Biznesga kirish


Rejalashtirishni qoidalari (prinsiplari)


Download 131 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi131 Kb.
#1415860
1   2   3
Bog'liq
BOZOR SHAROITIDA BIZNESNI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI

Rejalashtirishni qoidalari (prinsiplari)
Jamiyatning siyosiy ustqurmasi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitidan qat`iy nazar rejalashtirishni umumiy qoidalari (prinsiplari) mavjud. Ular insoniyat taraqqiyotining barcha formatsiyalarida u yoki bu darajada, ayrim hollarda rejalashtirish to`g`risida ilmiy asoslangan fikr yuritishdan chetda bo`lgan holda ishlatilgan.
Bizlarga ma`lum, MDHda tarqatilayotgan iqtisodiyotga oid chet el adabiyotlarida rejalashtirish nazariyasi, uning metodologiyasiga oid masalalarga, shu jumladan rejalashtirish prinsiplari to`g`risida nazariy fikrlar keltirilmaydi.
Rejalashtirishning o`ziga xos prinsiplari, usullari va uslublari, umuman aytganda, bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirishning o`ziga xos metodologiyasi mavjud. Lekin bu gap sobiq sotsialistik tuzumda ishlatilgan rejalashtirish metodoloiyasini butunlay inkor qilish degan fikr emas. Uning salbiy tomonlarini (erkinlikning chegaralanganligi, rejalashtirishning direktivligi, partiyaviyligi va hokazolar) olib tashlanib, ijobiy jihatlarini, ya`ni metodologiyasidan, usullaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Rejalashtirish jarayonida ilmiylik, reallik, optimallik, komplekslik, uzluksizlik, o`zgaruvchanlik (korrektirovka qilinishi, elastiklik) nazorat kabi prinsiplari ishlatiladi.
Jahon tajribasida rejalashtirishning o`ziga xos qoidalari (prinsiplari) mavjud bo`lib ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • rejalashtirishning ilmiy asoslanganligini, ya`ni rejalashtirish iqtisodiy qonunlar talablarini, bozor iqtisodi qoidalarini hisobga olish, fan va texnika yutuqlariga asoslanishi, rejalashtirishda keng ma`noda ilmiy tekshirish muassasalarini, olimlarni jalb qilinishi orqali ta`minlanadi;

  • rejalashtirishni har xil muddatlarga tuzish tizimi orqali uning uzluksizligi ta`minlanib boriladi;

  • jamiyatda, korxona, firmalarda ishlatiladiagn barcha resurslarning chegaralanganligi ulardan foydalanishda tejamkorlikka intilish, ulardan eng optimal variantni tanlab olishni taqozo qiladi;

  • raqobat, vaziyatning o`zgarib turishi rejalarga o`zgarishlar kiritib borishni taqozo qiladi va shu sababli rejalar har xil vaziyatlar uchun mo`ljallangan alternativ variantlarda tuzilishi, uning vaziyatga moslashuvchanligi, elastikligini ta`minlaydi;

  • bozor iqtisodiyoti qoidalari korxonalar, firmalar o`rtasidagi aloqalarni kontraktlar asosida tashkil qilish, olingan majburiyatlarni belgilangan muddatda, miqdorda qat`iy bajarilishini talab qiladi. Bu esa rejalarning bajarilishini nazorat qilish qoidasining ahamiyatini oshiradi.


  • savdo korxonalarining rivojlanish g`oyasini, maqsadini aniqlash;

  • asosiy maqsadga erishishni ta`minlaydigan tijorat g`oyalarini namoyon qilish;

  • rejalashtirish – uzluksiz jarayon bo`lib, barcha jamoaning ijodiy yondoshishini, rag`batlantirishni taqozo qiladi (jamoa a`zolari rejalashtirish jarayonida faol qatnashishi, pirovard natijalarda ularning ish haqi undan bog`liqligidadir);

  • reja barcha funksional bo`limlarni, mutaxassislarni, boshliq bilan uning qaromog`idagi xizmatchilarni o`zaro ta`siri va chambarchas bog`lanishda, birgalikda optimal aniqlashga erishish asosida tuzilishi kerak;

  • bozor konyukturasi o`zgarish ehtimollariga mo`ljallangan alternativ variantlar mavjud bo`lishi shart;

  • bozor iqtisodi sharoitida barcha resurslardan (ular chegaralangan) oqilona, ratsional foydalanish, xarajatlarning tejamliligini, natijalarning optimalligini ta`minlash;

  • savdo faoliyatini chuqur, har tomonlama baholash maqsadida uning samaradorligi me`zonini, ko`rsatkichlarini aniqlash;

  • savdo faoliyatiga ta`sir qiluvchi omillarni aniqlash, uning ta`sir qilish darajalarini chuqur tahlil qilish, asoslash imkoniyatlarni, yangi rezervlarini aniqlash;

  • va nihoyat ishlab chiqarilgan hamda qabul qilingan dasturning bajarilishini ta`minlash va nazorat qilish kabilardir.

Chet el savdo korxonalarining tajribasidan ma`lumki, rejalarning ishlab chiqarilishiga qat`iy talablar qo`yiladi. Rejalarda asosiy muammolar, vazifalar o`z ifodasini topadi. Masalan: Savdoning tovar aylanishi hajmi, assortimentlari bo`yicha tovar aylanishi, tovar zahiralari ko`rsatkichlari, tovarlarni kelishi (manbaalari bo`yicha), asosiy, aylanma va moliyaviy mablag`lari (fondlari), mehnat resurslari va ish haqi, daromadlari, xarajatlari, foydasi kabilar.
Bu bo`limlarning har biri bo`yicha aniq chora-tadbirlar, konkret javobgarlik belgilab qo`yiladi. Alohida bo`limlar bo`yicha taqvim rejalar ishlab chiqilib, kim nima qiladi, qanday bajaradi kabi masalalarni hal qilish yo`llari aniqlanadi.

Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling