asosiy faoliyat yuritadi deyiladi. J.B. Seyning fikricha, 
tadbirkor olgan daromad uning mehnati, ishlab chiqarishni tashkil etganligi, mahsulotni
o'z vaqtida sotganligi uchun berilgan mukofotdir. Tadbirkor lavakkal qilib, biror-bir 

Download 211.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling